O’yin bola faoliyatining asosiy turi Reja: I. Kirish II. Asosiy qisim I bob. О’yin bola tarbiyasining muhim vositasi


O’yinning mazmuni, mohiyati va unga rahbarlik



Yüklə 45,06 Kb.
səhifə3/7
tarix17.05.2023
ölçüsü45,06 Kb.
#115249
1   2   3   4   5   6   7
1.2. O’yinning mazmuni, mohiyati va unga rahbarlik
Tayyorgarlik davri, o’yinga kirishish, o’yindagi harakatlami muhokama qilish, asosiylarini belgilab olish jarayonlariga bo’linadi. Bu jarayonlar o’yin mazmunini to’laroq ifoda eta olishga, o’zaro iliq munosabatlami o’rnatishda kelishib olishga yordam beradi. o‘yinni rivojlantirish uchun o’yinga qo’yiladigan talablar mazmunini o’zgartirish kerak. o ‘yin vaziyatini tanlash o’yinga rahbarlik qilayotgan pedagogning mahoratiga, qiziqishiga bog’liq. Sujetli-rolli o’yinlar mazmunining o’ziga xos tomonlarini mashhur pedagog va psixologlardan D.B.Elkonin, D.V. Mendjeritskiy, P.E.Samorukova va boshqalar o’z kuzatuvlarida chuqur o’rganganlar. Sujet o’yin faoliyatida asosiy komponent bo’lib, u personajni, hayotiy vaziyatni, harakat va personajlar munosabatini o’z ichiga 61 oladi. Sujetli-rolli o’yinlar o’z mazmun va mohiyatiga ko’ra jamoa o’yini bo’lib hisoblansa-da, yakka holda o’ynalmaydi degan fikmi keltirib chiqarmasligi kerak. Sujetli-rolli o’yinlar bolaning aqliy, axloqiy, jismoniy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etib, bunda bola ehtiyoji va malakasi tarbiyalanib, shakllanib boradi. Sujetli-rolli o’yinlarga rahbarlik qilish quyidagi asosiy bosqichlarda amalga oshiriladi.
1-bosqich. Bolalarning qiziqishlarini, ulardagi sujetli o’yinlar rivojlanishi darajasini o’rganishning asosiy vositasi quyidagilar:
— bolalar o’yinlarini kuzatish;
— o’yin rivojining asosiy yo’nalishlari, o’yin mavzusi, o’yin mazmuni, bola o’yin faoliyatining rivoji, o’yinda o’zaro munosabatlarning rivojlanishi bo’yicha tavsifnoma tuzish;
— o’yinga rahbarlik maqsadini aniqlash.
2-bosqich. Kattalarning o’yin mavzuyi va mazmuniga ta’sir etishi:
— o’yin mavzuyi bo’yicha sayohat va maqsadli sayrlar uyushtirish;
— suhbatlar o’tkazish;
— badiiy asarlar va hikoyalar o’qib berish;
— illustrativ rasmlar ko’rsatish;
— mavzu bo’yicha turli mashg’ulotlar;
— tasviriy faoliyat mashg’ulotlari o’tkazish.
3-bosqich. o ‘yinga tayyorgarlik (o’yin o’ynash uchun maxsus joy, o’yinchoqlar va o’yin materiallari):
— tayyor o’yinchoqlarni tanlash;
— qo’lda yasalgan o’yinchoqlar. Bunda bolalarning mustaqil shug’ullanishlari uchun o’yin zonasini tashkil etish.

Yüklə 45,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin