Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019


Qo‘qon xonligida arxiv ishi tarixi



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/68
tarix02.05.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#106091
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   68
ozbekistonda arxiv ishi tarixi-1

3. Qo‘qon xonligida arxiv ishi tarixi. 1875-yilda Qo‘qon protektoratida 
Xudoyorxon tomonidan o‘limga hukm qilingan Musulmonqulning o‘g‘li 
Abdurahmon oftobachi tomonidan katta qo‘zg‘olon uyushtirildi. Xudoyorxon 
Farg‘ona vodiysi va uning atrofida Rossiyaga qarshi bo‘lgan g‘azovotga qarshi 
chiqolmay qochib ketgach uning o‘rnini katta o‘g‘li Nasriddin egalladi. M.D. 
Skobelov (1843-82) Mahram qalasida bo‘lgan 50000 qo‘qonliklarni yengdi. 
Farg‘ona vodiysining Sharqiy qismida uyushtirilgan qipchoq va qirg‘iz 
qo‘zg‘olonlarini ham bostirda va Andijon, Namangan, Marg‘ilon va Qo‘qon ustidan 
Rossiya nazoratini mustahkamladi. 1876-yil 19-fevralda xonlik tugatilib, uning 
o‘rniga Farg‘ona viloyati tuzildi. 
XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoda olib 
borgan istilochilik yurishlari natijasida Qo‘qon xonligi 1876-yil bosib olindi hamda 
Buxoro va Xiva davlatlaridan farqli ravishda davlat sifatida butunlay tugatildi. 
Shundan so‘ng mustamlakachi ma’murlar xonlikdagi barcha boyliklar, asoru-
atiqalar qatorida noyob asarlar, arxiv hujjatlarini markazga jo‘natish chorasini 
ko‘rdilar. Qo‘qon xonlari arxivi ham 1876-yil noyabr oyida general-gubernator K.P. 
Kaufman buyrug‘i bilan sharqshunos A. Kun tomonidan Peterburg shahridagi 
Imperator kutubxonasiga jo‘natilgan. Arxivdagi hujjatlarning asosiy qismi 1866-
1875 yillarga oid bo‘lib, umumiy hajmi 5026 varaq va 151 daftardan iborat 
qo‘lyozma hujjatlar topilgan. Ularda xonlikning inoyatnomalari – soliqlardan ozod 
qilish yoki imtiyoz berish; muboraknomalari – xon xizmatchilarini tayinlash, aholini 
hashar ishlariga jalb qilish va bir qancha ijtimoiy-iqtisodiy ma’lumotlar mavjud. 
Saqlanib qolgan 151 ta daftarda soliq yig‘uvchilarning yozuvlari, hisobotlari, xon 


40 
saroyidagi sarf-xarajatlar va boshqa yozuvlar o‘z aksini topgan bo‘lib, xonlikning 
iqtisodiy tarixini yoritishda muhim manba hisoblanadi. 
XVIII – XIX asrlarda Qo‘qon xonligining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va 
madaniy hayotini yoritishda tarixiy asarlar, manbalar bilan bir qatorda arxiv 
hujjatlari: kirim-chiqim daftarlari, muboraknomalar, vaqfnomalar, pattalar, 
nasabnomalarning o‘rni beqiyosdir. 
XIX asrda Qo‘qon xonligida keng tarqalgan hujjatlardan biri “patta”lardir. 
Pattada ma’lum kishiga muayyan miqdordagi pul, maxsulot, urug‘ (don) yoki 
boshqa narsalarni berish lozimligi haqida ma’lumot aks ettirilgan. Patta matnlarida 
ham o‘ziga xos doimiy va muayyan tarkib va nutqiy qolib borki, bu ham o‘zbek 
(turkiy) hujjatchiligi uzoq tarixiy tajriba va tadrijiy takomil maxsuli ekanligining 
dalilidir. 
Qo‘qon xonlari arxivi P.P.Ivanov tomonidan Xiva xonlari arxivi bilan bir 
vaqtda topilgan bo‘lishiga qaramay, ilmiy jihatdan o‘rganilmagan edi. Hujjatlarning 
dastlabki tafsiloti 1968-yilda sharqshunos olim A.L. Troitskaya tomonidan “Qo‘qon 
xonlari arxivi katalogi” nomi bilan chop qilingan. 
Qo‘qon xonlari arxivi ham 1962-yilda 3 800 yig‘majild tartibida 
mamlakatimizga olib kelingan va hozirda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
Davlat arxivida saqlanmoqda. 
Qo‘qon va Xiva xonligiga oid hujjatlarni to‘plagan sharqshunos olim A.L. 
Kunning kolleksiyasi ham diqqatga sazovordir. Bugungi kunda A. Kunning hayoti 
va faoliyatiga oid hujjatlar Sankt-Peterburgda, Sharq qo‘yozmalari institudagi 
shaxsiy arxivida saqlanadi. 33-raqam ostidagi mazkur jamg‘armada 300 dan ortiq 
yig‘ma jild mavjud bo‘lib, ularning aksariyati A. Kun tarafidan yig‘ilgan Markaziy 
Osiyo xalqlari ijtimoiy-iqtisodiy tarixi hamda etnografiyasiga oid materiallardan 
iborat. 
Kun kolleksiyasidagi hujjatlar tarkibi haqida kengroq tasavvurga ega bo‘lish 
uchun quyida hujjatlar mazmuniga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. 
Yorliqlar. Kun kolleksiyasida esa bu turdagi hujjatlar taxminan 1 ta chala 
ko‘chirilgani bilan birga 60 tani (ular matnda Yorliq, nishon, inoyatnoma shaklida 


41 
tilga olingan) tashkil etadi. Eng qadimgisi 938/1531-32 yilda shayboniy Abu 
Sa’idxon (1531-1534) tarafidan, eng oxirgi 2 ta hujjat 1280 yil rabi’ ul-avvalda 
(1863 yil avg-sent.) Qo‘qon xoni Sulton Sayidxon (1863-1865) va uning vaziri 
Alimquli amirlashkar tarafidan berilgan. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin