O’tkir Hoshimov daftar hoshiyasidagi bitiklar



Yüklə 419,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/20
tarix04.02.2023
ölçüsü419,84 Kb.
#82852
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
daftar hoshiyasidagi bitiklar

Majnuntol va qamish 
Majnuntolning bosh egib sukut saqlashi donoligi va chayirligidan. 
Qamishning g’oz turib shovullashi nodonligi va mo’rtligidan... qiziq, ikkalasi ko’pincha yonma-
yon o’sadi... 
Nur va soya 
Olloh insonni eng mukammal, eng mukarram zot qilib yaratgan. Bas shunday ekan, yomon 
odamlar qayoqdan paydo bo’ladi? 
Nachora nur bor ekan, soya ham bo’laveradi. Buyog’I o’zingizga bog’liq: xohlang nur bo’ling, 
xohlang-soya… 
Oy va quyosh 
Oy quyoshdan nur oladi. Quyosh qancha yorqin porlasa, oy shuncha tiniqlashadi. Erkak qancha 
mehr bersa, ayolning husni shuncha ochiladi… 
 
Jinoyat 
O’z ko’nglidagi mehrni o’ldirish odam o’ldirishdan og’irroq jinoyatdir. Negaki har qanday 
razillik bemehrlikdan boshlanadi. 
 
Boy va kambag’al 
Boy gerdaysa-salobat. Kambag’al ta’zim qilsa-xushomad. 
Boy gapirsa-donolik. Kambag’al sukut saqlasa-nodonlik. 
Boy “Mersedes” olsa-kamtarlik. Kambag’al velosiped olsa-manmanlik. 
Boy jinoyat qilsa-“sho’xlik”. Kambag’al sho’xlik qilsa-jinoyat. 
Boy o’lsa-motam. Kambag’al o’lsa-“bandalik”... 
 
Amalparast 
Echkidek amalga mingan edi, fil ustida o’tirgandek bosar-tusarini bilmay qoldi. Amaldan 
tushganida fildan yiqilganidek suyaklari sochilib ketmasa deb qo’rqaman! 
 
Mahalliychilik 
Mahalliychilik-millatchilikning nikohsiz tug’ilgan bolasi, shovinizmning nikohsiz tug’ilgan 
nevarasidir! 
 
Biri kam dunyo 
Bola tug’dirganlarning hammasi ham Ota bo’lavermaydi. Bola tuqqanlarning hammasi ham Ona 
bo’lavermaydi. Bolaning hammasi ham farzand bo’lavermaydi… 
 
Ustoz 
Ustoz otangdan ulug’, deganlari bejiz emas, Ota hayot beradi. Ustoz esa yashashga o’rgatadi. 
Tug’ilish oson, yashash qiyin… 
 
Husn 


Yo’lbars boshqa ov topolmasa, daraxtning pastak shoxiga qo’nib turgan tovusni dumidan tutib 
yer ekan… Ortiqcha husn boshga bitgan balo bo’ladi, deganlari shu bo’lsa kerak… 

Yüklə 419,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin