O`tkir xolesistit — alomatlari, O’tkir va surunkali turlari, sabablari, davolash, parhez


Anamnez yig’ish paytida aniqlanadigan alomatlar



Yüklə 145 Kb.
səhifə3/11
tarix18.01.2023
ölçüsü145 Kb.
#79534
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O’tkir turlari, sabablari,

Anamnez yig’ish paytida aniqlanadigan alomatlar. Bemorning shikoyatlaridan kelib chiqib, boshdan o’tkazilgan oshqozon-ichak trakti, jigar va boshqa a’zolarning kasalliklari, qorin sohasidagi og’riq tabiati va hazm qilish buzilishlari (ko’ngil aynishi va qayt qilish, ich ketish, ich qotishi, qorin damlanishi) aniqlanadi;

  • Jismoniy usullar bilan aniqlanadigan alomatlar. Til ustida karash paydo bo’lishi — o’t pufagida turg’unlik mavjudligi belgisidir. Xolesistitning yetakchi belgisi — gavdaning turli proektsiyalarida namoyon bo’ladigan va palpatsiya bilan aniqlanadigan og’riqlar;

  • Laboratoriya va instrumental tadqiqot usullari asosida differentsial tashxislash. Xolesistitning instrumental tashxisi asosi — o’n ikki barmoqli ichakni zondlash va rentgen va ultratovush tekshiruvlarining turli modifikasiyalari hisoblanadi. Ularning yordamida pufakning peristaltikasi, safroning o’n ikki barmoqli ichak bo’shlig’iga o’ta olishi va boshqa muhim funktsional va morfologik ko’rsatkichlarni aniqlab olish mumkin.

    Xolesistitda ko’ngil aynishi — keng tarqalgan alomat. Ko’ngil aynishi odatda qusish refleksiga olib keladigan holat. Ba’zi hollarda ko’ngil aynishi va qayt qilish organizmning intoksikatsiyaga qarshi himoya chorasi hisoblanadi. Xolesistitda ko’ngil aynishi va qayt qilish kasallik patogenezining bir qismidir.
    Xolesistitda ko’ngil aynishini boshqa kasalliklar va patologiyalardagi shunga o’xshash alomatlardan farqlash kerak, masalan:

    • Appenditsit;

    • Zaharlanishlar;

    • Buyrak kolikalari;

    • O’n ikki barmoqli ichak va oshqozon yarasi;

    • Mezenterial arteriya obstruktsiyasi;

    • Pankreatit;

    • Bachadondan tashqari homiladorlik.

    Xoletsistitda ko’ngil aynishi va qayt qilishni farqlash uchun quyidagilar ahamiyatga ega:

    • Ko’ngil aynishi ko’proq xarakterli bo’lgan sutka vaqti;

    • Ovqatlanishdan so’ng qancha vaqt o’tib paydo bo’ladi;

    • Ko’ngil aynishining davomiyligi va yakuni (u qayt qilish bilan yakunlanadimi);

    • Qayt qilishdan keyin yengillik keladimi yoki yo’qmi;

    • Qayt qilish massasi tarkibi (hazm qilingan yoki hazm qilinmagan ovqat);

    • Qayt qilish massasida qon quyqalari yoki boshqa yot aralashmalarning mavjudligi.

    Ko’pincha xolesistitda diareya (ich ketishi) kuzatiladi. Ich ketishi, ich qotishi, oshqozon damlanishi — oshqozon-ichak trakti kasalliklari, shu jumladan xolesistitning o’zgarmas belgilaridir. Xolesistitni davolash davomida to’satdan paydo bo’ladigan bunday buzilishlar kasallikning asoratli kechishini ko’rsatadi.
    Diareyaning namoyon bo’lishi odatda quyidagi hollarda xarakterli bo’ladi:

    • Ichak disbakteriozi — bu xolesistitni antibiotiklar bilan davolash natijasidir;

    • Toksikoinfektsiya qavati hosil bo’lishi;

    • Boshqa hazm qilish a’zolari patogenezga jalb qilinganida ichak motorikasining turli xil buzilishlari.

    Qabziyat va qorin damlanishi quyidagi hollarda xarakterlidir:

    • Ichak parezlari (peritonit) va xolesistitning asoratlangan shakli (tahlilda boshqa alomatlar e’tiborga olinishi kerak);

    • Uzoq muddat to’shakda yotadigan bemorlarning gipokinetik holati (kamharakatlik);

    • O’t pufagi uzoq muddatli yallig’lanishining ichakka reflektor ta’siri.

    Yüklə 145 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin