80
arxivda saqlanishini talab etadi. Mustaqillik yillaridagi boshqaruv tizimidagi tub
o‘zgarishlar, xo‘jalik yuritishning yangi uslubi va ko‘rinishlari hamda
shakllarining
paydo bo‘lishi respublika arxivchilari oldiga bir qator vazifalarni qo‘ydi. Davlat va
nodavlat arxiv fondlarining tashkil topishi munosabati bilan O‘zbekiston
Respublikasi Milliy arxiv fondi (MAF) hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va
hujjat mulkdorlariga maxsus guvohnomalar berish joriy etildi. Davlat
arxivlarining pulli xizmat ko‘rsatish turlari kengaydi.
Bozor munosabatlariga o‘tish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish tufayli qator davlat sanoat korxonalari, transport va qurilish,
maishiy xizmat va savdo
korxonalari xususiylashtirildi, mulkdorlar sinfi
shakllantirila boshlandi. Nodavlat sanoat, qurilish korxonalari, fermer xo‘jaliklari,
kasaba uyushmalari, xayriya va boshqa jamg‘armalari, siyosiy partiyalar va
harakatlar, diniy tashkilotlar arxiv fondlari va arxiv hujjatlari nodavlat arxiv fondini
tashkil qildi. Davlat va nodavlat arxiv fondlari O‘zbekiston Respublikasi Milliy
arxiv fondi (O‘zR MAF)ga aylantirildi.
O‘zR Milliy arxiv fondi hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hujjatlar
egasiga, tashkilotga maxsus guvohnoma berish joriy etildi. Davlat arxivlarining pulli
xizmat ko‘rsatishi kengaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tashkilotlarning shaxsiy
tarkib bo‘yicha hujjatlari saqlanishini ta’minlash maqsadida respublika shaharlari va
tumanlari hokimliklari tomonidan shaxsiy tarkib buyicha idoralararo arxivlar soni
kengaytirildi.Bu arxivlar maxsus (byudjetdan tashqari) mablag‘lar hisobiga tashkil
qilindi.
Ular fuqarolarni ijtimoiy - huquqiy so‘rovlarini bajarishda, shahar va
tumanlarda arxiv ishining umumiy ahvolni yaxshilashda muhim rol o‘ynadi.
Mustaqillik sharoitida «O‘zarxiv» agentligi tomonidan arxiv ishining asosiy
yo‘nalishlarini takomillashtirish va rivojlantirishning kompleks dasturlari ishlab
chiqildi va amalga oshirildi. Bu dasturlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tuzilgan va
besh yilga mo‘ljallangan: hujjatlarni idoraviy saqlovini ta’minlash, ularning davlat
hisobi va ilmiy-ma’lumot
apparatini takomillashtirish, arxiv hujjatlaridan
foydalanishni jadallashtirish.
81
1996-yilda «O‘zarxiv» agentligi O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini
2000-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqdi. Bu konsepsiya davlat
arxiv xizmati faoliyatining metodologik harakat dasturi edi. U jamiyatni va davlatni
axborot bilan ta’minlashdagi imkoniyatlarni kengaytirish,
jamiyatning hujjatli
yodgorliklarini saqlashdagi rolini orttirishga qaratilgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3-fevraldagi
«O‘zbekiston Respublikasi arxiv ishini boshqarishni yanada takomillashtirish
to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra «O‘zbosharxiv» O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi «O‘zarxiv» agentligiga aylantirildi. Joylarda hokimliklar
arxiv bo‘limlari o‘rniga Arxiv ishi hududiy boshqarmalari tashkil qilindi. Hududiy
organlarning boshliqlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining
Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishuv bo‘yicha
«O‘zarxiv» agentligi Bosh direktori tomonidan
lavozimga tayinlanadigan va
lavozimdan ozod etiladigan bo‘ldi. Ilgari arxiv bo‘limi mudirlari hokimlar
tomonidan tayinlanardi va ozod qilinardi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda arxiv sohasida va arxiv hujjatlaridan
foydalanish bo‘yicha qilinayotgan ishlar xususida A.Burton quyidagilarni keltirib
o‘tgan. “Tarixni va mavjut qonun tuzilmalarini yaratish maqsadida O‘zbekistonda
arxivlar qayta ko‘rib chiqildi va undagi terminlar butun dunyo bo‘ylab, Evropa
imperalizm merosi kabi ko‘plab atamalarga qiyoslab solishtirilib chiqidi. Shu
o’rinda Kanadalik sudya Adele Perri, Yangi Zellandiyalik
konservativ tarixchilar
Toni Ballantin, Anna Kurtoylar o‘z milliy tarixlarini yaratishda arxiv hujjatlaridagi
dalillardan foydalanish zarurligini isbotladilar (Antonina Burton.Archive
Stories.(facts, fictions and the writing of history). - London.2005.-P.48.).
O‘z ona shahrini tark etganiga ellik yil bo‘lgan muhojir o‘zbek tarixchisi
Boymirza Hayit ilk bor tashrif buyurgan vaqtida ya’ni 1992-yil yozida o‘zbek
hokimiyatidagi kuchlarining komunistlarga qarshi harakati boshlandi. O‘zbek
bosmaxonalarida sovet boshqaruvi to‘g‘risidagi jiddiy qoralashlarni bosmadan
chiqargan B. Hayit bolsheviklarga nisbatan mahalliy xalq qarshiliklarini aks ettirgan
arxiv dalillari bilan ishlashni maqsad qilib qo‘ygan edi. Qatag‘on qurbonlari
82
muzeyida namoyish etilgan hujjat manbalari, komunistik partiya va KGB arxivlari
ko‘plab chet elliklarga hamda O‘zbekistonliklarga ma’lum qilindi (Antonina
Burton.Archive Stories.(facts, fictions and the writing of history). - London.2005.-
P.48.).
Mustaqillik sharoitida O‘zR MAF hujjatlaridan g‘oyaviy, ijtimoiy-
madaniy, o‘quv-pedagogik,
tarbiyaviy maqsadlarda, shuningdek fuqarolarning
ijtimoiy-huquqiy talablarini qondirish uchun foydalanish ancha faollashdi. Natijada
respublika, viloyatlar, shaharlar, tumanlar tarixiga oid, ayrim tarixiy shaxslar hayoti
va faoliyati bilan bog‘liq mazmunli maqolalar arxiv hujjatlari asosida nashr etildi.
Mustaqillik sharoitida arxiv ishini boshqaruv davlat organi O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "O‘zarxiv" agentligi hisoblanadi.
Uning tizimiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri
hududiy boshqarmalari, ularning qaramog‘idagi davlat arxivlari (ularning filiallari)
hamda Markaziy davlat arxivlari kiradi.
Dostları ilə paylaş: