Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/68
tarix02.05.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#106091
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   68
ozbekistonda arxiv ishi tarixi-1

Savol va topshiriqlar 
1.O‘zbekiston SSRda arxiv ishining tashkil etilishi. 
2. Arxivlarni markazlashtirish. YADAJ faoliyati.
3. O‘zbekiston SSR arxivlarida ish yuritish. 
4. Sovet ittifoqi boshqaruvi davrida O‘zbekistonda arxiv ishining holati haqida fikr 
yuriting. 
5. O‘zSSR kino-foto-fonohujjatlar Markaziy arxivi tashkil qilinishi xususida 
gapiring?
6. YADAJ faoliyati haqida nima bilasiz? 
7. O‘zbekiston SSRda arxiv tizimining vujudga kelishi haqida fikr yuriting? 
8. Ikkinchi jahon urushi (1941-1945) yillarida O‘zbekistonda arxiv ishining holati 
haqida nima bilasiz? 
9. 1940-yil yanvar oyida sobiq SSSR Fanlar Akademiyasining O‘zbekistondagi 
filiali ochilishi va uning faoliyati haqida fikr yuriting? 
Manba va adabiyotlar
1. Аntonina Burton. Archive Stories. (facts, fictions and the writing of history). 
– London.2005.
2. Алимов И., Эргашев Ф., Бўтаев А. Архившунослик. / Ўқув қўлланма.
Тошкент: Шарқ, 1997.
3. Алимов И.А. Архившунослик. / Ўқув қўлланма. Андижон: Андижон,
2005. 


67 
4. Бобоқулов Б. Архив иши назарияси ва амалиёти. / Ўқув қўлланма. – Т., 
2011.
5. Исакова М, Иофе В. Архившунослик. / Ўқув қўлланма. – Тошкент: 
Чўлпон, 2007.
6. Исакова М. Становление и развитие архивного дела в Узбекистане. – 
Тошкент: Университет, 2012.
7. Исакова М., Хайдаров М. Бошқарувни ахборот (ҳужжатлар) билан 
таъминлаш. / Ўқув қўлланма. – Т., 2012. 
8-Mavzu: O‘zbekiston SSRda arxiv ishining holati 
(1946-1991yy.) 
Reja: 
1. Ikkinchi jahon urushdan keyingi yillarda O‘zbekiston SSRda arxiv ishi. 
2. O‘zbekiston SSRda arxivlarning markazlashuvi. 
1. Ikkinchi jahon urushdan keyingi yillarda O‘zbekiston SSRda arxiv 
ishi. Ikkinchi jahon urushdan keyingi yillarda arxivchilar oldida turgan muhim 
vazifa arxiv materiallarining saqlanish holatini yaxshilash edi. Hujjatlardan 
foydalanishni yaxshilash uchun ko‘rsatgich (putevoditel)lar, ilmiy ro‘yxatlar, 
kataloglar va boshqa axborotnomalar tayyorlash zarur edi. Bu ishlarni amalga 
oshirishdan avval arxivchilar davlat arxivlarida saqlanayotgan tartibsiz arxiv 
fondlarini tartibga soldilar. 19461951-yillarida 280 mingga yaqin saqlov birligi 
tartibga solindi, 150 ming keraksiz, ahamiyatsiz yig‘majildlar yo‘q qilishga ajratildi. 
Shunday qilib, davlat arxivlaridagi hujjatlarning barchasi tartibga solindi. Bu esa, 
arxiv hujjatlaridan foydalanishni osonlashtiradigan ilmiy axborotnomalar tuzish 
ishiga kirishishga imkon berdi. 
Urushdan keyingi yillarda O‘zSSR Markaziy davlat tarix arxivining 
ko‘rsatgichi tayyorlandi va O‘zSSR Oktyabr inqilobi markaziy davlat arxivi 
ko‘rsatgichi ustida ish boshlandi. Bundan tashqari, 10 dan ortiq arxiv fondlarining 
sharhi axborotnomasi tuzildi, tematik sharhlar yozildi. Ayrim muhim arxiv 


68 
fondlarining ro‘yxatlari nashr qilish uchun tayyorlangan edi, lekin e’lon qilinmay 
qoldi. 
Xorijlik arxivshunos olim A.Burton O‘zbekiston SSRda ikkinchi jahon 
urushidan keyingi arxiv hujjatlariga bo‘lgan munosabat haqida fikr yuritar ekan 
jumladan shunday degan edi: “Tarixchilar 1930-yillarda oxir oqibatda milliy 
bo‘linishlarni emas, ijtimoiy tabaqalanishni aks ettiradigan hujjatlarni izlashga 
kirishdilar. 1937-yilgacha Stalin Rossiya imperiyasining yangi talqinini 
shakllantirdi. Tarixchilar uni jabr sitam etkazuvchi hukumat emas, balki qattiqqo‘l 
hokimiyat deb ta’riflay boshladilar. Go‘yoki Evropaga qaraganda imperiyaning 
ichki sinfi Rossiya hukumronligi ostidagi qatlam holati ancha yaxshilangandek edi. 
Urushdan keyingi davrda ham sovet tarixchilari tarixni qo‘llashda davom etdilar. 
1953-yilda Rossiyaning tarixiy adabiyotlarida "bosib olish" so‘zining o‘rniga 
qo‘llaniladigan "birlashtirish" terminining ahamiyatli tomonlarini muhokama qilina 
boshlandi. Bu kabi ta’riflar jamoatchilikning ko‘ngliga yo‘l topishga imkon yaratdi. 
Sovet Ittifoqi qardosh xalqlari deb nomlanuvchi o‘zbek kommunistik partiyasining 
1-sekretari 1956-yildagi nutqi chor hukumati bosqiniga qarshi o‘zbek-rus 
xalqlarining ittifoqqa kirishi haqida edi. Pravdo Vostoka deb ataluvchi partiya 
gazetasida mazkur mavzu xususida fikr bildirilgan. Bunda ushbu mavzu yuzasidan 
turli konferensiyalarning o’kazish kerakligi ta’kidlangan. Ammo bu masala mahalliy
tarixchilarda noqulayliklar tug‘dirganini ko‘rsatdi. Ma’lum bir o‘zbek tarixchilari 
iqtisodiy o‘sish izchil rivojlanayotgan masalalar xususida va Rossiya tomonidan olib 
borilayotgan ba’zi bir ishlarni ochiqdan-ochiq qoraladilar. Ular mahalliy aholini 
oyoq osti qilishga qarshi ochiqdan-ochiq so‘zga chiqdilar. Arxivlarda saqlanayotgan 
ularning nutqi bugungi taqiqotchilar uchun muhim ahamiyat kasb etadi (Antonina 
Burton. Archive Stories.(facts, fictions and the writing of history). London.2005.
P.51.). 
Urushdan keyingi yillarda fotohujjatlar uchun ham tematik va ismlar 
kataloglari tashkil qilindi. Bu qilingan ishlar davlat arxivlarida saqlanayotgan arxiv 
hujjatlari haqida tadqiqotchilarga to‘laroq axborot olish va ulardan kengroq 
foydalanish uchun imkoniyat ochib berdi. 


69 
Arxiv tashkilotlarining muhim ishlaridan yana biri idoralar arxivlarini tartibga 
solish va hujjatlarni ehtiyot qilib saqlashni tashkil etish edi. Bu ishda O‘zSSR 
Ministrlar Sovetining 1949-yil 13-yanvardagi davlat va idoraviy arxivlar ishini 
yaxshilash to‘g‘risidagi qarori muhim ahamiyat kasb etdi. Bu qaror e’lon 
qilingandan keyin ko‘plab tashkilotlar arxivlari uchun maxsus binolar ajratdilar,
arxivlarini tartibga soldilar. 1951-1954-yillari Toshkentda 378 tashkilot arxivlari 
tartibga solindi. 
Idoralar arxiv ishlarini yaxshilash uchun bir necha metodik qo‘llanma 
tayyorlandi. Masalan, «Tashkilotlarda arxiv hujjatlarining ekspertizasini o‘tkazish 
uchun esdalik», «Idoralar arxivlari ishini nazorat qilish uchun ko‘rsatmalar», 
«Ministrliklar arxivlari ishini rejalashtirish va hisobot qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar» 
shular jumlasidandir. 
1963-yil 14-oktyabrda O‘zSSR Ministrlar Soveti «O‘zSSRda arxiv ishini 
yaxshilash tadbirlari to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Bu qaror idoraviy arxivlar, ya’ni 
tashkilotlar arxivlari ishini yaxshilashda muhim rol o‘ynadi. Unga ko‘ra idora 
arxivlarini yaqin 2-3 yil ichida tartibga solishni tugatish, doimiy saqlanadigan 
hujjatlarni davlat arxivlariga topshirish, arxivlarning o‘zini esa, hujjatlarini 
beshikast saqlashga yaraydigan binolarga joylashtirish va ularni malakali kadrlar 
bilan ta’minlash keng yo‘lga qo‘yildi. 
Davlat arxivlari tashkilotlar arxivlari ishini nazorat qilishni kuchaytirdilar. Shu 
bilan birga, ularga yordam berishga katta e’tibor qaratdilar. Bu ishlar natijasida 
respublikada 1964-yili 1809 tashkilotda, 1965-yili 1759 tashkilotda arxiv hujjatlari 
tartibga solindi. 
Idoraviy arxivlar bilan bir qatorda tashkilotlarda ish yuritish ishini yaxshilashga 
ham katta e’tibor berildi. Davlat arxivlari idoralarda ish yuritishni yaxshilashga 
yaqindan yordam berishdi. 1959-yili Toshkent shahrida birinchi bor ish yuritish 
kursi ochilib, kotiba va ish yurituvchilar malakasi oshirildi. Keyingi yillarda bunday 
tadbirlar doimiy amalga oshirilib turildi. Bu masalaga oid har xil qo‘llanmalar, 
ko‘rsatmalar ishlab chiqildi. Bu qo‘llanmalar idoraviy arxivlar ishini va ish 
yuritishini yaxshilashga katta hissa qo‘shdi. 


70 
Davlat arxivlari uchun maxsus binolar ham qurildi. 1964-yili O‘zbekiston SSR 
Markaziy Davlat arxiviga yangi bino qurilib foydalanishga topshirildi. 1970-yili 
O‘zSSR kino-foto-fonohujjatlar MDAga maxsus bino qurib berildi. Lekin 
viloyatlarda ko‘p arxivlar eski binolarda faoliyat yuritib kelar, ularda hujjatlarni 
saqlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmagan edi. 
Davlat arxivlari hujjatlarni qabul qilish sohasida ham anchagina ishlar qildi. 
1946-1955-yillarda 600 mingdan ko‘proq saqlov birligidagi hujjatlar vazirliklar, 
idoralar arxivlaridan qabul qilib olindi. Bu sohada joylarda ham ancha tadbirlar 
o‘tkazildi. 1947-yili respublikada 118 tuman va 5 ta shahar arxivida 137 ming saqlov 
birligida yig‘majildlar saqlangan bo‘lsa, 1955-yili 8 shahar va 138 tuman davlat 
arxivlarida 642 ming saqlov birligida hujjatlar saqlangan. 
19461955-yillarda 5 ta hujjatlar to‘plami nashr qilindi. «Frontdan xatlar» 
(1949-yil), «Afg‘onistonda Angliya agressiyasi» (1889-1917-yillar) ana shunday 
hujjatlar to‘plamidir. 
Arxiv hujjatlaridan ilmiy maqsadda foydalanishni yaxshilashda O‘zSSR 
Ministrlar Sovetining 1956-yil 31-martdagi «O‘zSSR Ministrliklari va idoralar arxiv 
materiallarini saqlash usullarini tartibga solish va ulardan foydalanishni yaxshilash 
tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori muhim rol o‘ynadi. Respublika hukumati arxiv 
tashkilotlariga hujjatlardan foydalanishni kengaytirish, hujjatli to‘plamlar, 
ma’lumotnomalar, 
arxiv 
fondlari 
axborotnomalarini 
tayyorlashni 
va 
«O‘zdavlatnashr»ga ularni nashr qilishni topshirdi. 
Bu qaror arxiv tashkilotlarining ilmiy ishlarni, hujjatlarni e’lon qilish borasidagi 
ishlarini jonlantirib yubordi. Bir necha yil ichida 20 ga yaqin hujjatlar to‘plamlari 
nashr qilindi. Shu jumladan Oktyabr to‘ntarishiga oid 2 ta, "bosmachilar" harakatiga 
doir 2 ta, kollektivlashtirishga oid 4 ta, «O‘rta Osiyoni tadqiq qilgan rus olimlari» 
nomli seriyada 4 ta to‘plam tayyorlanib nashr qilindi. 
XX asr 60-yillaridan boshlab mavzular bo‘yicha arxiv hujjatlarining 
kataloglari tayyorlana boshlandi. 1963-1967-yillarda 50 mingdan ortiq kartochka 
yozilgan edi. Markaziy davlat arxivida ilmiy ma’lumotnoma apparati bo‘limi tashkil 
qilinib, bu bo‘lim xodimlari MDAning tizim (sistematik) katalogini tayyorlashga 


71 
kirishdilar. Oldin tuzilgan tematik kartotekalar kartochkalari sistematik katalogiga 
qo‘shildi. Shuningdek, fotohujjatlarga ham 50 ming kartochka tuzildi. Bu kataloglar 
hozirgi kunga qadar to‘ldirib borilmoqda va tadqiqotchilarga hujjatlar qidirish 
ishlarini engillashtirmoqda. 
1960-yili O‘zSSR MDA sovet fondlari ko‘rsatgichi (putevoditel) nashr qilindi. 
1964-yili O‘zSSR kino-foto-fonohujjatlar MDA ko‘rsatgichi e’lon qilindi. Bu 
ko‘rsatgichlar tadqiqotchilarning arxiv materiallaridan foydalanishida juda katta 
qulayliklar yaratdi. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin