Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019


-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/68
tarix02.05.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#106091
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   68
ozbekistonda arxiv ishi tarixi-1

9-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi 
Reja: 
1. O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishining tashkil qilinishi.
2. O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi bo‘yicha qabul qilingan qonun va qonun 
osti me’yoriy hujjatlarning tasnifi. 
3. O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomilashtirish borasida olib borilgan 
ishlar. 
1. O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishining tashkil qilinishi. O‘zbekiston 
Respublikasi hukumati istiqlolga erishgan dastlabki kunlarda nafaqat mamlakat 
balki O‘rta Osiyo mintaqasi tarixini hamda o‘tmishini o‘zida aks ettirgan nodir 
hujjatlar saqlanadigan arxiv muassasalariga katta e’tibor qaratdi. O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Sovetining 1991-yil 31-avgustdagi qaroriga muofiq 1991-yil 1-
sentyabrdan O‘zbekiston SSR Markaziy davlat arxivi O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy davlat arxivi deb qayta nomlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
Davlat arxivi respublika miqiyosidagi muassasa hisoblanib, O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligiga bo‘ysinadi.
1992-yil 6-iyulda MDH davlatlari boshliqlari kelishuviga asosan, arxiv fondlarining 
yaxlitligi va bo‘linmasligi hisobga olinib, davlatlar arxivlarida saqlanuvchi fondlar 
har bir respublika ixtiyorida qoldirildi. 
Arxiv jamg‘armasining bo‘linmaslik tamoyili arxiv hujjat- larining ilmiy 
tashkil etish tamoyili bo‘lib, u arxiv jamg‘armasining yaxlitligini va uning bir 


80 
arxivda saqlanishini talab etadi. Mustaqillik yillaridagi boshqaruv tizimidagi tub 
o‘zgarishlar, xo‘jalik yuritishning yangi uslubi va ko‘rinishlari hamda shakllarining 
paydo bo‘lishi respublika arxivchilari oldiga bir qator vazifalarni qo‘ydi. Davlat va 
nodavlat arxiv fondlarining tashkil topishi munosabati bilan O‘zbekiston
Respublikasi Milliy arxiv fondi (MAF) hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va 
hujjat mulkdorlariga maxsus guvohnomalar berish joriy etildi. Davlat
arxivlarining pulli xizmat ko‘rsatish turlari kengaydi. 
Bozor munosabatlariga o‘tish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirish tufayli qator davlat sanoat korxonalari, transport va qurilish, 
maishiy xizmat va savdo korxonalari xususiylashtirildi, mulkdorlar sinfi 
shakllantirila boshlandi. Nodavlat sanoat, qurilish korxonalari, fermer xo‘jaliklari, 
kasaba uyushmalari, xayriya va boshqa jamg‘armalari, siyosiy partiyalar va 
harakatlar, diniy tashkilotlar arxiv fondlari va arxiv hujjatlari nodavlat arxiv fondini 
tashkil qildi. Davlat va nodavlat arxiv fondlari O‘zbekiston Respublikasi Milliy 
arxiv fondi (O‘zR MAF)ga aylantirildi. 
O‘zR Milliy arxiv fondi hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hujjatlar 
egasiga, tashkilotga maxsus guvohnoma berish joriy etildi. Davlat arxivlarining pulli 
xizmat ko‘rsatishi kengaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tashkilotlarning shaxsiy 
tarkib bo‘yicha hujjatlari saqlanishini ta’minlash maqsadida respublika shaharlari va 
tumanlari hokimliklari tomonidan shaxsiy tarkib buyicha idoralararo arxivlar soni 
kengaytirildi.Bu arxivlar maxsus (byudjetdan tashqari) mablag‘lar hisobiga tashkil 
qilindi. Ular fuqarolarni ijtimoiy - huquqiy so‘rovlarini bajarishda, shahar va 
tumanlarda arxiv ishining umumiy ahvolni yaxshilashda muhim rol o‘ynadi. 
Mustaqillik sharoitida «O‘zarxiv» agentligi tomonidan arxiv ishining asosiy 
yo‘nalishlarini takomillashtirish va rivojlantirishning kompleks dasturlari ishlab 
chiqildi va amalga oshirildi. Bu dasturlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tuzilgan va 
besh yilga mo‘ljallangan: hujjatlarni idoraviy saqlovini ta’minlash, ularning davlat 
hisobi va ilmiy-ma’lumot apparatini takomillashtirish, arxiv hujjatlaridan 
foydalanishni jadallashtirish. 


81 
1996-yilda «O‘zarxiv» agentligi O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini 
2000-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqdi. Bu konsepsiya davlat 
arxiv xizmati faoliyatining metodologik harakat dasturi edi. U jamiyatni va davlatni 
axborot bilan ta’minlashdagi imkoniyatlarni kengaytirish, jamiyatning hujjatli 
yodgorliklarini saqlashdagi rolini orttirishga qaratilgan edi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3-fevraldagi 
«O‘zbekiston Respublikasi arxiv ishini boshqarishni yanada takomillashtirish 
to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra «O‘zbosharxiv» O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi huzuridagi «O‘zarxiv» agentligiga aylantirildi. Joylarda hokimliklar 
arxiv bo‘limlari o‘rniga Arxiv ishi hududiy boshqarmalari tashkil qilindi. Hududiy 
organlarning boshliqlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 
Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishuv bo‘yicha 
«O‘zarxiv» agentligi Bosh direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va 
lavozimdan ozod etiladigan bo‘ldi. Ilgari arxiv bo‘limi mudirlari hokimlar 
tomonidan tayinlanardi va ozod qilinardi. 
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda arxiv sohasida va arxiv hujjatlaridan 
foydalanish bo‘yicha qilinayotgan ishlar xususida A.Burton quyidagilarni keltirib 
o‘tgan. “Tarixni va mavjut qonun tuzilmalarini yaratish maqsadida O‘zbekistonda 
arxivlar qayta ko‘rib chiqildi va undagi terminlar butun dunyo bo‘ylab, Evropa 
imperalizm merosi kabi ko‘plab atamalarga qiyoslab solishtirilib chiqidi. Shu 
o’rinda Kanadalik sudya Adele Perri, Yangi Zellandiyalik konservativ tarixchilar 
Toni Ballantin, Anna Kurtoylar o‘z milliy tarixlarini yaratishda arxiv hujjatlaridagi 
dalillardan foydalanish zarurligini isbotladilar (Antonina Burton.Archive 
Stories.(facts, fictions and the writing of history). - London.2005.-P.48.). 
O‘z ona shahrini tark etganiga ellik yil bo‘lgan muhojir o‘zbek tarixchisi 
Boymirza Hayit ilk bor tashrif buyurgan vaqtida ya’ni 1992-yil yozida o‘zbek 
hokimiyatidagi kuchlarining komunistlarga qarshi harakati boshlandi. O‘zbek 
bosmaxonalarida sovet boshqaruvi to‘g‘risidagi jiddiy qoralashlarni bosmadan 
chiqargan B. Hayit bolsheviklarga nisbatan mahalliy xalq qarshiliklarini aks ettirgan 
arxiv dalillari bilan ishlashni maqsad qilib qo‘ygan edi. Qatag‘on qurbonlari 


82 
muzeyida namoyish etilgan hujjat manbalari, komunistik partiya va KGB arxivlari 
ko‘plab chet elliklarga hamda O‘zbekistonliklarga ma’lum qilindi (Antonina 
Burton.Archive Stories.(facts, fictions and the writing of history). - London.2005.-
P.48.). 
Mustaqillik sharoitida O‘zR MAF hujjatlaridan g‘oyaviy, ijtimoiy-
madaniy, o‘quv-pedagogik, tarbiyaviy maqsadlarda, shuningdek fuqarolarning 
ijtimoiy-huquqiy talablarini qondirish uchun foydalanish ancha faollashdi. Natijada 
respublika, viloyatlar, shaharlar, tumanlar tarixiga oid, ayrim tarixiy shaxslar hayoti 
va faoliyati bilan bog‘liq mazmunli maqolalar arxiv hujjatlari asosida nashr etildi. 
Mustaqillik sharoitida arxiv ishini boshqaruv davlat organi O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "O‘zarxiv" agentligi hisoblanadi. 
Uning tizimiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri 
hududiy boshqarmalari, ularning qaramog‘idagi davlat arxivlari (ularning filiallari) 
hamda Markaziy davlat arxivlari kiradi. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin