O’tkir Hoshimov daftar hoshiyasidagi bitiklar



Yüklə 419,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/20
tarix04.02.2023
ölçüsü419,84 Kb.
#82852
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
daftar hoshiyasidagi bitiklar

 
URUSHLAR HAQIDA 
Insoniyat tarixi-urushlar tarixidan iborat. Ertaklarda-urush. Dostonlarda-urush. Kitoblarda-urush. 
Kinolarda –urush... Tabaqalar urushi. Fuqarolar urushi. Mamlakatlar urushi. Jahon urushi. 
Olimlarning hisob-kitoblariga qaraganda, so’nggi olti ming yil ichida Yer kurrasida 5700 marta 
urush bo’lgan ekan. (Mayda-chuyda qabilalar janjali bu hisobga kirmaydi). Yana o’sha 
olimlarning aytishicha, odamzot o’rtacha oltmish yil umr ko’rarkan. Bundan chiqdi, insonbolasi 
hayoti davomida 57 yil urush qilib, uch yil “dam olar” ekan. Astag’firulloh! Biz kimmiz o’zi?! 
* * * 


Urushda g’olib va baxtli podshoh, g’olib va baxtli qo’shin, g’olib va baxtli davlat, g’olib va 
baxtli tuzum bo’lishi mumkin. Ammo, g’olib va baxtli odam bo’lmaydi. Negaki, urush odamni 
odam o’ldirishga majbur qiladi. Odam o’ldirgan odam esa hech qachon baxtli bo’lmaydi! 
* * * 
Urushning yaxshisi bo’lmaydi. Ammo eng dahshatli urush-fuqarolar urushi. Negaki, u avloddan 
avlodga “meros” o’tib, abadiy davom etadi! 
* * * 
Urush bilan besh ukunda bitadigan muammo tinchlik bilan besh yilda bitsa, ikkinchi yo’lni 
tanlash kerak! 
* * * 
Bir zamonlar urushda askar o’lsa-o’lgandir. Hozirgi urushda qurol ko’targandan ko’ra qurol 
ko’tarmagan ko’proq qiriladi. Zamonaviy qurollar okop bilan bolalar bog’chasining, aedrodrom 
bilan tug’ruqxonaning farqiga bormaydi! 
* * * 
Inson-aqlli. Inson-donishmand... shu qadar donishmandki, xat-savodi chiqmay turib omoch 
o’ylab topdi... G’ildirak ixtiro qildi. Narvon... Keyin suvda suzdi. Osmonda uchdi. “ Oynai-
jahon”ni yaratddi... ko’p bedavo dardlarga shifo topdi. Qadami Oygacha yetdi... Inson- aqlli. 
Inson-donishmand... Shu qadar “donishmand”ki, bir zarb bilan butun boshli shaharni kultepaga 
aylantiradigan atom bombasini o’ylab topdi. Shu qadar “donishmand”ki, bir zarb bilan butun 
boshli mamlakatni yer bilan yakson qiladigan vodorod bombasini yaratdi. Shu qadar 
“donishmand”ki, bir zarb bilan million odamni, mol-holni, qurt-qumirsqani qirib tashlab, 
“jonsiz” boyliklarga- uy-joy, mol-mulk, oltin-kumush, temir-tersakka ziyon yetkazmaydigan 
“aqlli” neytron bombasini kashf etdi... Shu qadar “donishmand”ki, bir tomchisi havoga purkalsa, 
yetmish odamni til torttirmay o’ldiradigan “U-X” degan zaharni ixtiro qildi va ...o’sha zahri-
qotilning 15 ming tonnasini g’amlab qo’ydi... 
Bu qurol bilan yetti yuz milliard odamni qirib tashlash mumkin ekan! Holbuki, Yer kurrasida 
besh milliard odam yashaydi… …Inson-aqlli. Inson-donishmand. Inson- telba! 
* * * 
Odamxo’rlik-kannibalizm, besh asr avval barham topgan, deydilar… Unday emas. Modomiki, 
yer yuzida urush balosi bor ekan, shuning o’zi odamxo’rlikdir. 
* * * 
Urush degan palakatni, ko’pincha, kaltafahm siyosatdonlar o’ylab topadi. To’nkamijoz 
generallar boshlaydi. Jabrini esa begunohlar tortadi. Begunoh askar. Begunoh ota. Begunoh ona. 
Begunoh kelin. Begunoh go’dak… 



Yüklə 419,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin