Oxirgi variant davrlarga bo`lingan



Yüklə 438,43 Kb.
səhifə58/187
tarix09.05.2022
ölçüsü438,43 Kb.
#56944
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   187
Oxirgi variant davrlarga bo`lingan

Movarounnahrning Qutayba ibn Muslim boshchiligidagi arab qo'shinlari tomonidan istilo
qilinishi.

O‘rta Osiyodagi siyosiy parokandalik va kichik 1ilatlarning bir-birlari bilan tez-tez nizolarga •vrib turishi Qutaybaga qo‘l keldi. O‘z harbiy yurishlarini Qutayba 705 yil Balx viloyatini bosib olish bilan boshladi. Balxdan tashqari Qutaybaga Chag‘oniyon, Shuman va O‘rta Osiyoning janubidagi kichik viloyatlar bo‘ysunadi. Chag‘oniyon hrkimi Tish arablar tomoniga o‘tib ketadi.

706 yil Qutayba katta qo‘shin bilan Movarounnahrga kirib keldi. Tabariyning ma’lumotlariga ko‘ra Qutayba eng obod va boy shaharlardan biri Poykand tomon harakat qildi. Uning qo‘shini tarkibida arablar xizmatiga o‘tgan Balx va Chag‘oniyon hokimlarining ham qo‘shinlari bor edi. Poykandning ko‘pchilik aholisi savdogarlar edi. Shaharda qoldirilgan harbiy qo‘shinga turk sarkardasi bosh edi. Sug‘d va boshqa viloyatlardan kelgan kuchlar bilan poykandliklar arablarga qattiq turib qarshilik ko‘rsatdilar. Arablar sug‘dlar tomonidan o‘rab olinib Qutaybaning barcha yo‘llari kesib qo‘yildi.

Poykand fojiasidan so‘ng Qutayba boshliq kuchli raqibga zarba berib uni mag‘lub etish maqsadida Sug‘d podshosi Tarxun, Buxoro hukmdori Xunukxudod, Shopurkom hokimi Vardanxudod boshliq katta qo‘shin yig‘ildi. Ularga turklar yordamga kelib, jami qo‘shinning miqdori 40000 kishi atrofida edi.

Ittifoqchilar qo‘shini Buxoro yaqinida Torob, Xunbun, Romiton oralig‘ida to‘plandi

708-709 yillar mobaynida Qutayba Buxoro va uning atrofiga bir necha bor hujum qilib, Buxorxudod Tug‘shod qo‘shinlarini tor-mor etadi va unga amir etib o‘z yaqinlaridan birini tayinlaydi. Amir Buxorxudod ustidan nazorat qilib turish, Buxoroda qoldirilgan harbiy qismga askarboshilik qilish, aholidan soliq undirishi va uni o‘z vaqtida xalifalikka yetkazib berish vazifasini ado etar edi.

Xorazmda boshlangan ichki ziddiyatlar Qutayba fikrini o‘zgartirdi. Xorazmda xalq g‘alayoni boshlangan bo‘lib, unga Xorazmshoh Chag‘onning ukasi Xurzod boshchilik qilar edi. Qutayba Xurzod boshchiligidagi qo‘zg‘olonchilarni tor-mor keltiradi. 710-712 yillarda Xorazmshoh Qutayba bilan tinchlik sulhini tuzib, unga 10000 qoramol miqdorida boj go‘laydi. Xorazm shu bilan o‘z mustaqilligini yo‘qotib arablar hokimiyatini tan oladi. Qutayba esa o‘z qushini hamda Xorazmshoh va Buxorxudod qo‘shinlari '•ilan birgalikda Samarqandga yo‘l oladi.

Shu paytda norozilik va qo‘zg‘olon natijasida So‘-dlar podshosi Tarxun taxtdan ag‘darilgan edi. Sug‘d mkdshosi va Samarqand afshini sifatida Tarxunning uk.chsi G‘urak (710-737) taxtga o‘tiradi. Tarxun zsa >i1>sda o‘zini-o‘zi halok etadi.

Qamalda qolgan G‘urak Shosh podshosi, Turkiy xoqon va Farg‘ona ixshidiga murojaat qilib ulardan yordam so‘raydi. Turkiylar qo‘shini bu paytda Sug‘d chegarasi yaqinida bo‘lib Farg‘ona va Shosh qo‘shinlari bilan birgalikda ittifoqchilar lashkarini vujudga keltiradi. Ittifoqchilar qo‘shinining tepasiga lashkarboshi etib Turkiy xoqonning kichik o‘g‘li Inal xoqon tayinlanadi. Qutayba darhol o‘z ukasi boshchiligida saralangan qo‘shin tuzib, ittifoqchilar yo‘liga tuzoq qo‘yadi. Arablar ittifoqchilarni tor-mor etib, ularning mol-mulklarini talaydilar.

