Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019


Buxoro amirligining Qo‘shbegi arxivi



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/68
tarix02.05.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#106091
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   68
ozbekistonda arxiv ishi tarixi-1

2. Buxoro amirligining Qo‘shbegi arxivi. 1920-yil 2-sentyabrda Buxoro 
amirligi Rossiya qo‘shinlari hujumi tufayli ag‘darildi. Amirlikdagi asori-atiqalar, 
amir xazinasi, turli boyliklar, nodir kitoblar Markazga jo‘natildi. Biroq, Buxoro 
amirlining arxivi ark yerto‘lasida saqlanib qolgan edi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi I-126-jamg‘armada
saqlanayotgan Buxoro amirligiga qarashli bo‘lgan “Qo‘shbegi arxivi” XIX – XX asr 
boshlarigacha bo‘lgan davrni qamrab oladi va ulardagi ma’lumotlar, asosan, Buxoro 
amirligiga oiddir. 


35 
Qo‘shbegi arxivining mavjudligi Xiva va Qo‘qon xonligi arxivi ochilgunga 
qadar, “O‘rta Osiyo xonliklarida hech qanday arxiv bo‘lmagan” kabi e’tirozlarga 
o‘rin qoldirmaydi. Bu arxivlarning 1930-yildan keyin ochilishi natijasida, nafaqat 
Buxoro amirlgida, balki O‘rta Osiyo mintaqasida xonliklarda XIX – XX asr 
boshlaridagi davlatchilik tarixiga oid qimmatli yozma manbalar vujudga keldi. 
Natijada, ushbu yozma manbalar orqali hujjatlardagi ma’lumotlarni to‘ldirish, 
ayrim sohalarni qayta ko‘rib chiqish imkoniyatlari ham tug‘ildi. 1931-yilda Buxoro 
muzeyi xodimlari tomonidan Ark yerto‘lasidan topilgan Qo‘shbegi arxivi 1933-
yilda Toshkentga – Markaziy davlat arxiviga olib kelingan.
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi ma’naviy ishlar noziri Musojon Saidjonov 
tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra Buxoro amirligida ikki turdagi arxiv 
hujjatlari mavjud bo‘lib, ular: 1) amirlik devonxonasi arxiv hujjatlari; 2) Buxoro 
amirligi qo‘shbegisi arxividan iborat bo‘lgan. 
Amirlik devonxonasi arxiv hujjatlarini hukmdorlar o‘z qarorgohlarida 
saqlagan. Masalan, amir Muzaffar ularni Shirbudunda saqlangan bo‘lsa, uning o‘g‘li 
Abdulahad arxiv hujjatlarini o‘zi bilan Karmanadagi qarorgohiga olib ketgan edi. 
Amir Olimxon davrida esa hujjatlar Buxoro shahriga olib kelingan. Amir 
devonxonasiga parvonachi javobgar bo‘lgan. 
Tadqiqotchi M.A. Abduraimovning fikriga ko‘ra Buxoro amirligi 
devonxonasi hujjatlari Buxoro bosqini vaqtida qizil askarlar tomonidan olib ketilgan 
va uning keyingi taqdiri noma’lumligicha qolib ketgan. Bugungi kunga kelib, 
O‘zbekiston Respublikasi MDAning “Buxoro amirligi qo‘shbegi boshqarmasi” I-
126 fondida Buxoro amirligi devonxonasi arxiviga tegishli 5000 ga yaqin hujjat 
saqlanib, ularning hammasi qo‘shbegi nomiga yuborilganligi uchun qo‘shbegi arxivi 
hujjatlari tarkibiga kiritilgan. 
Buxoro amirligi Qo‘shbegi arxivi o‘z davrining ilg‘or kishisi bo‘lgan 
qo‘shbegi Mirzo Nasrullo davri (1910–1917yy.)dan boshlab tizimlashtirib, tartibga 
solinib ikki qismga: ichki va tashqi (xorijiy) ishlarga doir hujjatlarga bo‘lingan. 
Hujjatlar yerto‘lada sandiqlarda saqlangan. Biroq, undan keyingi qo‘shbegi 


36 
Usmonbek hujjatlarni saqlashga sovuqqonlik bilan yondashgani to‘g‘risida 
ma’lumotlar mavjud. 
Buxoro amirligi sovet hokimiyati tomonidan bosib olinishi vaqtida militsiya 
va ChK organlari tomonidan Ark yerto‘lasidan bir necha hujjatlar saqlangan 
sandiqlarni topganlar. Hujjatlarning bir qismi tokchalar va yerda yotgan bo‘lgan. 
Ma’lumotlarga ko‘ra mazkur hujjatlar amir amaldorlari tomonidan tashlab ketilgan 
davlat hujjatlari bo‘lgan. Nazorat organlari ushbu hujjatlarni tartibsiz hamda hech 
qanday ro‘yxatsiz qutilarga joylab, Buxoro Xalq Nozirlar Kengashiga yuborgan. 
Ushbu hujjatlar BXSR tashqi ishlar nozirligi binosining yerto‘lasida O‘zSSR 
tuzilgunga qadar saqlangan. 1924-yilgi milliy-hududiy chegaralanish paytida Muso 
Saidjonov raisligida hujjatlarning ma’lum qismi dalolatnoma tuzilib, Buxoro Davlat 
kutubxonasiga topshirilgan. Dalolatnomaga 69 ta bog‘lam, 52 ta daftar, 50 ta kitob 
shaklida sharq hujjatlari kiritilgan. Davlat kutubxonasida saqlanib kelingan 
qo‘shbegi arxivining bir qismi M.R. Hakimov tomonidan tartibga solingan. 1932- 
yil 1-dekabrida Kutubxona Sharq sho‘basi vakili Nurullaev tomonidan Buxoro 
viloyat arxiv byurosiga topshirilgan. Keyinchalik Buxoro viloyat arxiv byurosi 
mudiri Haydarov yuqoridagi hujjatlarga qo‘shimcha tarzda qo‘shbegining yana ikki 
daftarini Buxoro Davlat muzeyiga topshirgan. 
Arxivning ikkinchi qismi Buxoroda sovet hukumati o‘rnatilgandan so‘ng 
1920-yil sentyabr oyining boshlarida BXSRga yuborilgan Markaziy arxiv ishi 
boshqarmasi (MAIB) bosh boshqaruvchisi D.I. Nechkin boshchiligida 
sharqshunoslar: akademik V.V. Bartold va A.E. Shmidt, Narkompros kutubxona 
bo‘limi boshlig‘i A.A. Garitskiy, Sharqshunoslik institutining direktori M.S. 
Andreev, arxeolog va MAIBning ilmiy xodimi V.L. Vyatkinlardan iborat maxsus 
komissiya tomonidan shakllantiriladi. Komissiyaga zudlik bilan hududdagi arxiv 
hujjatlari, qo‘lyozma kitoblar, qadimgi san’at namunalarini asrash bo‘yicha choralar 
ko‘rish vazifasi yuklatiladi. Agar komissiya tomonidan tarixiy manbalarni talon-
taroj qilish yoki yo‘q bo‘lish xavfi aniqlangan hollarda, Buxoro inqilobiy qo‘mitasi 
bilan hamkorlikda bunday holatni oldini olish, ular ichidagi alohida qimmatli 
hujjatlarni Toshkentga olib kelib, Xalq ma’orif komissarligi tasarrufiga topshirishni 


37 
tashkil etishi kerak edi. 1920-yilning 30-sentyaridayoq olib borilgan o‘rganishlar 
asosida tarixiy-madaniy merosni saqlash masalasini muhokama qilish uchun 
komissiya majlisi o‘tkaziladi. Unda Buxorodagi barcha vaqf hujjatlari va 
qo‘lyozmalarni ma’lum bir ishonchli xonada yig‘ish to‘g‘risida kelishib olindi. 
Buxoro hukumatidan to‘plangan hujjatlarni hech bir boshqa muassasalarga 
bermaslik so‘ralgan edi. Mazkur taklifni BXSR hukumati tomonidan qabul qilinish 
bilan birga, arxiv hujjatlarini respublikadan olib chiqib ketish o‘rniga ulardan nusxa 
olish haqida kelishib olindi. Keyichalik ushbu qaror Turkkomissiya tomonidan ham 
ma’qullangandi. Bundan tashqari D.I. Nechkin BXSR Nozirlar kengashi raisi 
Fayzulla Xo‘jaev bilan Buxoro hukumatining mablag‘i evaziga hududda alohida 
arxiv muassasasini tashkil etishga ham kelishib oladi. 
Mazkur mablag‘ muzey rahbariyati tomonidan: qog‘ozlarni chang, loy va 
dog‘lardan tozalash, yirtilganlarni ta’mirlash, shu bilan birgalikda hujjatlarni 
guruhlarga ajratish ishlariga sarflangan. Hujjatlarni dastavval 1931-yil dekabrda 
Buxoro Davlat muzeyi direktori Ashurov, V.A. Shishkinlar quyidagi tarzda 
guruhlangan: 1. Amirga beklar va yirik amaldorlardan yuborilgan xabarlar, 
ma’lumotlar: a) viloyat va tumanlardan yuborilgan xabarlar; b) qo‘shbegi 
ma’lumotlari; s) munshining (davlat kotibi) ma’lumotlari; 2. Amirning o‘z qo‘li 
bilan yozgan yozuvlari: a) maxsus, b) shaxsiy; 3. Amirning har xil shaxsiy hujjatlari; 
4. Siyosiy ishlar bo‘yicha har xil xabarlar; 5. Amir nomiga kelgan maxfiy 
ma’lumotlar (har xil ishlar bo‘yicha); 6. Rossiya siyosiy agentligi bilan yozishmalar; 
7. Beklardan qo‘shbegi nomiga yuborilgan xabarlar; 8. Qo‘shbegining rus 
ma’murlari bilan yozishmalari; 9. Moliyaviy hujjatlar: a) kirim va chiqim 
ma’lumotlari; b) pul hujjatlarining har xil turlari; 10. Harbiylar, ruhoniylar va 
amaldorlarning ro‘yxati; 11. Mulkka egalik hujjatlari (vasiqalar); 12. Yer-suv ishlari 
bo‘yicha hujjatlar; 13. Temir yo‘l hujjatlari va pochta-telegraf vedemostlari; 14. Har 
xil qog‘ozlar: gazeta va jurnallar, guvohnomalar, pasportlar, ma’lumotnomalar. 
1933-yilda Buxoroda qo‘shbegi arxivni guruhlash maqsadida maxsus 
komissiya tuziladi. Uning tarkibiga Buxoro Davlat muzeyi direktori vazifasini 
bajaruvchi A.S. Amirov, Buxkomstaris vakili V.A. Shishkin, muzey konsultanti, 


38 
buxoro Davlat muzeyi ilmiy kengashining kotibi N.E. Shmidt hamda qo‘shbegi 
arxivini tekshirayotgan M.R. Hakimovlar kirgan.
Komissiya muzeydagi qo‘shbegi arxivi hujjatlarini tekshirib chiqib 16 ta 
guruh: 1.Moliyaviy hujjatlar: a) kirim va chiqim farmonlari; b) moliyaviy hujjatlarni 
tasdiqlaydigan farmonlar; 2. Amir nomiga iltimos va ma’lumotlar: a) viloyat va 
tumanlardan; b) kotiblarning ma’lumotlari; s) qo‘shbegi va boshqalarning 
bayonnomalari; 3. Harbiy xizmat amaldorlarining ro‘yxati: a) ruhoniylar va 
boshqalar; 4. Amir yozishmalari va uning farmonlari. 5. Qo‘shbegi nomiga kelgan 
iltimos va xabarlar; 6. Qo‘shbegining javoblari; 7. Siyosiy agentlik bilan 
yozishmalari; 8. Biletlar, ma’lumotnomalar, guvohnomalar; 9. Telegrammalar, 
gazetalar va jurnallar; 10. Har xil qog‘ozlar; 11. Siyosiy agentlik bilan olib borilgan 
muhim yozishmalar; 12. Amirning shaxsiy hujjatlari; 13. Amirning siyosiy 
ma’ruzalari; 14. Amirning iqtisodiy ma’ruzalari; 15. Maxfiy ma’lumotlar; 16. 
Qo‘shbegining Rossiya siyosiy agentligi amaldorlari bilan ba’zi yozishmalariga 
ajratilgan. 
Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun 1933-yil 22-avgustda A.S. Amirov 
arab tili va amir devonxonasi ishi xususiyatini yaxshi bilgan sobiq amir amaldorlari: 
Qori Ahmad Muhammedov va Ibrohim Xalilovlarni amirlik hujjatlarini guruhlarga 
bo‘lib tartibga keltirish va ro‘yxatlari (opis)ni tuzish uchun ishga taklif etadi. 
Mutaxassislar hujjatlarni aksariyatida sana bo‘lmaganligi sababli ularni guruhlashda 
xronologik tartibdan voz kechish hamda qog‘oz shakli har xil bo‘lgan (ba’zi hujjatlar 
bir necha metrlik o‘ramlardan iborat)ligi uchun muqovalarga joylashtirmaslikka 
qaror qiladi. Arxiv saqlov birligi sifatida kanop bilan bog‘langan har xil 
bog‘lamlarni qabul qilishga kelishib olingan edi. Hujjatlarni tartibga keltirish 1934- 
yilning 14-mayida yakunlanib, hammasi bo‘lib ro‘yxatga kiritilgan 77 764 ta hujjat 
54 mavzuga va 268 ta bog‘lamga ajratilgan. 
Dastlab, 1938-yillarda Buxoro amirligi qo‘shbegisi arxivining bir qism 
hujjatlari Qori Ahmad Muhammedov va Ibrohim Xalilovlar tomonidan tuzilgan 
ro‘yxatlar bilan Toshkentga O‘zSSR Markaziy Davlat Tarix arxiviga yuboriladi. 
Arxivida amirlik hujjatlariga tuzilgan ro‘yxatlardan foydalanishda anchagina 


39 
qiyinchiliklarga duch kelingan. Yuqorida qayd etilganidek, muzeyda saqlov birligi 
sifatida butun bog‘lam olingan bo‘lib, ularning ichida tadqiqotchilarga mavzu 
bo‘yicha tegishli hujjatlarni qidirib topishda jiddiy qiyinchiliklar tug‘dirar edi. 
Arxivda olib borilgan uzoq muhokamalar va sharqshunoslarning maslahatlari 
bilan 1955-yilning mayida O‘zSSR Ichki ishlar ministrligi Arxiv bo‘limi huzurida 
faoliyat yuritgan Ilmiy kengash majlisi qaroriga asosan har bir hujjat annotasiyasini 
tuzish ishlari boshlangan edi.

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin