105
Shulardan 19.257 saqlov birligi kinohujjatlar, 238.652 saqlov birligidagisi suratli
hujjatlar, 15.185 saqlov birligidagisi ovozli hujjatlarni tashkil etadi. O‘zR KSOH
MDAda fond va yig‘majild tushunchalari ishlatilmaydi, ya’ni har bir hujjat alohida
saqlov birligida va alohida arxiv raqami bilan hisobga olinadi.
Mustamlaka davr fotoxujjatlarida Turkiston o‘lkasidagi milliy-ozodlik va
inqilobiy harakat (1898, 1905-1907 yillar) ko‘rinishlarini,
Rossiyasi imperiyasi
vakillari tomonidan o‘lkaning boshqaruvi, ularning mahalliy hokimiyat bilan
munosabatlari, sud organlari faoliyati, Qo‘qon xoni va Buxoro amirining xalqaro
munosabatlari va aloqalari, musulmonlar dini va turmush tarzi tasvirlangan.
Fotoxujjatlarda sanoatning rivojlanishi (temir yul ko‘priklarining qurilishi,
sug‘orish kanallari, teri va yog‘ zavodlarining ishlab chiqarish faoliyati,
to‘qimachilik,
ipakchilik fabrikalari, gilam to‘qish hunarmandchiligi, qishloq
xo‘jalik inventari, ko‘mir sanoati va boshqalar) qishloq xo‘jalik ( sodda mexnat
qurollari, erni omoch bilan haydash, qo‘l bilan paxta terish va boshqalar), transport
va aloqalar (vokzal binolarining ko‘rinishlari; Toshkent temir yuli, Toshkentda
Turkiston pochta-telegraf xizmatchilarining I o‘lka s’ezdi) (1917-yil ); savdo-sotiq
(gazlama sotuv do‘konchalari, do‘ppilar,
sopol idishlar, Samarkanddagi Registon
maydonidagi sotuv rastalari; Andijon, Buxorodagi bozorlarning umumiy
ko‘rinishlari va boshqalar) tasvirlangan. Suratlar o‘zida o‘lkadagi sog‘liqni saqlash,
maorif-fanni rivojlanishi; Turkiston ilmiy-tekshirish komissiyasining ishlari,
Samarqanddagi Ulugbek observatoriyasi qazilmalari,
musulmon maktablaridagi
darslar, maktabdagi urf-odatlar, kasallarni eskicha davolash usullari, “o‘qib dam
solish” ko‘cha muzikachilarining chiqishlari va boshqalarni aks ettirgan.
Sho‘rolar davri kino, surat va ovozli hujjatlarida hozirgi O‘zbekiston
Respublikasi hududida sho‘ro hukumatining o‘rnatilishi, Buxoro Xalq Sovet
Respublikasi, Xorazm Xalk Sovet Respublikasi, Turkiston ASSR, O‘zbekiston SSR
dagi davlat hukumati, ushbu respublikalar jamoat tashkilotlarining faoliyati, xalk
xo‘jaligi, fan-texnika , sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, madaniyat va san’at, sport,
xizmatchilarning dam olishi, shuningdek, bu respublikalar vakillari va chet davlat
siyosiy jamoat arboblarining yuqori partiya organlari faoliyatida ishtirok etishi, fan
106
va madaniyat arboblarining O‘zbekistonga tashriflari va o‘z
vakillarining boshqa
respublikalarga safarlarini o‘zida aks ettirilgan.
Badiiy ovozli hujjatlar O‘zbekiston va chet el kompozitorlari asarlari, xalq
musiqalari, she’riy, nasriy va drammatik asarlar, taniqli qo‘shiqchilarning
chiqishlari, xalq ijrochilari, respublika musiqa kollektivlari, jumladan Tamara
Xonim, F.Baratova, M.Turg‘unboeva, N.Axmedova, T.Qodirov, M.Uzokov,
Y.Rajabiy va boshqa ovozli yozuvlardan iborat.
Shuningdek, O‘zbekistonda xotin-qizlar ozodligi uchun harakati (Xujum):
xotin-qizlarni paranjini butunlay yuq qilishga qaratilgan miting va yig‘ilishlari,
savodsizlikka barham berishga qaratilgan kino, suratlar xam mavjud.
Arxivning kino va surat hujjatlari 2-jaxon
urushi davridagi respublika
hayotini, ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining frontdagi qaxramonligi, front orqasida
o‘zbek xalqining etim bolalarni asrab olish, mamlakatga zavod va fabrikalarni
evakuatsiya qilinishi, mexnatkashlarning mitinglari, frontga ko‘ngillilarni kuzatish
va boshqalarni ko‘rish mumkin .
Arxivda urushdan keyingi davrlarda respublika xalq xo‘jaligi tarmoqlari
energetika, yoqilgi sanoati, metallurgiya, mashinasozlik, stanoksozlik, asbobsozlik
sanoati va boshqalar, transport va aloqaning rivojlanishi; O‘zbekistonda qishloq
xo‘jaligining rivojlanishi (qishloq xo‘jaligi ilg‘orlari va ishchilarining s’ezd va
quriltoylari), qo‘riq va bo‘z erlarni o‘zlashtirish qishloq xo‘jaligini
mexanizatsiyalashtirish va kollektivlashtirish, paxtachilik
va chorvachilikni
rivojlantirish) o‘zida tasvirlangan kino, surat hujjatlar mavjud. Ushbu kino, surat
hujjatlar madaniyat qurilishi, fan, sog‘liqni saqlash, san’at, fizkultura va sport
rivojlanishi haqida ham tushuncha beradi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik davri kino,
surat va ovozli hujjatlari
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining e’lon qilinishi, demokratik jamiyat
qurilishi, davlat boshqaruvining yangi tizimini vujudga kelishi, markaziy organlari
faoliyatining maqsad va vazifalaring o‘zgarishi, bank tizimining qayta tashkil
etilishi, jaxon tomonidan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining tan olinishi,
chet el mamlakatlari bilan diplomatik aloqalarning o‘rnatilishi, ko‘p