Ovqatlanish


Bakteriologik ko’rsatkichlari



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə51/100
tarix02.01.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#35594
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   100
Ovqatlanish gigiyenasi

Bakteriologik ko’rsatkichlari

Yangi sog’ib olingan sut steril bo’lmaydi, chunki unga hayvon yelinidagi va emchak kanalidagi biroz miqdor mikroblar qo’shilib qoladi. Bu mikroblar, asosan mikrokokklar, sut kislota bakteriyalari bo’lganidan keyinchalik laktozani bijg’itib sutdagi kislotalarning

58

ko’payishiga, sutning achib qolishiga sabab bo’ladi. Sut sog’ish pay-tida unga yelindan, qo’llardan, idish-tovoq, havo va boshqalardan tushadigan oddiy chirituvchi mikroflora bilan bir qatorda patogen ichak mikroblari (ichburug’, ichterlama) qo’zgatuvchilari o’tib qola-di. Shuningdek, hayvon sil, brutselloz, oqsim va mastit bilan og’rigan bo’lsa uning o’zidan ham sutga infeksiya tushib qoladi. Kasal hay-vonlardan olingan yoki ichak infeksiyalari qo’zg’atuvchilari bilan if-loslangan sutni mavjud sanitariya qoidalariga muvofiq yuqumsizlan-tirilganidan so’ng ishlatishga ruxsat beriladi. Sutning bakteriologik ko’rsatkichlari DS talablariga muvofiq 1 ml sutdagi umumiy mikrob-lar soni, ko’pi bilan bitta ichak tayoqchasi topilishi mumkin bo’lgan sut va 1 ml sutdagi jami mikroblar soni bilan aniqlanadi.

Chunonchi, rosmana brutselloz simptomlari bo’lgan mollardan yoki oqsim bo’yicha karantin qilingan fermer xo'jalMarining mollari-dan olingan sutni qaynab chiqqan paytidan boshlab 5 minut davo-mida qaynatilgandan keyingina xo’jalik ishida ishlatsa bo’ladi. Bun-day fermer xo’jaliklardan sutni olib ketishga, hattoki yuqumsizlan-tirilgandan keyin ham, epidemiyaga qarshi xizmat va veterinariya-sani-tariya nazorati organlari bilan kelishilganidan keyingina ruxsat beriladi. Sil bilan og’rigan mollarninig sutini ovqatga ishlatishga yo’l qo’yilmaydi.

Sil va brutsellozga musbat reaksiyalar bergan mollarning sutini 70 °C da 30 minut davomida yoki kamida 90 °C da bir necha sekund davomida pasterlashdan keyingina tarqatish mumkin. Sut zavodlari-dan iste'molchilarga yetkazib beriladigan sutning bakteriologik ko’r-satkichlari DS talablariga to’g’ri keladigan bo’lishi kerak.


Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin