Oy mavzusi: Buyumlar, anjomlar va asboblar



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə2/3
tarix24.07.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#137264
1   2   3
idish tovoq milliy naqsh mashgulot

Ta’limiy maqsad: Tarbiyalanuvchilarga rangli qalamlar yordamida kosa va piyolani bo`yashga o`rgatish.
Tarbiyaviy maqsad: Govdani tik tutib tarbiyachi nutqini rivojlantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: Mayda qo`l matoriasi va estetik didni rivojlantirish.
Kerakli jihozlar: Piyola rasmi, rangli qalamlar.
Faoliyatning borishi:
Aziz bolajonlar bugun biz san’at markazida piyola rasmini bo`yaymiz. Bolajonlar sizlarning uyingizda ham piyola bormi? Bizlar piyola bilan choy ichamiz. Piyolaning ichki qismi doira shaklida. Piyolaning joyi oshxonada. Mana qo`limdagi piyolaning rangi ko`k rangda. Bolajonlar namuna asosida ko`k rangli qalamni olib ish jarayonimizni boshlaymiz.
Ish yakunlangacha: Barakalla bolajonlar, juda ham chiroyli bo`yapsiz.
Mustahkamlash:

  1. Biz qaysi oshxona anjomlarini bo`yadik?

  2. Bizlar choyni nimada ichamiz?

  3. Piyola qanday geometrik shaklga o`xshaydi?

  4. Piyola qanday rangda?



Qurish-yasash va matematika markazi.
Mavzu: Qog`ozdan tarelka yasaymiz.

Ta’limiy maqsad: Bolalarga katta va kichik shakllarni farqlashni ularning nomini rangini ajratishni o`rgatish.
Tarbiyaviy maqsad: Govdani tik tutishga yelimdan to`g`ri foydalanishga o`rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: Bolalarda diqqat, mantiqiy fikrlash, mayda qo`l motorikasini rivojlantirish.
Kerakli jihozlar: Tarelka rasmi, dumaloq shakllar.
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Aziz bolajonlar. Sizlar bilan bugun oshxona buyumi hisoblanadigan bizga eng kerakli bo`ladigan tarelka haqida tushunchalarga ega bo`lamiz. Biz buni chuqurroq o`rganishimiz uchun tarelkani yasash orqali shaklini bilib olishimiz mumkin. Geometrik shakllarni bir eslab olaylik: to`rtburchak, uchburchak, doira.
Bizning tarelkamiz qanday shaklda?
Bolalar: Doira shaklda.
Tarbiyachi: Bolajonlar tarelka ham turli shaklda bo`ladi. Masalan: to`rtburchak, oval va doira shaklda. Sizlarga rangli qog`ozdan aylana shaklda kesilgan tayyor 2 ta doiralar berilgan, 1 chisi katta, 2 chisi kichikroq. Avval kattasini so`ng kichkinasini yopishtirasizlar. Shu tarzda tarelkani yasaysizlar. Bolalar doirada nechta burchagi bor.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin