95
Oziq-ovqat mahsulotlari saqlanadigan idishlarga qo’yiladigan gigiyenik talablar
Oziq-ovqat sanoatida va ovqatga aloqador muassasalarda oziq-ovqat mahsulotlari solinadigan turli idishlar, jihozlar va mahsulotlarni o’rash uchun polimer materiallaridan keng foydalanilmoqda. o’zbe-kistonda tadbirkorlikni rivojlantirishga keng yo’llar ochihshi, qo’shni va chet davlatlar bilan birgalikda oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi qo’sh-ma korxonalar barpo bo’layotganligi va chetdan ko’p miqdorda polimer materiallari bilan qadoqlangan oziq-ovqat mahsulotlari kelti-rilayotganligi sanitariya organlariga mas'uliyatli vazifani yuklaydi.
Oziq-ovqat sanoatida va ovqatga aloqador muassasalarda idish-dan, jihozlardan, o’rash uchun ishlatiladigan plyonkalardan oziq-ovqatga o’tadigan zaharli moddalardan zaharianishning oldini olish muhim ahamiyatga ega.
Oziq-ovqat sanoatida yelimlar, loklar, bo’yoqlar qoplangan buyumlar, ovqat mahsulotlarini shisha idishlarda saqlash uchun jipslash materiallari, poliamidli, poliasetatli, polietilenli pohvinilase-tat, polistirollar, har xil rezina birikmalari, ionlashish natijasida olingan qatronlar, organik oyna, ftoroplastlar, har xil markali sello-fan, jihozlar va qutilarni qoplash uchun har xil sirlar ishlatiladi. Bu-larni oziq-ovqat korxonalarida faqat Sog’hqni Saqlash VazMigining, Bosh sanitariya-epidemiologiya boshqarmasining ruxsati bilan ish-latish tavsiya etiladi.
Oshxona anjomiari (idish-tovoq, o’rash materiallari) ovqat mah-sulotlariga ko’proq og’ir metallarning tuzlari (qo’rg’oshin, mis, rux) va har xil organik moddalar tushishi mumkin. Ular oziq-ovqat mah-sulotlariga texnologik uskunalar, idishlardan tushishi, shuningdek, yanglishib ishlatib qo’yilganda tushishi mumkin. Qo’rg’oshindan za-harlanish ancha ko’p uchraydi.
Dostları ilə paylaş: |