14
bilan bog‘liq. 1957 yilda shimoliy Afg‘onistonning Bog‘lon hududidagi Surxko‘tal
deb nomlangan, Kushon podsholari sharafiga bitilgan mahobatli xatning topilishi
fanga baqtriya yozuvining o‘rganilish tarixini boshlab bergan edi. O‘zbekiston
hududidagi eng dastlabki baqtriya yozuvlari 1962 yilda arxeolog B.Ya. Staviskiy
rahbarligida Eski Termizning Qoratepa manzilgohidan topilgan. Baqtriya yozuvi 25
ta harfdan iborat bo‘lib, chapdan o‘nga qarab o‘qiladi.
Eng qadimgi baqtriya
yozuvlari qayd etilgan yodgorliklar sirasiga Mirzaqultepa, Fayoztepa, Kampirtepa,
Qoratepa, Ayritom, Zartepa, Dalvarzintepa, Xotinrabot, Xayitobodtepa kiradi. Bu
manzilgohlardan topilgan yozuv namunalari Baqtriya arxivi deb ataladi. Bu arxiv
hujjatlari namunalari devorga, toshga, qayin po‘stlog‘iga, sopolga, yog‘ochga,
haykallarga va boshqa narsalarga yozilgan.
Mintaqamizda mavjud bo‘lgan qadimgi yozuvlardan
yana biri xorazm
yozuvidir. Olimlar xorazm tilini osetin va sug‘d tillari bilan birgalikda hind-evropa
tillarining qadimgi massaget va skiff (sak) tillari chatishishi natijasida vujudga
kelgan “shimoliy eron” deb ataluvchi sak-sarmat guruhiga kiritishadi. Qadimgi
xorazm tilini rus olimi V.A.Livshits sug‘d va shimoliy-sharqiy eron tillari
oralig‘idagi o‘ziga xos til bo‘lib, uning Parfiya, Osetin va “Avesto”
tillari bilan
o‘zaro umumiyligi bor deb hisoblangan.
Xorazm hududlari (quyi Amudaryo havzasi) da 1937-yildan boshlangan
arxeologik qazishmalar davomida ko‘plab moddiy madaniyat yodgorliklari topilgan
bo‘lsada, biroq xorazm tili va yozuvini o‘zida aks ettiruvchi topilmalar miloddan
avvalgi I-ming yillikning o‘rtalarigacha bo‘lgan madaniy qatlamlarda arxeologlar
tomonidan hanuzgacha qayd qilinmagan. O‘rta Osiyo xalqlarining eng qadimgi
yozuvi bu humning sirtiga tushirilgan xorazm tilidagi qisqa yozuvdir. Bu yozuv
namunasi Katta Oybo‘yir qal’a shahar harobasidan topilgan bo‘lib,
u miloddan
avvalgi V-IV asrlarga tegishlidir.
Miloddan avvalgi IV milodiy I asrlarga taalluqli Qo‘yqirilganqal’a
yodgorligidan hum sirtiga bitilgan yozuv na’munasi topilib, u oromiycha osonlikcha
o‘qiladigan xat bilan o‘yib yozilgan edi. Yozuv “Aspabarak” yoki “ Aspabadak”
deb o‘qiladi. Shubhasiz bu so‘z eronchadir. So‘zning ot o‘zagi ham, fe’l o‘zagi ham,
15
uning ohiridagi affiks ham eronchadir. So‘zni “otda ketayotgan” yoki “otda minib
turgan” (chavandoz) deb tarjima qilish mumkin. Umuman Qo‘yqirilganqal’a
yozuvlarining xronologik chegarasi miloddan avvalgi III-asrga, eng so‘ngilari
miloddan avvalgi II-asrning boshlariga to‘g‘ri keladi.
Qadimgi Xorazm yozuvi yodgorliklari bizning davrimizga qadar numizmatik
materiallarda, qadimgi xo‘jalik buyumlarida (kumush piyola va kosalarda) saqlanib
kelgan. Shuningdek, arxeologik izlanishlar jarayonida Tuproqqal’a, To‘qqal’a va
Misdaxkon shahar-qal’alaridan ham juda ko‘plab yozuv namunalari arxivi
topilganki, qo‘lga kiritilgan boy yozuv yodgorliklari
qadimgi Xorazmning arab
istilosiga qadar bo‘lgan siyosiy, moddiy va ma’naviy hamda xo‘jalik munosabatlari
tarixini yanada teranroq idrok etishga yordam beradi.
Sug‘d yozuvi oromiy yozuvi asosida shakllangan harf-tovush yozuvidir. Bu
yozuv qariyb ming yil davomida hozirgi O‘zbekiston va qisman Tojikiston yerlarida
(Zarafshon vodiysi) joylashgan qadimgi Sug‘diyonada qo‘llanilgan. Sug‘d
yozuvining mil. boshlariga oid eng qadimgi namunasi O‘zbekistonda Samarqand
yaqinidagi Taliborzu tepaligidan topilgan.
Sug‘d yozuvi somiy alifbolari kabi konsonant yozuv bo‘lgan, ya’ni harflar,
asosan, undosh tovushlarni ifoda etgan. VII –VIII asrlarda sug‘dlar o‘z alifbolarini
23 harfdan iborat deb hisoblaganlar, ya’ni 22 harf oromiy asliga borib taqalgan va
alifboga oromiy alifbosidagi tartibda joylashgan. Bitta qo‘shimcha 23-harf esa 12-
harfning takroridan iborat bo‘lgan. IV asrning boshlarida ayrim harflar chiqib
ketgan, ayrim harflar esa bir-biriga o‘xshash shaklda yozila borishi natijasida bir
harfga kelib qolgan. Ana shu tariqa sug‘d alifbosi 17 harfdan iborat bo‘lib qolgan.
Umuman olganda, O‘rta Osiyo xalqlari to‘g‘risidagi ilk yozma hujjatli
ma’lumotlar
majmuasini, ya’ni arxiv hujjatlari kolleksiyasiga: qadimgi Nisadagi
Parfiya arxivi, Xorazmdagi Tuproqqal’a arxivi, Mug‘ qal’asi xarobalaridan topilgan
Divashtich arxivi kiradi.
Dostları ilə paylaş: