Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019


Turkiston general-gubernatorligi kanselyariyasining tashkil etilishi



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/68
tarix02.05.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#106091
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   68
ozbekistonda arxiv ishi tarixi-1

2. Turkiston general-gubernatorligi kanselyariyasining tashkil etilishi.
Turkiston general-gubernatori huzuridagi kanselyariya general-gubernatorlik 
rasmiy hujjatlarini yuritish va jamlash maqsadida 1967-yilning noyabr oyida o‘lkaga 
tashrif buyurgan fon K.P.Kaufman tomonidan tashkil etilgan. Unda o‘lkaning 
Rossiya imperiyasi tomonidan mustamlakaga aylantirilishi, Turkistonda rus harbiy-
ma’muriy boshqaruv tizimining o‘rnatilishi, o‘lkada ma’muriy-hududiy, siyosiy, 
ijtimoiy-iqtisodiy, savdo-madaniy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda qabul qilingan 
huquqiy hujjatlar va ularning amalga oshirilishi borasidagi chora-tadbirlarga oid 
rasmiy hujjatlar, o‘lka aholisi va ularning etnik tarkibiga oid statistik ma’lumotlar, 
mahalliy aholini ruslashtirish masallariga oid, o‘sha davrda tashkil etilgan davlat 
muassasalari tarixiga oid va boshqa rasmiy hujjatlari to‘plangan. Bunda shuningdek, 
general-gubernatorlikning Rossiya imperiyasi imperatori, Buxoro amirligi, Xiva va 
Qo‘qon xonliklari bilan olib borgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy aloqalariga oid 
hujjatlar ham o‘rin olgan. 
Ushbu kanselyariya dastlab to‘rtta bo‘limdan iborat bo‘lib, ularning biri ya’ni 
sud ishlari bo‘limi bir necha yilgina faoliyat yuritgan. Shuningdek, kanselyariya 
tarkibida vaziyat taqozosi bilan vaqtincha tog‘-kon bo‘limi, harbiy yurishlar bo‘limi, 
qochoqlar stoli kabi bo‘limlar tashkil etilgan. Ushbu muhim masalalar 
kannselyariyaning doimiy mavjud bo‘lgan va qimmatli hujjatlarga boy 1-3 
bo‘limlarida jamlangan.
Birinchi bo‘lim ma’muriy boshqaruv va inspektorlik xizmati masalalari bilan 
shug‘ullangan bo‘lib, bunda jami hujjatlar to‘rtta stolda taqsimlangan. Ushbu to‘rtta 


46 
stolning uchtasi asosan shaxsiy tarkib hujjatlarini, to‘rtinchi stol esa “sud ishlari va 
chet elliklar haqida”gi hujjatlarni yuritish va jamlash bilan shug‘ullangan. 
Ikkinchi bo‘lim o‘lkaga hamda majburiyatlarga oid savollar masalasi bilan 
shug‘ullangan bo‘lib, hujjatlari beshta alohida stolda taqsimlangan. Ushbu 
bo‘linmada shuningdek, moliya va xo‘jalik bo‘linmasi faoliyat yuritgan. Bunda 
yuqorida keltirilgan alohida yo‘nalishlar bo‘yicha hujjatlar yuritilgan va jamlagan. 
Uchinchi bo‘lim yer mulk va soliq ishlari bo‘yicha hujjatlarni yuritish bilan 
shug‘ullangan. Bunda shaharlar qurilishi va ularning hisob-kitob ishlarini yuritish 
alohida uchta stolda taqsimlangan.
Keltirib o‘tilgan bo‘limlardan general-gubernatorlik kanselyariyasida nazorat 
palatasi bo‘limi ham faoliyat ko‘rsatgan. Bunda Turkiston general-gubernatorligi 
hududida moliyaviy ishlarni nazorat qilish uchun tashkil etilgan komissiya 
a’zolarining ishlari to‘g‘risida ma’lumot beruvchi hujjatlar majmui jamlangan. 
Ushbu bo‘lim gubernatorlikda o‘lkaning moliya va soliq masalalari bilan 
shug‘ullanuvchi amaldorlari ishlarini nazorat qiluvchi taftishchilarning imperatorga 
bergan xabarnomalari, ma’ruzalari, hisobotlari, o‘rnatilgan tartib qoidalarni buzgan 
rus va mahalliy amaldorlarni javobgarlikka tortish bilan shug‘ullangan.
Turkiston 
general-gubernatorligi 
kanselyariyasining 
eng 
muhim 
bo‘limlaridan biri bu diplomatik aloqalar bo‘limi bo‘lib, unda gubernatorlikning 
qo‘shni davlatlar, xususan, Buxoro va Xiva xonliklari, Afg‘oniston, Qashg‘ar va 
boshqa davlatlar bilan diplomatik aloqalariga oid masalalar bilan shug‘ullangan.
Kanselyariyaning ushbu bo‘limida shuningdek, diplomatik aloqalarga oid hujjatlar, 
xususan, Turkiston general-gubernatorligi qoshidagi diplomatik amaldor faoliyatiga 
oid rasmiy hujjatlar yuritilgan va saqlangan. Shuningdek, general-gubernatorlik 
kanselyariyasi huzurida Turkiston ommaviy bibliotekasi, muzeyi, “Turkestanskiye 
vedomosti” gazetasi va uning bosmaxonasi (1872-1881 yy.) faoliyat yuritgan. 
Turkiston general-gubernatorligi kanselyariyasi so‘nggi general-gubernator 
Kuropatkinning iste’foga chiqishi munosabati bilan o‘lkada yangi tashkil etilgan 
Turkiston Muvaqqat hukumati kanselyariyasiga aylantirilgan (1917 yil aprel oyida). 


47 
Shunday qilib, Turkistonning birinchi general-gubernatori fon Kaufman 
tomonidan XIX asrning ikkinchi yarmida tashkil etilgan, O‘zbekiston tarixini 
yoritishda muhim ahamiyatga ega qimmatli manbalarni o‘zida jamlagan hujjatlar 
majmui – Turkiston general-gubernatorligi kanselyariyasi hisoblanadi. Ushbu 
kanselyariya hujjatlari hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat 
arxivi I-1 Turkiston general-gubernatorligi kanselyariyasi fondida saqlanmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida saqlanayotgan eng katta hajmli 
fondlardan biri hisoblangan ushbu jamg‘arma 35 ta ro‘yxat (opis)ga kiritilgan 
hujjatlardan iborat. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin