109
darajadagi ijro uslubini o‘rgatdi. «Tohir va Zuhra» (1945, rej. N. G‘aniev) filmi xalq
ertaklari asosida yaratiladigan filmlar chegarasini «buzib» o‘tgan holdatarixiy
filmlar yaratishga asos soldi hamda milliy ruhdagi ifodali o‘yin imkoniyatlarining
naqadar kengligini his etishga imkon berdi. Keyinroq yaratilgan «Alisher Navoiy»
(1947, rej. K. Ermatov) filmining yaratilishiga «Tohir va Zuhra» kinosi muhim
poydevor bo‘lib xizmat qildi. Shuningdek, «Boy ila xizmatchi», «Qutlug‘ qon»
(1953, 1957, rej. L. Fayziev), «Shohi so‘zana» (1954, A. Beknazarov) kabi badiiy
asarlar ekranlashtirildi.
O‘zbek kinosila yoshlarda zamon taablariga yangicha qarash shakllandi, eski
qolip va taxminlardan uzoqlashdilar hamda dunyoga shoirona nazar tashlash
imkopiyatlari namoyon bo‘ldi. Shu bilan birga hayot faqat sevish, xursandchilik
qilish, qahvaxonalarda raqsga tushish, chiroyli kiyinishdan iborat deb bilgan
shaharlik yigit va qizlar uchun tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan filmlar ham
o‘zbek ekran san’atiga yangi bir sahifa bo‘lib kirib keldi. Bu rejjisyor E.
Eshmuhamedov ijodida «Nafosat» (1966), «Sevishganlar» (1969) va b.) yaqqol
ko‘zga tashlandi. «Maftuningman» (1958, Y. A’zamov), «Mahallada duv-duv gap»,
«Sen etim emassan», «Qalbingda quyosh». «Toshkent — non shahri» (1960, 1962,
1966, 1967, rej. Sh. Abbosov), «Sinchalak», «Ulug‘bek yulduzi», «Natashaxonim»
(1961, 1965, 1966, rej. L. Fayziev), «O‘tgan kunlar» (1969, rej. Y. A’zamov) va b.
filmlar shular jumlasidan. Urush yillari «Frontdagi do‘stlarga» (rej. K. Yormatov),
«Frontga sovg‘a» (S. Muhamedov, Y. A’zamov), «5 respublika konserti» (A.
Speshnev, 3. Sobitov) kabi badiiy-hujjatli filmlar ishlandi.
Dostları ilə paylaş: