O`tkir xolesistit — alomatlari, O’tkir va surunkali turlari, sabablari, davolash, parhez



Yüklə 145 Kb.
səhifə9/11
tarix18.01.2023
ölçüsü145 Kb.
#79534
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O’tkir turlari, sabablari,

KATARAL XOLESISTIT


Katar — eksudativ yallig’lanishning bir turi. Kataral ekssudatning asosiy komponenti — shilliq. O’t pufagi kataral yallig’lanishining differentsial diagnostikasi pufak to’qimalarining gistologik va patologoanatomik tadqiqotlar, shuningdek laparoskopiyaning instrumental usullari bo’yicha amalga oshiriladi.
Kataral xolesistitning alomatlari:

  • O’ng qovurg’a ostida intensiv, paroksimal og’riqlar;

  • Oshqozon va ichak mahsuli bilan kuchli qusish;

  • Qorin devorining barcha qismlari nafas harakatlarida ishtirok etishi.

YIRINGLI XOLESISTIT


O’t pufagining empiemasi (yiringli xoletsistit) — bu a’zo bo’shlig’ida yiring to’planishi bilan kechadigan uning devorlari yallig’lanishidir. Sababi — yiring chaqiruvchi mikroorganizmlar bilan zararlanish va keyin o’t pufagi shilliq qavatining yallig’lanishi.
Yiringli xoletsistit asoratlari:

  • O’t pufagi devorlarining yemirilishi, hatto a’zo teshilishi va peritonitga o’tishgacha borishi mumkin;

  • Empiemaning destruktiv yallig’lanish holatiga aylanishi (flegmonoz va gangrenoz jarayonlar);

  • Tananing umumiy zararlanishi — piemiya (qonda yiring) va sepsis .

Yiringli xolesistitning simptomatikasi boshlang’ich bosqichda kasallik flegmonoz shaklining asoratli kechishidagi kataral yallig’lanish klinik tasvirini eslatadi.
Xolesistitning uch ekssudativ shakllari ajratiladi:

  • Flegmona — o’t pufagi devorida diffuz yiringli yallig’lanish;

  • Abstsess — o’choqli yiringli yallig’lanish (a’zoning ichki devoridagi yiringli yara);

  • Empiema — o’t pufagining anatomik bo’shliqlarini qamrab oluvchi yiringli yallig’lanish.

Yiringli xolesistit tashxisi: qonni laborator tahlil qilishda kuchli leykositoz aniqlanishi, yuqori harorat fonida ECHT ning ortishi. Organizmning yiringli intoksikatsiyasi natijasi — kuchli qusish va shiddatlidir bosh og’rig’idir.

Yüklə 145 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin