Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019


Arxivlarni markazlashtirish. Yagona davlat arxiv fondi (YADAF)



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/68
tarix02.05.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#106091
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   68
ozbekistonda arxiv ishi tarixi-1

2. Arxivlarni markazlashtirish. Yagona davlat arxiv fondi (YADAF) 
faoliyati. 1917-yilgi oktyabr voqealariga qadar hujjatlar har bir idorada va 
tashkilotning o‘zida saqlangan. Arxivlar tarqoq holda bo‘lib, hujjatlar bir joyda 
yig‘ilmagan, markazlashmagan edi. Hukumat manbalarini saqlash va ulardan har 
tomonlama foydalanish maqsadida RSFSR Xalq Komissarlari Sovetining 1918-yil 
1-iyunda “RSFSRda arxiv ishini qayta qurish va markazlashtirish haqida” deb 
atalgan dekreti e’lon qilindi. Shu chiqarilgan dekretga asosan RSFSRda Davlat arxiv 
fondi (DAF) tashkil etildi. Keyinchalik bu DAF tarkibiga inqilobgacha bo‘lgan davr 
va inqilobdan keyingi barcha sovet tashkilotlari faoliyati, muassasalar va ayrim 
shaxslar, shuningdek tarixiy yozma yodgorliklar, huquq, san’at, adabiyot va SSSR 
xalqlarining maishiy, ma’naviy madaniyati, kino foto hujjat fondlari kinofilm 
negativlari, fotosuratlari, ularni to‘latuvchi pozetivlar, grammafon, potifon, 
plastinkalari va yozib olingan ovoz materiallari, ilmiy-tarixiy va amaliy ahamiyatga 
ega bo‘lgan: illyustratsiyalar, qo‘l yozma negativlar, shunigdek, ogitatsiya va 
propoganda maqsadida nashr qilingan plakatlar, varaqalar, chaqiriqlar, e’lonlar va 
boshqalar, mikrofoto hujjatlar kiritilgan.
Shundan kelib chiqqan holda Turkiston Avtonom Sovet Respublikasi Markaziy 
Ijroiya Komiteti (MIK) 1919-yil 5-noyabrda “Arxiv ishini qayta qurish va 
markazlashtirish to‘g‘risida” qaror qabul qildi. Bu qarorga asosan 1917-yilga qadar 
bo‘lgan barcha idoraviy arxivlar tugatildi, arxiv hujjatlari Turkiston Avtonom Sovet 
Respublikasining Yagona davlat arxiv fondi (YADAF) ni tashkil qiladi, deb e’lon 
qilindi. YADAFni boshqarish uchun Turkiston Respublikasi Arxiv ishi bosh 
boshqarmasi tashkil qilindi. YADAFga 1917-yil 25-oktyabrgacha bo‘lgan barcha 
hujjatlar topshirilishi kerak edi. 
Yuqorida ta’kidlangan qarorda arxiv hujjatlarini yo‘q qilish tartibi o‘rnatildi. 
Davlat idoralari Arxiv ishi bosh boshqarmasi ruxsatisiz o‘z hujjatlarini yo‘q qilish 
huquqiga ega emas, deb ko‘rsatilgan. Sovet idoralarida tashkil bo‘lgan hujjatlar 
YADAFning tarkibiy qismi deb qayd qilingan. Bu hujjatlarni arxiv ishi bosh 


54 
boshqarmasiga nazorat qilib turish topshirilgan. Bu boshqarma Maorif xalq 
komissarligi huzurida tashkil qilingan. 
YADAF 8 ta seksiya va 4 ta bo‘limdan iborat edi. Bo‘limlar quyidagilardan 
iborat bo‘lgan: 
1-bo‘lim. Ma’muriy-diplomatik (yuridik seksiyalarni birlashtiradi); 
2-bo‘lim. Harbiy seksiya; 
3-bo‘lim. Maorif va iqtisodiyot seksiyalari; 
4-bo‘lim. Tarixiy-inqilobiy, Sharq va matbuot seksiyalaridan iborat bo‘lgan. 
Davlat arxivi fondiga faqat 1917-yildan oldingi tashkilotlar arxiv hujjatlarigina 
emas, balki sovet tashkilotlari arxiv hujjatlari ham qabul qilingan. Tashkilotlarda 
hujjatlar 5 yil saqlanishi va keyin davlat arxiviga topshirilishi belgilangan.
Shu davrdan boshlab YADAF tarkibidagi arxiv hujjatlari ekspertiza qilinib, 
doimiy saqlash uchun ajratilgan hujjatlar tartibga solindi va ro‘yxatlashtirildi. 1920-
1922-yillarda YADAFda 150 mingga yaqin hujjatlar ro‘yxatga olingan. 1924-yilga 
kelib butun saqlanayotgan arxiv materiallarining uchdan bir qismi tartibga solingan 
edi. 
Shunday qilib, arxiv hujjatlarini tartibga solish, ulardan ilmiy va amaliy 
maqsadda foydalanish imkoni berildi. Arxivning ilmiy xodimlari bir necha ilmiy 
ishlar tayyorlashdi. Masalan, A.A. Galperin “1918 yil martda Kolesovning 
Buxoroga yurishi” asarini yozgan edi. 
Arxiv ma’lumotlarini bosmadan chiqarish say-harakatlari 1922-yilda “Qizil 
arxiv” deb nomlanuvchi jurnalning nashr qilinishi bilan boshlangan. Uning birinchi 
galdagi vazifasi hech qanday yashirin sirning yo‘qligini ko‘rsatish edi. Jurnalda 
imperiyadagi mavjut korrupsiya va tengsizliklarni takidlaydigan izohlar bilan 
birgalikda chor Rossiyasi hujjatlari ham nashr qilingan. Ba’zi maqollalar esa 
masxara qilish uchun nashr qilingan. O‘rta Osiyo qo‘zg‘olonining yigirma yilligiga 
bag‘ishlangan, 1936-yilda nashr qilingan maqolada Farg‘ona viloyat harbiy 
gubernatori general-letenant Gippiusning tartibsizliklarni bostirish yo‘lidagi say-
harakatlari aks ettirilgan (Antonina Burton. Archive Stories.(facts, fictions and the 
writing of history). – London.2005.–R.-50.). 


55 
1920-1924-yillarda Turkistonda metodik qo‘llanmalar ham yozildi. Masalan, 
arxiv fondlarini bayon qilish, tashkilotlarda joriy arxivlar ishlarini olib borish tartibi, 
joriy arxivlarni nazorat qilish va hisobga olish, hujjatlarni ajratish hamda yo‘q qilish 
to‘g‘risida yo‘riqnomalar tuzildi. Shunday qilib, oktyabr to‘ntarishidan keyingi 
dastlabki yillarda Turkiston arxivchilari respublika markazlashgan arxivni tashkil 
qilish uchun bor kuchlarini ayamadilar. Arxiv hujjatlarini tashish uchun transport va 
mablag‘ bo‘lmagan hollarda ularni arxivchilarning o‘zlari tashidilar, saqlab qolish 
uchun qo‘ldan kelgan barcha choralarni ko‘rdilar. O‘sha yillar og‘ir yillar bo‘lib, 
maoshlar yarim yillab berilmas edi. Lekin arxivchilar isitilmaydigan sovuq 
xonalarda, och holda ishlasalar ham ishni tashlamay davom ettirganlar. 
Turkiston Avtonom Sovet Respublikasining arxiv hodimlari oktyabr 
to‘ntarishidan oldingi tashkilotlarning, ya’ni Turkiston general-gubernatorligi 
tashkilotlarining arxivlarini saqlab qolish uchun katta ishlarni bajardilar. Yagona 
davlat arxiv fondining tashkil etilishi natijasida arxiv hujjatlarini yig‘ish bilan 
birgalikda ularni tartibga solish, bayon qilish, ulardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish 
bo‘yicha ham ko‘pgina ishlar amalga oshirildi.

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin