65
Lekin keyingi yillarda hujjatlarni davlat arxiviga qabul qilish kamaydi. Arxivlarda
hujjatlarni qabul qilish va saqlashga joy yetishmas edi. 1944-1945-yillarda
davlat
arxivlariga bor-yo‘g‘i 48 ming saqlov birligi qabul qilindi.
1942-yil noyabrda Toshkent shahrida O‘rta Osiyo va Qozog‘iston
respublikalari arxiv xodimlarining kengashi bo‘lib o‘tdi. Qabul qilingan qarorda bu
respublikalar arxiv idoralarining hujjatlarni ehtiyot qilishni ta’minlash, tartibga
solish va ulardan urush manfaatlari yo‘lida foydalanishda katta yutuqlarga erishgani
etirof etildi. Shu bilan birga O‘zbekiston SSR arxiv idoralari ishida ayrim
kamchiliklar mavjudligi ko‘rsatib o‘tildi. Shuningdek,
tuman davlat arxivlari
inqirozga uchraganligi, zaiflashganligi, markaziy arxivlarda ishchilarning,
arxivchilarning etishmasligi, O‘zSSRda kino-foto-fonohujjatlar davlat arxivi tashkil
etilmaganligi ko‘rsatib o‘tildi. Kengash arxiv hujjatlarini ehtiyot qilish choralarini
ko‘rish, ilmiy va tashviqot maqsadlariga hujjatlardan
keng foydalanishni tashkil
etish zarurligi ta’kidlandi.
1941-yili O‘zSSR tarkibida Andijon, Namangan, Surxandaryo va keyinroq,
1943-yili Qashqadaryo viloyatlari tashkil etilishi munosabati bilan viloyat Ichki
Ishlar Xalq Komissarligi (IIXK) boshqarmasida arxiv bo‘linmalari va viloyat davlat
arxivlari tashkil qilindi.
Urush davrining qiyinchiliklariga qaramay, respublika hukumati arxiv ishini
yaxshilash sohasida ancha ishlarni amalga oshirdi. O‘zbekiston SSR XKSning 1943-
yil 18-fevral qarori bilan O‘zSSR kino-foto-fonohujjatlar Markaziy arxivi tashkil
qilindi. Yangi tashkil qilingan kino-foto-fonohujjatlar Markaziy davlat arxivi 1944
–
1945-yillarda 15 mingdan ortiq fotohujjatlarni qabul qildi.
Urush sharoitida davlat arxivlari tartibga solinmagan arxivlarni,
asosan
frontga jo‘natilgan harbiy qismlar arxivlarini qabul qilishga majbur bo‘ldilar. Davlat
arxivlarining asosiy vazifalaridan biri tartibga solinmagan arxiv jamg‘armalarini
tartibga solish edi. Respublika davlat arxivlarida 1941-yili 100 ming, 1944-1945-
yillarda esa 136 ming saqlov birligidagi hujjat tartibga solindi.
Arxiv hujjatlaridan foydalanish sohasida ham bir qator ishlar qilindi. Xalq
xo‘jaligi maqsadida foydalanish uchun ko‘p hujjatlar topilib, tegishli tashkilotlarga
66
yuborildi. Bu hujjatlardan foydalanish tashkilotlarga ancha iqtisodiy samara keltirdi.
Arxiv tashkilotlari “Frontga xatlar” va boshqa bir necha hujjatlar to‘plamlarini
tayyorlashga kirishdilar. Arxivchilar tomonidan arxiv hujjatlari asosida yozilgan
maqolalar gazeta va jurnallarda e’lon qilinib turildi. Arxiv o‘qish xonalarida bir
necha yuzlab tadqiqotchilar ilmish ishlari uchun arxiv hujjatlaridan foydalandilar.
Shunday qilib, arxivchilar urush davrida ham faol mehnat qilishdi. Arxiv
hujjatlarini
ehtiyot qilib saqlash, hujjatlarni qabul qilish, tartibga solish, ulardan
foydalanishni tashkil etish sohasida samarali ish olib borildi.
Dostları ilə paylaş: