26
200 jilddan nari borsa 500 nusxa kitob bo‘lgani holda, Buxoro, Samarqand, Marv,
Nishopur, G‘azna, Urganch shaharlarda minglab kitob nusxalari saqlangan.
Masalan, birgina Bog‘doddagi “Xizant-ul-Ilm” kutubxonasida Qur’oni Karimning
yuzlab nusxasi, 10 400 dan ortiq turli mutafakkirlar asarlarining eng nodir, asl
nusxalari saqlangan. Samarqand, Buxoro, Balx, Hamadon, G‘azna, Urganch va
boshqa shaharlarning har birida o‘nlab etti iqlimga dong‘i ketgan kutubxonalar
kecha-kunduz ishlab turgan.
Kutubxonalar shaxsiy, vaqf (masjid va madrasalarda) va saroyda tashkil
etilgan. Ularning ko‘pchiligida kitoblar o‘z sohalari bo‘yicha kataloglashtirilgan,
tartibga solingan, maxsus va malakali xodimlar biriktirilgan. Shuningdek,
kutubxonalar farroshlar, qorovullar va boshqa xodimlarga ega bo‘lib, to‘la
moliyaviy ta’minlangan. Ulardagi kitoblarni kutubxonaning o‘zida, shuningdek
ma’lum garov evaziga, ko‘pincha pulga uyga olib o‘qish mumkin bo‘lgan.
O‘rta Osiyo kutubxonalari Hindiston, Eron, Istambul, Qohira shaharlarida
Sharq tili va uslublarida bitilgan, shuningdek, O‘rta Osiyoning yirik shaharlarida
yashab ijod etgan adib va xottotlar tomonidan tayorlangan kitoblar hisobiga
kengayib, boyib bordi. Mo‘g‘ullar istilosiga qadar (XI - XII aslar) Marvda saqlangan
Saljuqiylar va Gurgunchdagi Xorazmshoxlar kutubxonalari juda mashxur bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: