Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019


- Mavzu: O‘rta Osiyo xonliklar davrida arxiv ishi



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/68
tarix02.05.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#106091
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   68
ozbekistonda arxiv ishi tarixi-1

4- Mavzu: O‘rta Osiyo xonliklar davrida arxiv ishi 
Reja: 
1. Xiva xonligi arxivi va uning o‘rganilishi. 
2. Buxoro amirligining Qo‘shbegi arxivi. 
3. Qo‘qon xonligida arxiv ishi tarixi. 
1. Xiva xonligi arxivi va uning o‘rganilishi. O‘rta Osiyo mintaqasida 
mavjud bo‘lgan Qo‘qon va Xiva xonliklari va Buxoro amirligida o‘ziga xos tarzda 
ish yuritish, hujjatchilik shu bilan birgalikda arxiv tizimi xususida XX asrning 
birinchi choragiga qadar aniq ma’lumotlar yo‘q edi. XX asrning 30-yillarida O‘rta 
Osiyo xonliklarida arxivlar bo‘lganligi o‘z tasdig‘ini topdi. Bular Qo‘qon va Xiva 


31 
xonlari, Buxoro amirligi Qo‘shbegi arxivlari bo‘lib, ularda XVIII-XIX asrga oid 
hujjatlarning ma’lum qismi saqlanib qolgan. 
Ma’lumki, Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoni bosib olishning uchinchi 
bosqichi Xiva xonligiga yo‘naltirilgan edi. Dungan qo‘zg‘oloni Xinjanggacha 
cho‘zilgan bir paytda Rossiya 1871 yili o‘z e’tiborini Kuljaga qaratishdan to‘xtatib, 
balki Markaziy Osiyoning boshqa bir tomonida buysunmas geografik joy 
hisoblangan Xiva xonligiga qaratdi. 
Yozma kelishuv rasman tan olingan bo‘lishiga qaramasdan Britaniya 
Afg‘onistonga o‘z ta’sirini o‘tkazish (Badaxshon) va Xuroson (Xorazm) ga tasir 
o‘tkazmaslikka kelishildi. Rossiya 1873 yili General fon Kaufman boshchiligida 
Xiva xonligiga qarshi hujumini boshladi. 
1873-yil 29-mayda ruslar Xiva xonligining poytaxti Xiva shahrini bosib 
olgandan so‘ng, xon saroyini talan-taroj qildilar. Moddiy boyliklar bilan bir qatorda 
qo‘lyozma asarlar va arxiv hujjatlari Turkiston general – gubernatori K.P. 
Kaufmanning topshirig‘iga asosan sharqshunos olim Aleksandr Kun tomonidan 
Toshkentga olib kelindi. Arxiv va qo‘lyozmalarning tarkibi va mazmunini o‘rganib 
chiqqan Xiva ekspeditsiyasida bevosita qatnashgan A.L. Kun general-gubernatorga 
hisobot taqdim etadi. Unda olim mazkur hujjatlarni ikki guruhga bo‘lgan edi. 
Birinchi guruhga xonlikning daromadlari va xarajatlariga doir daftarlari hamda bir 
qancha vaqf mulki hujjatlarini, ikkinchisiga xatlar, arizalar, shuningdek, diplomatik 
yozishmalarni kiritgan. Umuman olganda, Xiva xoni saroyidan Sharq 
qo‘lyozmalaridan iborat 300 ga yaqin kitob, 129 nomda 140 jild tarixiy asarlar, 20 
nafar shoirlarning 30 jildli asarlari, 50 jildli 40 ta huquqiy-diniy asar, bundan 
tashqari 18 ta Qur’on va 50 ta darslik kitoblari to‘planganini ma’lum qiladi. 
A.Kun Xiva xonligi hujjatlari asosidagi dalolatnomasida quyidagicha fikr 
bildirgan. “Xon saroyi musodara qilinganida, qo’lyozmalar bilan birgalikda hujjatlar 
ham to’plandi. Bu hujjatlarni ikki guruhga bo’lish mumkin: birinchi guruhga 
xonlikning daromadlari va xarajatlariga doir daftarlar hamda bir qancha vaqf va 
mulk hujjatlarini, ikkinchi guruhga xatlar va diplomatik yozishmalarni kiritish 
mumkin. Daftarlar orasida pul soliqlariga doir yozuvlar (solg’ut), zakot daftarlari va 


32 
Matmurod devonbegining xon xarajatlari to’g’risidagi hisobotlari bor. So’ngra shu 
hujjatlar orasida Buxoroda, G’azalida, Istanbulda va boshqa joylarda savdo-sotiq 
ishlari bilan yashab turgan Xivaliklarning Xonga yuborgan iltimosnomalari
nizolarini hal qilib berish to’g’risida yozilgan imkoniyatnomalar, biror mansab 
berish to’g’risidagi iltimosnomalar va shu kabilar bor. Diplomatik hujjatlar orasida 
Ost- Indiya general gubernatorlari Narsbrukning xati, Turkiya sultonining xatlari va 
farmonlari, rus elchisi podpolkovnik Danilevskiy bilan Xiva xoni o’rtasida tuzilgan 
ahdnoma hamda Turkiston general gubernatori tomonidan xonga yuborilgan bir 
nechta maktub mavjud” (Йўлдошев М. Хива хонлигида феодалер эгалиги ва 
давлат тузилиши. –Тошент:Ўздавнашр,1959.-Б.18.). 
Mazkur noyob hujjatlarning bir qismi fon Kaufman tomonidan 1874-yil 28- 
martda Peterburg Fanlar Akademiyasi Osiyo muzeyi (hozirgi Sankt-Peterburgdagi 
Rossiya Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti kutubxonasi)ga, qolgani esa 
Peterburgdagi Imperator xalq kutubxonasi (Sankt-Peterburgdagi Rossiya Milliy 
kutubxonasi)ga yuborilgan. Uzoq vaqt hujjatlar ilmiy muomalaga kiritilmasdan
tadqiqotchilar uchun noma’lum bo‘lib qolgan. 
Xiva xonlari arxivini birinchi bo‘lib, 1936-yili sharqshunos olim P.P.Ivanov 
tomonidan tasodifan topib olinishi va o‘rganib chiqilishi tarix fani sohasida katta 
yutuq bo‘ldi. Chunki, ushbu davrga qadar o‘zbek xonliklari tarixi sharq adiblari 
asarlari yoki evropalik sayyohlar ma’lumotlari asosida yoritilar edi.
Xiva xonligi arxivi hujjatlari mazmunining sharqshunos P.Ivanov tomonidan 
tadqiq etilishi Xiva xonligi tarixini ma’lumotlar bilan boyitishga xizmat qildi.
P.Ivanov Saltikov-Shchedrin nomli xalq kutubxonasidan hujjatlar topib, Xiva 
tarixiga oid tadqiqotlarini doirasini kengaytishga muvaffaq bo‘ladi. Xiva xonlari 
arxivi hujjatlarini chuqur o‘rganish natijasida P.P. Ivanov “XIX asrdagi Xiva xonlari 
arxivi” asarini nashr etgan. Biroq, olim arxivning sharqshunoslik institutida saqlanib 
qolgan ikkinchi qismidan bexabar edi.
Keyinchalik, mazkur hujjatlar 1951-1956 yillar Sharqshunoslik institutida 
katta ilmiy xodim lavozimida ishlagan, 1953 yil “Xiva xonligida feodal yer egaligi 
va davlat tuzilishi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan M. 


33 
Yo‘ldoshev tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan. M. Yo‘ldoshev mazkur arxiv 
hujjatlari asosida Xiva xonligidagi yer egaligining qanday tarkib topganligi va 
yerdan kimlar foydalanganligini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan hamda butun 
mamlakatdagi yerlarning 9/10 katta yer egalari qo‘lida bo‘lganligini isbotlagan. 
Olim haqiqiy hujjatlarga tayanib, tarix fanida birinchi marta XIX asrda Xivadagi 
agrar munosabatlarni, keng xalq ommasining hayotini, Xiva qishloqlaridagi 
murakkab ijtimoiy vaziyat va dehqonlar tabaqasi haqida to‘liq malumot beradi. 
M. Yo‘ldoshev O‘rta Osiyo xonliklari xo‘jaligida chorikorlik, yerni ijaraga 
olib ishlash shaklining keng tarqalmaganligi to‘g‘risidagi masalani o‘rtaga 
tashlagan. Xiva xonligida soliq va majburiy ishlar haqida, soliq mahkamalarining 
tuzilishi, soliq to‘lovchilar toifalari va ularning miqdori hamda yig‘ilgan 
soliqlarning hajmi to‘g‘risida aniq malumotlar keltirilgan. Tadqiqotchi tomonidan 
o‘rganilgan hujjatlar Xiva xonlari ma‘muriy tuzilishiga doir boy materiallarni ham 
o‘z ichiga oladi. Shuningdek, saroy ayonlari, harbiy, sud va ma’mury mansablar 
to’g’risida mukammal ro’yxat keltiriladi hamda ularning mansab darajalari va 
vazifalari aniq ko’rsatiladi.
Xiva xonligiga oid arxiv daftarlarining o’qib chiqishning qiyinchiligi va bu 
sohada tadqiqotchining qilgan katta ishini alohida ta’kidlab o’tish kerak. Arxiv 
birinchi marta topilgan davlat hujjatlari to’plami shaklida emas, balki tarqoq holda 
yotgan tasodifiy qog’ozlar uyumidan iborat edi.
1962-yil 
O‘zbekiston arxivshunoslari tashabbusi bilan respublika 
hukumatining talabi asosida Leningraddagi (hozirgi Sankt-Peterburgdagi Rossiya 
Milliy kutubxonasi) Saltikov-Shchedrin nomidagi Davlat xalq kutubxonasidan 
10 158 varaqda Xiva xonlari hujjatlari yurtimizga olib kelindi. Hozirda ushbu noyob 
arxiv hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida saqlanmoqda. 
Xiva xoni arxivini chuqur o‘rgangan olim M.Yo‘ldoshev arxiv daftarlari 
orasida saroy harajatlarini ko‘rsatuvchi juda ko‘p hujjatlar borligini aniqladi. Bu 
hujjatlar xon byudjeti qanday sarflanganligini aniq qilib ko‘rsatadi. Bu hol 
hujjatlarning ilmiy qimmatini oshirish bilan birga, ularni muhim tarixiy manbaga 
aylantiradi. Mazkur arxiv hujjatlarining o‘sha davrda tartib bilan yozib borilishi, 


34 
to‘planishi va saqlanishi ham O‘rta Osiyo xonliklaridagi yuksak madaniyat va 
taraqqiyotdan dalolat beruvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Daftarlardan biz 
Xiva xonligida orden va medallar yo‘qligi, mukofot tariqasida esa pul, er-suv, 
chorva yoki qimmatbaho buyumlar berilganligini bilib olishimiz mumkin. 
Shuningdek, turli jun mato va choponlar bilan mukofotlash usuli ham keng 
tarqalganligini ko‘rishimiz mumkin. Ayrim hollarda mukofot tariqasida pichoqlar 
ham berilgan. Xivada harbiy yurishlar vaqtida askarlarda davlat tomonidan tibbiy 
yordam ko‘rsatilmas edi. Yaralangan askarlar o‘z hisobidan davolanishi kerak 
bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat Arxivi 125-raqam tarix fondi 
“Xiva xonlari devonxonasi” va “Xiva xonlari arxivi” deb atalgan birinchi va 
ikkinchi tavsiflari “Iqtisod” va “Qozi vasiqlari” bo‘limida, hamda 323-fond birinchi 
tavsifida saqlanayotgan vaqfnomalarda Xiva madrasalari va ularning iqtisodiy 
manbalari to‘g‘risida noyob hujjatlar mavjud. 
“Xiva xonlari arxivi” fondida “Yasovulboshining vaqf masalalari bo‘yicha 
xon saroyiga chaqirilishi” deb nomlangan hujjatlar jamg‘armasi saqlanadi. Mazkur 
hujjatlarni tadqiq etilishi ikki jihati bilan muhim bo‘lib, birinchidan, sud-huquq 
tizimida yasovulboshi institutining tutgan o‘rni, uning funksiyalari haqida, 
ikkinchidan, vaqf ma’muriyati faoliyatiga oid qimmatli ma’lumotlarni beradi. 
Yasovulboshining davlat boshqaruvi va sud-huquq tizimida tutgan o‘rni masalasi 
atroflicha o‘rganilgan bo‘lib, mazkur tadqiqotda asosiy e’tibor Xiva xonligida vaqf 
ma’muriyatining amaliy faoliyatiga qaratiladi.

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin