Ovqat hazm qilish sistemasi kasalliklari gastrit, surunkali pankreatit Reja



Yüklə 91,5 Kb.
səhifə1/11
tarix02.05.2023
ölçüsü91,5 Kb.
#105752
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ovqat-hazm-qilish-sistemasi-kasalliklari-gastrit-surunkali-pankreatitarxiv.uz


Ovqat hazm qilish sistemasi kasalliklari gastrit, surunkali pankreatit


Reja:

  1. Ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari haqida umumiy ma'lumot.

  2. Surunkali pankreatit kasalligining etiologiyasi va patogenezi.

  3. Surunkali pankreatit kasalligining klinik belgilari, davosi va oldini olish.

  4. Surunkali gastrit etiologiyasi, patogenezi, klinik belgilari, davosi va oldini olish.

Hazm tizimi kasalliklari, ichki kasalliklar orasida muhim o’rin egallaydi. Bu holat mazkur kasalliklarning ayniqsa, yosh va mehnatga qobiliyatli aholi orasida keng tarqalishi bilan bog’liq. Hazm tizimi doimo tashqiy muhit omillari, birinchi navbatda ovqatlanish tabiati, mehnat va turmush sharoitlari ta’siri ostida turadi. Yangi endoskop va ultra tovush tekshirish usullari paydo bo’lishi, hamda xastalikning oldini olish va davolashdagi yutuqlar natijasida gastroenterologiya oxirgi 30 yil ichida juda tez rivojlandi. Zamonaviy klinik gastroenterologiya fanlari o’rtasidagi mutaxassislik hisoblanadi, uni mukammal o’rganish ko’p kuch talab qiladi. Hazm a’zolari kasalliklariga qizilo’ngach, me’da, ichak, jigar, me’da osti bezi kasalliklari kiradi.


Tarifi. Surunkali-pankreatit-fermentlarining o’z-o’zidan faollashishi ta’sirida me’da osti bezining autilizi (yemirilishi ) bilan ifodalanadi.
Tarqalishi. Surunkali pankreatit har xil yoshda, ayniqsa 35-45 yashar ayollarda ko’p uchraydi. Bu xastalik 10000 shahar aholisi soniga o’rta hisobda 22 tadan to’g’ri keldi. Qishloqliklar shaharliklarga nisbatan kamroq xastalanadilar (10:10000).
Tasnifi.
a. Surunkali kalsifikatsiyalovchi pankreatit ( 49-95 foiz holatda).

  1. Surunkali obstruktiv pankreatit.

  1. Surunkali fibrozli- indurativ pankreatit

g. Me’da osti bezining kislotasi (pufagi) yoki soxta kislotasi.
Etiologiyasi.
- O’tkir pankreatitning to’la-to’kis davolanmasligi
- Alkogolizm
- O’t yo’llari, me’da va o’n ikki barmoq ichak kasalliklari (o’t tosh
kasalliklari, o’n ikki barmoq diverkulasi, surunkali gastrit).
- Alimentar omil-ovqatlanish tartibining buzilishi, taom tarkibida oqsil, yog’lar, antioksidantlar tanqisligi.
-Gormonal va modda almashinuvi buzilishlari-giperlipidemiya, giperkalsimiya.
-Har xil zaharli moddalar (kimyoviy, dori preparatlari) ta’siri.
-Qon tomir sistemasi o’zgarishlari tufayli vujudga keladigan qon tomirlar spazmi, emlobiya va tombozlar ta’sirida me’da osti bezida mahalliy qon aylanishining buzilishi.
-Allergik reaksiyalar
-Nasliy moyillik
Patogenezi.

  1. O’t-tosh kasalligida o’t yo’li pankreas yo’li bilan qo’shilib, umumiy yo’lini tashkil qilsa, (jigar-pankreas naychasining sfinkteri chandiqlansa yoki naycha tosh bilan bekilsa) o’t (odatda infeksirlangan) pankreas to’liga tushadi va pankreas shirasi fermentlarini faollashtiradi.

  2. Pankreas yo’li tosh bilan to’kilganda, uning shilliq pardasi shishganda pankreas shirasi oqimining buzilishi, (dimlanishi), fermentlar faollashuvi vujudga keladi.

Buning natijasida qon qo’yilishi yoki yog’ nekrozlari bilan me’da osti bezi parenxemasining fermentativ hazm qilinishi (autolizm) rivojlanadi.

  1. Pankreatit rivojlanihi mexanizmida bezning ko’tarilib chiqadigan shira yo’llarining ikkilamchi infeksiyasi ham muhim rol o’ynaydi.

Moyil omillar.
-Faterev so’rg’ichining spazmi, yallig’lanish stenozi yoki o’smasi-pankreas shirasini o’n ikki barmoq ichakka tushishiga to’sqinlik qiladi (shira dimlanadi).
-Oddiy sfinkterining yetishmovchiligi-o’n ikki barmoq ichakdagi narsalarni me’da osti bezi yo’liga erkin tushishiga sharoit tug’diradi

Yüklə 91,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin