83
asosan ushbu qonun o‘z kuchini yo‘qotdi hamda bu sohada yangi qonun qabul
qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2010-yil 15-iyundagi
“Arxiv ishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (N 252-sonli) ni
qabul qilindi. “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 6
bob, 36 moddadan iborat. Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2010-yil 16-
iyundagi 119-soni orqali matbuotda e’lon qilindi.
Sohaga oid qarorlar. O‘zbekistonda arxiv ishini takomillashtirish borasida
bir qancha qarorlar qabul qilingan.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining
1999-yil
15-apreldagi
“Arxivlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida 769-1-sonli Qarori; O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktyabrdagi (N482-sonli)
“Arxiv ishi bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 29-yanvardagi № 191-sonli
“O‘zbekistondan chet elga olib ketilgan hamda xalq boyligi bo‘lgan arxiv
hujjatlarini qaytarib olib kelish bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi
huzuridagi maxsus komissiya to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3-fevraldagi № 49-
sonli “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini boshqarishni yanada
takomillashtirish to‘risida”gi Qarori; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2006-yil 6-iyundagi №131-sonli “Arxiv ishi bo‘yicha
me’yoriyhujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 1999 yil 30 oktyabrdagi 482- son
qaroriga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi Qarori; O‘zbekiston Respublikasi Adliya
vazirligi tomonidan 2007-yil 2-iyunda № 1685-son bilan ro‘yxatga
olingan
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boqaruvining 2007- yil 14- aprel № 11/3-
son Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi banklarida elektron arxiv
ishlarini yuritish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomani tasdiqlash haqida” (2007 yil 12
iyundan kuchga kirgan) gi Qarori; O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
tomonidan 2007-yil 13-avgustda № 1703- son bilan ro‘yxatga oligan O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining huzuridagi “O‘zarxiv”
agentligi bosh
direktorining 2007-yil 17-iyul № 18-sonli buyrug‘iga asosan “Axborot
84
resurslarining arxiv nusxalarini yaratish va ularni davlat saqloviga topshirish tartibi
bo‘yicha Yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori; O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2008-yil 21-avgustdagi PQ-949-sonli “Koreya Respublikasi
Hukumatining grant mablag‘larini jalb etgan holda O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy davlat arxivlarini rekonstruksiya
qilish hamda ularni texnik
modernizatsiyalash chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 26-avgustdagi №194-sonli “O‘zbekiston
Respublikasida arxiv ishini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi Qarorlarni ta’kidlab o‘tish joiz.
Dostları ilə paylaş: