43
noma’lum edi. Chunki, Rossiya statistiklari ona tilida yozishni biladigan, maktab va
madrasalarda ta’lim olgan musulmonlarni butunlay e’tiborsiz qoldirib, faqatgina
krill yozuvini o‘qiy oladiganlarni savodli hisoblagan.
Turkiston o‘lkasida mustamlaka boshqaruvi davrida turli xil idoralar faoliyat
ko‘rsatib, ularning hujjatlari joylarda saqlangan. Chunki maxsus arxivlar tashkil
etilmagan edi. Aksariyat idoralarda hujjatlarni saqlash uchun yetarli sharoit va hatto
maxsus xona ham ajratilmagan. 1908 – 1909-yillarda o‘lkada taftish o‘tkazgan
senator graf K.K. Palen o‘z hisobotida Turkiston general –
gubernatorligi
kanselyariyasi (devonxona) uchun yangi bino qurulishida arxiv uchun ajratilgan
xonaning kichkinagina ekanligini qayd etadi. Bundan tashqari hujjatlarni saqlash
ishiga muassasa rahbarlarining o‘zboshimchalik bilan yig‘majildlarni yo‘q qilishga
qaratilgan buyruqlari ham salbiy ta’sir o‘tkazar edi.
Mahalliy yozma manbalar asosida Markaziy Osiyoda yangi ilmiy bilimlarning
rivojlanish davri bo‘ldi. Podsho Rossiyasining oxirgi o‘n yilligida qo‘lyozma va
kitoblar savdo maxsulotlari aylantirilgan. Qimmatbaho qo‘lyozmalar Markaziy
Osiyoda sotildi, sotib olindi va o‘g‘irlandi. Shu bilan
birgalikda deyarli har bir
shaharda ayniqsa Buxoro va Qarshi shaharlarida XIX asrda savdo-sotiq gullab
yashnadi va ushbu shaharlar bozorlarida qo‘lyozmalar va nashr qilingan kitoblar
ochiq tarzda namoyishga qo‘yildi. XIX asr oxiri va XX asr 1-choragida Rossiya
sharqshunoslari tomonidan namoyish etilgan kolleksiyalar bunga yorqin dalildir.
1873-yilda Rossiya armiyasi tomonidan poytaxt ishg‘ol
qilingach, Xiva xonligi
hujjatlarini ilk marotaba tartibga solingan A.L. Kunning kolleksiyasi buning
misolidir.
Osiyo muzeyi direktori tomonidan yuzaga keladigan har qanday imkoniyatni
qo‘ldan boy bermaslik to‘g‘risida ko‘rsatma olgan V.V. Bartoldning bosh maqsadi
qo‘lyozmalarni qo‘lga kiritish emas, balki, ularni turgan joyini aniqlab, o‘z o‘rnida
o‘rganish bo‘lgan. 1915-yil Buxoroga savdo safari davomida V.A. Ivanov 1057
tomga yaqin arab, fors, turk va yahudiy-fors qo‘lyozmalarni to‘plagan (Chahryar
Adle. History of Civilizations of Central Asia.– Paris.UNESCO 2005. – P.72-73.).
44
Turkiston o‘lkasini yanada chuqurroq o‘rganish,
uning tabiy boyliklari
to‘g‘risida statistik va tarixiy ma’lumotlarni bir joyga yig‘ish maqsadida 1873-yil
oktyabr oyida Turkiston general – gubernatori K. P. Kaufman Toshkent shahrida
Markaziy arxiv tuzish loyihasini ilgari surdi. Markaziy arxivga barcha muassasa va
idoralarning tugallangan yig‘majildlari kelib tushishi va shuerda tizimga solinib,
tariflanishi ko‘zga tutilgan edi. Arxiv 4 ta bo‘limdan iborat bo‘lib, birinchi bo‘limda
Turkiston general – gubernatorligi kanselyariyasi
hujjatlari; ikkinchi bo‘limda
viloyat, shahar sud boshqarmalari va Toshkent yarmarka qo‘mitasi hujjatlari;
uchinchi bo‘limda Turkiston harbiy okrugi shtabi, harbiy okrug kengashi, topografik
va barcha harbiy bo‘linmalar hujjatlari; to‘rtinchi bo‘limda esa, Sirdaryo viloyat
shtabi hujjatlari kelib tushishi rejalashtirilgan edi. Loyihada Toshkent va Sirdaryo
viloyatidan tashqari boshqa hududlarda joylashgan muassasalar arxivlari
hujjatlariga e’tibor qaratilmagan edi. Markaziy
arxiv loyihasi fon Kaufman
vafotidan so‘ng amalga oshirilmay unitildi.
Turkiston o‘lkasida yetakchi muassasa bu Turkiston general – gubernatorlik
devonxonasi edi. Rossiya imperiyasi apparatining oliy buyurokratik organi bo‘lmish
mazkur devon ko‘p minglab kishilarning taqdirini hal qilgan. 1867- yilda tashkil
etilgan va dastlabki vaqtlarda 4 ta, keyinchalik 9 ta bo‘limni o‘z ichiga olgan devon
ma’muriy-fuqaroviy va nozirlik tartiblari, yer masalalari va majburiyatlar, yo‘l
qurilishi, Xiva va Buxoroning Rossiya imperiyasiga tobeligi bilan bog‘liq
hamda
sharqning qo‘shni mamlakatlari bilan aloqalariga oid masalalar bilan shug‘ullangan.
Devonxona tarkibida tuzilgan arxiv bo‘limida 1882-yilgacha 9968 ta
yig‘majild mujassamlashgan bo‘lib, ular etarli darajada tartibga solinmagan edi.
1904-yilda Turkiston general – gubernatorligi devoni arxivi faoliyatini tekshirgan
maxsus komissiya arxivga bo‘limlardan hujjatlar tartibsiz ravishda sarlavha va
ro‘yxatsiz topshirilayotganini qayd etgan.
Viloyatlar boshqarmalari devonlarida ham arxiv ishi achinarli holatda edi.
Xususan Sirdaryo viloyati devoni arxivi joylashgan xona umuman talabga javob
bermasligi va 1899-yilgacha ushbu arxivning 2 mingdan ortiq yig‘majildi
45
boshqarma “komissiyasi” tomonidan yo‘q qilishga
ajratilganligi taftish
hisobotlarida qayd etilgan.
Umuman olganda, XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasida
arxiv muassasalari umumiy boshqaruv tizimiga ega emas edi. Idoraviy arxivlarda
hujjatlarni saqlash va ulardan foydalanish uchun zaruriy shart-sharoitlar etishmas,
muassasa boshliqlari esa arxiv hujjatlari to‘g‘risida tasavvurga ega emas edilar.
O‘zbekistonda hozirgi ko‘rinishdagi arxiv muassasalari sovetlar hukmronligi
davrida tashkil etila boshlangan.
Dostları ilə paylaş: