Otning ma’nosi va grammatik belgilari


Egalik bilan bog‘liq fonetik hodisalar



Yüklə 170 Kb.
səhifə8/15
tarix28.11.2023
ölçüsü170 Kb.
#167874
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
2-ma\'ruza

Egalik bilan bog‘liq fonetik hodisalar
O‘zakka egalik affikslari qo‘shilishi bilan turli fonetik hodisalar yuz beradi. Bularning eng muhimlari quyidagilar:
1. O‘zak tarkibidagi ikkinchi i va u, a tor unlilari tushib qoladi: og‘iz+im=og‘zim, bo‘yin+im=bo‘ynim, ko‘ngil+i=ko‘ngli, singil+i=singli, burun+im=burnim, o‘g‘il+im=o‘g‘lim,o‘rin+i=o‘rni, zahar+i=zahri, shahar+ i=shahri. Lekin bu hodisa quyidagi hollardagina kuzatiladi: o‘zak o‘zbekcha va ot turkumiga xos bo‘lishi, ikki bo‘g‘inli: birinchi bo‘g‘ini ochiq bo‘lishi, ikkinchi bo‘g‘ini yopiq bo‘lishi, ikkinchi bo‘g‘ini n, l, z fonemalari bilan tugashi, unlilari o - i, o‘ - l, i - i, u - u tarzida joylashgan bo‘lishi kerak.
2. O‘zak oxiridagi k, q jarangsiz tovushlari jaranglashadi: o‘rtoq+im=o‘rtog‘im, eshik+im=eshigim. Bu hodisa ham doim sodir bo‘lavermaydi, buning uchun o‘zak ko‘p bo‘g‘inli bo‘lishi kerak. Lekin ittifoq, idrok kabi so‘zlarga egalik affiksi qo‘shilganda, o‘zakda o‘zgarish yuz bermaydi.
3.Obro‘ (asli obro‘y), avzo, parvo kabi so‘zlarda egalik affiksidan oldin bir y tovushi orttiriladi: obro‘yim, avzoyim, parvoyimiz, xudoying (xudosi), mavzuyim (mavzusi) kabi.
Egalik affikslarining ishlatilishi
Egalik affikslarining ishlatilishida ikki holat bor:
1.Egalik affiksi o‘zi qo‘shilgan so‘zning boshqa so‘z bilan bog‘lanishida ishlatiladi. Bu vaqtda egalik affiksi qo‘shilgan so‘z qaratqich kelishigidagi so‘z bilan aloqaga kirishadi.
Qaratqich kelishigi kishilik olmoshlariga qo‘shilib quyidagicha bo‘ladi: mening kitobim, bizning kitobimiz…
Bularda qaratqich bilan qaralmish shaxsda moslashadi. I va II shaxs ko‘plik shakllari ham ko‘plik, ham birlik (sizlash) ma’nosida qo‘llanadi.
Biz, siz kishilik olmoshlari ham ko‘plik, ham birlik ma’nosida qo‘llanganligi uchun ko‘plik ma’nosi ifodalanganda ba’zan -lar affiksini ham oladi: Bizlarning kitobimiz. Sizlarning kitobingiz.
Ko‘plikni ifoda qilish uchun ba’zan sen olmoshi ham -lar affiksini oladi: Senlarning kitoblaring.
Kishilik olmoshi va egalik affikslari shaxs va son ma’nolarini ifoda qiladilar. Shuning uchun ham qaratqich+qaralmish konstruksiyalarida tejamkorlik qonuniyati asosida qaratuvchi qo‘llanmasligi, qarashlilik ma’nosi faqat egalik formasidagi otlar bilan ifodalanishi ham mumkin: Nutqing doston ham bo‘lmasin, qisqa ruboiy ham bo‘lmasin, o‘rtamiyona g‘azal bo‘lsin! Aqling mog‘or bosmaganimi bu? Ba’zan egalik affikslari I va II shaxs ko‘plik shakllari qo‘llanmasdan, taalluqlilik belgisiz ifodalanishi ham mumkin: Esimni tanibmanki, bizning xonadonda ayolga qo‘l ko‘targan kimsani bilmayman. Bizning qizning choyidan ichaylik. Sizning ayvon, bizning ayvon emasmi?
Egalik affiksini olgan so‘z ba’zan chiqish kelishigidagi so‘zlar bilan ham bog‘lanishi mumkin. Bunda qaralmish miqdor yoki belgi anglatadigan so‘z bilan ifodalanadi, qaratqich esa ko‘plik formada yoki bittadan ortiq miqdorni ifoda qiluvchi sifatlovchi olgan bo‘ladi: Talabalardan biri, o‘quvchilarning barchasi.
2. Egalik affiksi o‘zi qo‘shilgan o‘zak doirasida ishlatiladi. Bunda ikki holat bor:
1) egalik affiksi vazifasida kelib, o‘zining grammatik mohiyati – ma’nosini saqlaydi. Bunda egalik affiksi ot turkumidagi so‘zlarga, harakat nomi, olmosh, shuningdek otlashgan so‘z (sifat, son, ravish, sifatdosh)larga qo‘shilaveradi: onam, o‘qishing, hammang, qahramonim, o‘qiganim kabi;
2) egalik affiksi o‘z grammatik ma’nosini yo‘qotib, o‘zi qo‘shilgan o‘zak bilan birgalikda boshqa so‘z turkumiga – ravishga o‘tadi: ertasi, kechasi; modal so‘zga o‘tadi: chamasi, yaxshisi.
Egalik affiksining har ikki son formasi har qanday ot, olmosh yoki otlashgan so‘zlarga qo‘shilavermaydi. Ko‘pincha miqdor tushunchasi bilan borliq bo‘lgan o‘zaklarga egalik affikslarining birlik formalari qo‘shilmaydi. Bunday so‘zlar egalik kategoriyasining ko‘plik formasidagina qo‘llanadi: barchamiz, beshovimiz. Bu jihatdan III shaxs egalik affiksi mustasno: u neytrallik xususiyatiga ega: barchasi, beshovi.
Egalik affiksi ko‘pincha oddiy gap bo‘lagi vazifasidagi so‘zlarga qo‘shiladi. Shu bilan birga, bir butun holda qo‘llanadigan konstruksiyalarga ham qo‘shilib kelishi mumkin: O‘zbekiston Respublikasi, Qo‘qon davlat pedagogika instituti.

Yüklə 170 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin