1-topshiriq. Oziq-ovqat mahsulotlariga pestitsidlar bilan ishlov berishni tartibga soladigan sanitariya qoidalari, uslubiy ko’rsatmalar va qo’llanma (instruksiya)lar bilan tanishish. Pestitsidlar sepilgan oziq-ovqat mahsulqtlari namunalarining organoleptik xossalarini aniqlash.
2-topshiriq.Oziq-ovqat mahsuloti — don, sutdagi DDT ni aniqlash uchun sifatiy reaksiyalar o’tkazish.
Aniqlash yo % Reaksiya berlin yashili hosil bo’lishiga asoslangan. Kolbaga 100 g dori solinadi, ustidan 100 ml etil spirti quyiladi, yax-shilab aralashtiriladi va 12—24 soatga ekstraktlash uchun qoldiriladi. Ekstraktlashdan keyin pestitsid saqlagan filtrat tekshiriladi. Probir-kaga 10 mg natriy bikarbonat (soda) solinadi, 1—2 tomchi tekshi-rilayotgan filtratdan qo’shiladi, suv hammomida quriguncha bug’lati-ladi. Probirka tagini quruq qilib artib, icbidagini elektr plitkada qizdi-riladi va uy haroratida sovitiladi. Cho’kmaga 1—3 tomchi sulfat kislo-ta (nisbiy zichligi 1,84) qo’shiladi va probirkani oldin 0,1% uch valentli temir sulfat (oksid) eritmasiga ho’llanib kumush ferrisianid-ga shimdirilgan reaktiv qog’oz bilan tezda yopiladi. Ustiga reaktiv qog’oz yopilgan probirkani plitka yoki spirtovka ustida 1—2 minut qizdiriladi. Tekshirilayotgan mahsulotda DDT bo’lsa, reaktiv qo-g’ozda dog’ - berlin yashili paydo bo’ladi.
Sutni tekshirishda 100 ml sut oMnadi, quriguncha bug’latiladi va quruq qoldiqni tekshiriladi. Quruq sut tortimidan 10 g olinadi. Tek-shm^hning borishi yuqorida keltirilganga o’xshash.