Qutayba shundan so‘ng Samarqandga hujumni kuchaytiradi. Shahar ra’danroz (tosh otg‘ich) lardan o‘qqa tutiladi. Bu janglarda ayniqsa buxoroliklar, xorazmliklar katta jonbozlik ko‘rsata boshlaydilar. Bir oy davomida shahar mudofaachilari Samarqandni qahramonona mudofaa qildilar. Arablar oxir oqibatda shahar devorlarini buzib Shahristonga bostirib kirdilar. Samarqand arablarga taslim bo‘ldi. G‘urak va Qutayba o‘rtasida sulh tuzildi. Qutayba jo‘nab ketishi oldidan shaharda o‘z ukasi Abdurahmon ibn Muslim boshliq yaxshi saralangan qo‘shinni qoldirib ketadi. Lekin matonatli Sug‘d aholisining qarshiligi bu bilan tugamaydi. Al-Yaqubiyning yozishicha, 712 yil kuzida Samarqandda arab noibiga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tariladi. Ularga turklar yordam beradi. Faqatgina 713 yil bahorid» Qutaybaning yetib kelishi bilan shahardagi qo‘zg‘olon bostiriladi.

Mug‘ tog‘idan topilgan hujjagga ko‘ra Qutayba o‘zining keyingi yurishlarida Shosh, Farg‘ona va Turkiy xoqonlik qo‘shinlaridan iborat yana bir harbiy vdtifoqning qarshiligiga duch keladi. Sug‘d, Shosh, Farg‘ona ittifoqiga GTanjikent hokimi Devashtich ham qo‘shiladi. U Shosh va boshqa yerlarga o‘z elchisi Fatufarnni yuboradi. Fatufarn nomani Shosh hukmdori Moxedu tudun (Bahodir tudun) ga topshiradi. Qolgan ikki maktubni Farg‘ona elchisi orqali turkiylar hokimi va Farg‘ona ixshidiga berib yuborgan.

Qutayba bu o‘lkalarni tezda o‘ziga bo‘ysundirish harakatiga tushadi. Tabariyning ma’lumotlariga ko‘ra, Qutayba 713 yil Buxoro, Kesh, Nasaf va Xorazm aholisidan 20000 askar to‘plab berishni talab qildi. O‘z qo‘shini bilan uni qo‘shib, qo‘shinni 2 ga bo‘lib ajratadi. Kesh, Nasaf, Xorazmdan kelgan qo‘shin Shosh viloyatiga, o‘zi esa asosiy kuch bilan Ustrushona orqali Farg‘ona vodiysiga yo‘l oladi. Birinchi qo‘shin Shosh qo‘shinini tor-mor etib, Shosh viloyatini egallaydi. Qutayba esa Ustrushonada hal qiluvchi jang olib borib, Xo‘jand va Kosonni zabt etadi.

714 yil Qutayba Turkiy xoqonliqdan harbiy yordam kelish yo‘lini to‘sish maqsadida Shosh vohasiga qayta vostirib kiradi. O‘sha yili asosiy yo‘ldagi Isfijob (Sayram) ni ishg‘ol etadi. 715 yil boshida esa Farg‘onaga qochib ketishga majbur bo‘ladi. Qutayba o‘sha yili Qashqargacha bo‘lgan yerlarni istilo etadi. Hamma viloyatlarga arablardan bo‘lgan amirlarni noib etib tayinlaydi. O‘sha yili arab xalifasi Volid vafot etadi Xalifalik taxtiga Sulaymon ibn Abdumalik »chiqadi. Qutayba Sulaymonga nisbatan g‘animlik munosabatida bo‘lib uni qo‘llamas edi. Qutaybaga nisbatan isyon ko‘tariladi. Natijada bu isyon muvaffaqiyatsiz tugab Qutaybaning o‘zi Farg‘onada o‘ldiriladi (735 y.).

Shunday qilib, 10 yil davomida olib borilgan doimiy kurashlar natijasida Movarounnahr xalifalik ixtiyoriga kirsa-da, ammo uning mag‘rur aholisi uzmni butkul tobe etilgan deb hisoblamaydi. Shuning uchun ham Qutayba har yili qishlash uchun Marvga jo‘nab ketar, bahorda esa yangi kuchlar bilak Movarounnahrga hujum qilar edi. Shuning uchun ham arablar Movarounnahrni egallashda muvaffaqiyat qozondilar. Buning asosiy sabablari quyidagicha edi. Avvalo mamlakatda hukm surayotgan siyosiy tarqoqlik va kichik hukmdorlarning o‘zaro kurashlari arablarga juda qo‘l kelgan edi.

Iqtisodiy hayotni o‘z qo‘llaridan chiqarmaslik maqsadida arablar bu yerda sosoniylar tartibidagi soliq tizimini joriy qildilar. Bu tizimga yer solig‘i - xiroj (hosilning o‘ndan bir yoki o‘ndan ikki qismi miqdorida) chorva, hunarmandchilik, savdo-sotiqdan zakot (qirqdan bir miqdorda) hamda islomni qabul qilmagan shaxslardan olinadigan jiz’ya solig‘i ham qo‘shildi.




Yüklə 438,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin