Otning ma’nosi va grammatik belgilari



Yüklə 170 Kb.
səhifə10/15
tarix28.11.2023
ölçüsü170 Kb.
#167874
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
2-ma\'ruza

Bosh kelishik
Bosh kelishikdagi ot umuman shaxs, predmet, voqea-hodisalarning nomini ataydi, kim?, nima?, qayer? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi. Otning bosh kelishik formasi maxsus affiksga ega emas. Bu kelishik affiksli kelishik shakllariga qarama-qarshi qo‘yiladi va shularga nisbatan belgilanadi.
Bosh kelishikdagi so‘z sintaktik munosabatni ifodalaydi: Osmon yiroq. Ukam – o‘quvchi.
Qo‘shma fe’l tarkibida birinchi komponent bo‘lib keladi: tasdiq bo‘lmoq, vafo qilmoq, e’lon etmoq, qabul etmoq, ta’sir etmoq.
Bosh kelishikdagi ot sintaktik vazifani ko‘rsatadi: kitob sizniki. Karimaxon – talaba.
Bosh kelishikdagi ot ko‘makchi bilan birlashib sintaktik vazifani ko‘rsatmaydi: opasi bilan, quvonch bilan, akasi uchun, o‘qish uchun, o‘qigani uchun, Tojixon singari bo‘lmoq, shikoyat tarzida aytmoq.
Bosh kelishikdagi ot quyidagi sintaktik vazifalarda keladi:
1. Ega vazifasida: Derazamning oldida bir tup o‘rik oppoq bo‘lib gulladi.
2. Bosh kelishikdagi ot atov gap vazifasida: Qish. Achchiq sovuq har yondan chimchilaydi.
3. Bosh kelishikdagi ot gapda kesim vazifasida kelsa, kelishikdan keyin tuslovchi ham qanashadi: Samarqand – shoirlar, olimlar shahridir.
4. Sifatlovchi vazifasida: Gulchehraning atlas ko‘ylagi olovday yonardi.
5. Izohlovchi vazifasida keladi: Sodiq temirchi ko‘zlariga boqib turardi.
Shunday birikmalar ham borki, birinchi komponenti bosh kelishikdagi ot bilan, ikkinchi komponenti egalik affiksini olgan ot bilan ifodalanadn: Farg‘ona vodiysi, Zarafshon vohasi, shanba oqshomi kabi. Bu kabi birikuvlar qaratuvchili birikmaga kirmaydi, uning birinchi komponenti belgisiz qaratqich kelishigi shaklida emas, balki bosh kelishik shaklida bo‘ladi, ikkinchi komponent bilan izohlovchilik munosabatiga kiradi: Mehrining ko‘zlarida minnatdorlik tuyg‘usi porladi.
6. Bosh kelishikdagi ot undalma vazifasida keladi: Sizga yo‘ldosh bo‘lsam, aziz do‘stlarim.
7. Ko‘makchi bilan hol vazifasida: Ra’no tinmay sevinch bilan gapirar edi. Osmon uzra mustaqillik bayrog‘i hilpiraydi.
8.To‘ldiruvchi bo‘lib keladi: Singlim bilan Nazira o‘rtoq. Sovg‘ani onam uchun oldim.
9. Kirish so‘z vazifasida: Chamasi, bugun qor yog‘adi.
10. So‘z-gap: Ertaga qor yog‘adimi? Chamasi.
Bosh kelishikdagi ot so‘z birikmasi tarkibida faol qatnashadi: moslashuv va bitishuv aloqasida bosh so‘z vazifasida, bitishuvning ergash so‘zi bo‘lib ifodalanadi.
Bosh kelishikdagi otni takrorlash tufayli yangi so‘z yasaladi: takroriy so‘z sifat va ravish turkumiga mansub sanaladi; kelishik sistemasidan chiqadi: yo‘l-yo‘l ko‘ylak, es-es bilmoq.

Yüklə 170 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin