Kurs ishining maqsadi: O’yin bola hayotining asosiy turini oʻrganish.
Kurs ishining vazifalari: 1. Maktabgacha yoshdagi bolalarga qoidali o‘yinlar talim berish shakli pedagogik muammo ekanligini nazariy jihatdan asoslash.
2. Qoidali o‘yinlar bolalarga talim berish shakli mazmunini ishlab chiqish.
3. Qoidali o‘yinlar bolalarga talim berish shakli koʻnikmalariga qoʻyilgan talabalar va rioya qilish usullarini ishlab chiqish va tajribada tekshirish.
Kurs ishi obyekti:Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani 50-sonli Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti.
Kurs ishi predmeti: Qoidali o‘yinlar bolalarga talim berish shakli o‘ziga xosligining mazmuni.
Kurs ishi metodlari: ishimizni tayyorlashda quyidagi metodlardan foydalandik.
1) Kuzatish
2) Suhbat.
3) Savol javob.
4) Tajriba
Kurs ishining amaliy va ilmiy ahamiyati: Ushbu ishimizda, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim tizimi konsepsiyasi mohiyatini va uning ahamiyatini o`rganib chiqamiz va tahlil qilib ma`lumotlar yig`amiz. To`plangan ma`lumotlardan ertangi kunda tarbiyachilar va bo‘lajak mudiralar foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
Kurs ishi tuzilishi. Kurs ishi kirish, ikki bob, to‘rtta paragraf, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat.
I BOB. О’yin bola tarbiyasining muhim vositasi 1.1. O’yin nazariyasining asosiy masalalari Jamiyatning ma’naviy takomili unda amalga oshiriladigan ta’lim tarbiya ishlarining mazmuni, shakl va mohiyatiga bog’liqdir. Shu boisdan ham ta’limdagi yangilanishni, respublikamizda amalga oshirilayotgan bosqichma-bosqich ta’lim tizimini pedagogik talqin qilish, bu jarayonni samarali kechishini ta’minlash zaruriyati yuzaga keladi. Ma’lumki, bolalarning asosiy vaqti o’yin bilan o’tadi. o‘yin — maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlanishining muhim vositasi, ularning asosiy faoliyati bo’lib hisoblanadi. o ‘yin jarayonida bola shaxsi faoliyat subyekti sifatida shakllana boshlaydi. o ‘yin uzoq davrlardan beri mashhur olimlar, pedagog-psixologlar, faylasuflar, sotsiologlar, etnograflar va madaniyat arboblari diqqatini o’ziga qaratib kelgan. o ‘rta Osiyo madaniyati tarixiga nazar solsak, oilada farzand tarbiyasiga juda katta e’tibor qaratilgan. Mashhur allomalardan Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiylar o’z asarlarida xalqimizga xos bo’lgan farzand tarbiyasi ustida fikr yuritganlar. Xalq pedagogikasini o’rganish davomida olimlarning farzand ta’lim -tarbiyasi va odob-axloqqa oid asarlarida, bolalarni tarbiyalashda tarbiyaviy ishning eng ta’sirchan uslubi — o’yin shaklidan juda keng foydalanilganligini ko’ramiz. o’tmish pedagog olimlaridan P.F. Lesgaft, K.D. Ushinskiy tomonidan o’yin nazariyasi ishlab chiqilgan. o ‘yinning mehnat jarayoni asosida paydo bo’lganligi va uning yosh avlodni mehnat faoliyatiga tayyorlashdagi roli, o’yin mazmunining bola shaxsini shakllantirishdagi ahamiyatini K.D. Ushinskiy asoslab berdi. Rus olimlari san’atning kelib chiqishini tadqiq qilayotganlarida bolalar o’yinlariga e’tibor qiladilar. Ularning fikricha, kishilik tarixida o’yinlar san’at kabi, mehnat paydo bo’lgandan so’ng va uning asosida vujudga kelgan. 57 Jamiyat hayotida mehnat jarayonida bolalar kattalar mehnatiga taqlid qilish orqali o’ynaydilar, xuddi shu o’yin keyinchalik bolalarni mehnat faoliyatiga tayyorlashda muhim bosqich bo’lib hisoblanadi. P.F. Lesgaft «Bola dastlabki o’yinida tevarak-atrofdagi voqeahodisalarga taqlid qiladi, o’yin ijtimoiy voqelikni aks ettiradi», deb izohlagan edi. Buyuk psixolog D.V. Elkonin o’yinning kelib chiqishiga oid yangi g’oyani ilgari suradi. Jamiyatning dastlabki taraqqiyotidayoq bolalarning kattalar hayoti va mehnatida ishtirok etishlari, bolalarning mehnat qilishlari uchun qulay o’yinchoq — mehnat qurollari ishlab chiqilgan. o ‘yinchoq-qurollar paydo bo’lishi natijasida rolli o’yinlar paydo bo’ladi. D.V. Elkonin kattalar mehnatida ishtirok etish orqali bolada mehnat qilishga intilish hissini uyg’otish zarurligi g’oyasini ilgari surgan. Maktabgacha pedagogikada o’yin nazariyasi ijtimoiy faoliyat hisoblanib, mehnatning tarixiy rivojlanish jarayonida paydo bo’- ladi. o ‘yin doimo hayotni aks ettiradi. Shuning uchun uning mazmuni ijtimoiy voqelikda o’zgarib turadi. o’yin — maqsadga qaratilgan o’ylangan jarayondir. o’yin jarayoni asosida o’quv faoliyati rivojlanadi. Bola yoshligida qancha ko’p o’ynasa, bu maktabda yaxshi o’qishiga va keyinchalik mehnat faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. o ‘yinning mohiyati va o’ziga xos xususiyatlari. o ‘yin — buyumli predmetli va ijtimoiy voqelikda harakat qilish va uni anglashga yo’naltirilgan jarayondir. U o’zining kelib chiqish, yo’nalish va mazmuniga ko’ra ijtimoiy voqelik hisoblanadi. o ‘yin, bu — bola faoliyatining yorqin turi. Unda maqsadning mavjudligi, sabablar, amalga oshirish vositalarining rejali harakatlari, natijaning mavjudligi uning o’ziga xosligidir. Xususiyatlarning orasida sabablarning o’ziga xosligi asosiy hisoblanadi. o ‘yin jarayonida bolaning psixik bilish jarayoni, irodasi, hissiyoti, ehtiyoji va qiziqishlari, ta’sirchanligi — uning butun shaxsiyati shakllanadi. Bola o’yinda o’zining bevosita ehtiyoj va qiziqishlaridan kelib chiqadi. Bolalarning o’yinlari o’zining rang-barangligi bilan ajralib turadi. o ‘yin o’z mazmuni va tashkil etilishi, bolalarga ta’sir ko’rsatish darajasi, buyumlarning turlari hamda kelib chiqishiga ko’ra ijodiy va qoidali o’yinlarga bo’linadi. 58 Ijodiy o’yinlar — bolalarning mustaqil, ijodiy, o’zlari o’ylab chiqqan o’yin majmuyi. Bunda bolalar o’z taassurotlari, borliq hayotdagi tushunchalari va unga bo’lgan o’z munosabatlarini aks ettiradi. Ijodiy o’yinlar quyidagi turkumlarga bo’linadi:
• sujetli-rolli;
• dramalashtirilgan;
• qurilish;
• tabiat materiallari bilan o’ynaladigan o’yinlar.
Ijodiy o’yinlar va ularga rahbarlik. Ijodiy o’yinlar boshqa tur o’yinlardan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:
1. o ‘yin mazmunining o’ziga xosligi.
2. Rollarning mavjudligi.
3. Xayoliy vaziyatning mavjudligi. o ‘yin mazmunining o’ziga xosligi uning eng muhim xususiyatlaridan biridir.
Pedagog va psixologlarning tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, kattalaming ijtimoiy hayoti o’zining rang-barang ko’rinishlari bilan sujetli-rolli o’yinlarning mazmuni bo’lib xizmat qilar ekan. Ular bolalar kattalar ijtimoiy hayotining namunasini oladigan faoliyat turi o’yin ekanligini asoslab berdilar. Ijodiy o’yinlar sujetlari va mazmunining rang-barangligi, ularni tavsiflash zaruratini keltirib chiqaradi. Sujet o’yin faoliyati tizimida asosiy komponent sifatida o’z ichiga personajni, hayotiy vaziyatni, harakat va personajlar munosabatini oladi. Ijodiy o’yinlarda xayoliy vaziyatning mavjud bo’lishi bolaning tafakkurini o’stirib, sujet va rollar o’yin mazmunini takomillashtiradi. Ijodiy sujetli-rolli o ‘yinlarning o’ziga xos sabablari mavjuddir. Buning eng asosiy sababi — bolalarning kattalar bilan birgalikda ijtimoiy hayot kechirishga intilishidir. Bu sabablar bolaning yoshiga qarab, o’yin mazmuniga qarab o’zgarib boradi. Kichik yoshdagi bolalarda asosiy sabab buyumlar bilan bajariladigan qiziqarli harakatlar bo’Isa, bola katta bo’lgan sari o’yindagi kattalar harakatlarini va munosabatlarini qayta aks ettirish asosiy sabab bo’lib xizmat qiladi. Shunga ko’ra, o’yinlarni sujeti, mazmuniga ko’ra uch guruhga bo’lish mumkin:
1. Maishiy o’yinlar (oila, bolalar bog’chasi va boshqa voqelikni aks ettiradigan). 2. Mehnat mavzuyidagi o’yinlar (oila va kattalar mehnatida ishtirok etish, o’z-o’ziga xizmat va boshq.).
3. Ijtimoiy mavzudagi o’yinlar. Bolalar rollarni tanlab o’ynaydilar.
Sujetli-rolli o’yinlarda xattiharakatlarni, qoidalarni egallash asosida, rolda mujassamlashtirilgan axloqiy qoidalar ham o’zlashtiriladi. o ‘yinda kishilar turmushiga, ishlariga, jamiyatdagi xulq-atvor me’yor va qoidalariga ijobiy munosabat shakllantiriladi. Xuddi shu jarayonda o’yin muomala madaniyatini shakllantirish vositasi sifatida ham yuzaga keladi. Aqliy tarbiyaning asosiy vositalaridan biri sujetli o’yin hisoblanib, unda bola atrof-muhitdagi voqea va hodisalarni aks ettirib, xayolan ularni qayta tiklaydi. o ‘yinning xayoliy vaziyati bolaning aqliy faoliyatining rivojlanishiga doimo ta’sir ko’rsatadi. D.B. Elkonin sujetli-rolli o’yinni birgalikda o’ynaladigan o’yinda tasvirlanayotgan voqealarga, harakatlarga, buyumlarga nisbatan o’z nuqtayi nazarini boshqalar nuqtayi nazari bilan jamlash masalasi shakllanishi natijasida yalpi tafakkur bosqichiga o’tishga imkon beruvchi bilishga oid jarayon yuz berishini ta’kidlab o’tgan. o ‘yinning san’atga yaqinligi sujetli-rolli o’yinlardan estetik tarbiyada foydalanish imkonini yaratadi. Bola o’yinidagi ijodkorlik bilan bog’liq boigan tuyg’ular estetik tuyg’ularga yaqin turadi. o ‘yinda bolaning katta harakat tajribasi shakllanadi. Turli harakatlarni rivojlantirish va takomillashtirish uchun qulay sharoit yaratiladi, bola rolga kiradi, o’z roliga oid xatti-harakatlarni amalga oshirish uchun tasvirlayotgan rollarning o’ziga xos xususiyatlarini ongli ravishda ifodalaydi. Tkki yoshdagi bolalar hayotida sujetli o’yinchoqlar bilan juda oddiy o’yinlar o’tkaziladi. Bolalar bu o’yinchoqlarni qo’lda ushlab yuradilar, siqib ko’radilar, yerga tashlab ko’radilar, o’yinchoq!arni g’ildiratadilar, o’yinchoqda nima tasvirlanganligiga e’tibor bermaydilar. Bu yoshda kundalik hayotda tevarak-atrofdagi katta kishilar va bolalar harakatini kuzatib borishni, bu harakatlarni o’z o’yinlarida aks ettirishni o’rgatish lozim (masalan, qo’g’irchoqni ovqatlantirish, uyquga yotqizish va boshq.). Bu yoshda buyumli o’yin bir necha bosqichda amalga oshiriladi:
1-bosqichda bolalar o’yinchoqlar bilan kattalar harakatlariga taqlid qiladilar;
2-bosqichda o’zlashtirgan harakatlarni mustaqil bajara boshlaydilar, so’ngra bu harakatlarni boshqa buyumlarga ko’chiradilar;
3-bosqichda tasviriy o’yin vujudga keladi, uning mazmunini shartli qurollar bilan bajariladigan harakatlar tashkil qiladi. Bola kundalik hayotda kuzatgan buyumlar bilan bajariladigan harakatlarga taqlid qiladi (gazeta o’qiydi, yer chopadi, kir yuvadi), bularning hammasi sujetli-rolli o’yin uchun sharoit yaratadi. Uch yoshga qadam qo’ygan bolalar bilan suhbatlar, kuzatishlar o’tkazish, ularga hikoya va ertaklar o’qib berish, maslahat berish orqali o’yinlarga qiziqtirish kerak. o’yinda bolalarni katta ish-harakatning faqat tashqi tomonigagina taqlid qildirmay, balki ularni odamlaming, mehnatga boigan munosabatlariga ham taqlid qildirish, bolalarda ahillik bilan o’ynay olish, rollarni taqsimlay bilish, ko’zlangan maqsadga erisha olish, ko’nikmalarini tarbiyalash, tortinchoq va uyatchan bolalarga loyiq rollarni taklif qilib, ularning o’yinga qo’shilishiga yordam berish kerak. Bolalarda xayol tasavvurlarini o’stirish ularda mustaqil biron yangi o’yinni ijod etish, bu o’yinga kerakli narsalarni tanlash, binolar qurish, ba’zi o’yinchoqlarni o’z qoii bilan yasash, badiiy mashg’ulotlarda orttirgan malakalarini o’yinda qo’llash, qo’shiqlar aytish, she’r o’qish, chizgan rasmlaridan va yasagan narsalaridan foydalanish istagini uyg’otadi. Jamoa o’yinining paydo bo’lishi uning mavzuyi va mazmunini ham, tuzilishini ham tez rivojlantirish va o’zlashtirish imkonini yaratadi. Bolalar o’yinlari mavzuyining o’zgarishida maishiy o’yinlardan mehnat, ishlab chiqarish sujetiga ega bo’lgan o’yinlarga, so’ng turli ijtimoiy voqea va hodisalar aks ettiriladigan o’yinlarga o’tiladi. o ‘yinning mazmuni ham rivojlanadi. Katta yoshli bolalar hayotida harakatlar qatorida xilma-xil ijtimoiy munosabatlar, xatti-harakatlar ham aks eta boshlaydi. o ‘yinlar mavzuyi doirasining kengayishi, ular mazmunining teranlashuvi, o’yin shakli va tuzilishining o’zgarishiga olib keladi.