4-bosqich. Bolalarni qurish-yasashga o’rgatish va malakalarini shakllantirish. Bunda quyidagi usullardan foydalaniladi:
1. Kattalaming tushuntirib, ko’rsatib berishi.
2. Kattalaming biror-bir qurilishni qurib ko’rsatishi, har bir qismni tahlil qilib berishi.
3. Namuna sifatida tayyor qurilish inshootini ko’rsatish.
4. Qurilishning ayrim muhim qismlari va ularning xususiyatlari bilan tanishtirish. 5. Tugallanmagan qurilish obyektini davom ettirishga jalb etish.
6. Berilgan mavzu asosida binolarni mustaqil qurish-yasashlari.
7. Bolalarning ijodiy-ixtiyoriy qurish-yasashlari.
8. Tayyor qurilishni tahlil qilish.
5-bosqich.
Bolalarning ijodiy qurilish o’yinlarini tashkil etish. o ‘yin jarayonida o’zaro munosabatlarda axloqiy sifatlarni, o’ynay olish madaniyatini shakllantirish, shuningdek, yoz oyida qum, suv, qish oyida esa qor bilan o’ynashga rahbarlik qilish. Qum bilan o’ynash. Qum bolalarning o’ynashlari uchun eng qulay o’yin vositasi bo’lib hisoblanadi. Qum maxsus yashiklarda nam holatda saqlanadi. Qumni saqlashga gigiyenik talablar qo’yiladi: a) qum turli xil tosh, shishalardan tozalangan bo’lishi; b) qum faqat namroq holda saqlanishi; d) bolalarning salomatligiga xavf solmasligi kerak. Kichik yoshdagi bolalarni qum bilan o’ynashlari uchun bayroqchalar, o’yinchoqlar tayyorlab qo’yilishi kerak. Suv bilan o’ynaladigan o’yinlar. Bu o’yinlar bilan kichik yoshdan boshlab shug’ullanish mumkin. Suvda qo’g’irchoqni cho’miltirish, o’yinchoqlar bilan o’ynash, katta yoshdagi bolalar esa suvda cho’milishlari mumkin. Qor bilan o’ynaladigan o’yinlar bolalarda quvnoq kayfiyatni uyg’otadi. Buning uchun yog’och belkurakcha, qorni tashish uchun quticha ortilgan chana bo’lishi shart. Kattalar yordamida qor uyumlaridan turli shakllar, qorbobo, qorqiz, hayvonlarning qiyofasini yasaydilar. 7.4. Didaktik o’yinlar Didaktik o’yinlar ta’limiy o’yin sifatida bolalarning yosh xususiyatlariga mos keladigan o’yinlar sirasiga kiradi. Didaktik o’yinlarning muhim belgisi undagi qoidalarning mavjudligidir. o ‘yinda o’yin niyati, o’yin qoidalari, o’yin harakatlari o’rtasida uzviy aloqa mavjud. o ‘yin niyati o’yin harakatlarining tabiatini belgilaydi. o ‘yin qoidasi esa, o’yin harakatlarini, vazifasini hal etishga va o’yindagi harakatlarni amalga oshirishga yordam beradi. Didaktik o’yinlar orqali bolalarga yangi bilimlar, tushunchalar berib boriladi. Bu o’yinlarda bolaning har tomonlama rivojlanishi, bilim jarayoni, sensor madaniyati, nutq faoliyati, aqliy qobiliyatlari takomillashadi. o ‘yin qoidasiga rioya qilish, unga amal qilish o’yin mazmunini boyitadi. Didaktik o’yinlarda tabiiy narsa va buyumlardan keng foydalaniladi. Bolaning kun tartibida didaktik o’yin uchun vaqt va joy ajratilishi kerak. Bunday o’yinlar mashg’ulot jarayonida va o’yindan tashqari vaqtlarda guruh yoki yakka-yakka o’tkaziladi. Bunda o’yin mazmuni va natijasi puxta aniqlanadi. Didaktik o’yinlarda quyidagi qoidalarga amal qilinishi kerak:
1. Navbatma-navbat ta’sir etish.
2. So’ralganda javob berish.
3. o ‘rtoqlari fikrini eshita olish.
4. o ‘yin jarayonida boshqalarga xalaqit bermaslik.
5. o ‘yin qoidasini bajarish.
6. o ‘z xatosini tan olish.
Didaktik o’yinlarda bolalarning yosh, individual xususiyatlarini hisobga olish lozim. o ‘yinda o’yin tempi va ritmi katta rol o’ynaydi, juda sekin va bir tekisdagi temp bolani ko’p kuttiradi, juda tez temp esa bolalarni hayajonga soladi, turli bahs-munozaralarga olib keladi. Kattalar tomonidan o’yin ishtirokchilarini to’g’ri baholash muhim ahamiyatga ega. Didaktik o’yinlarning quyidagi turlari mavjud: a) buyum va o’yinchoqlar bilan o’ynaladigan; b) stol-bosma; d) og’zaki so’z o’yinlari. Buyum va о yinchoqlar bilan о ‘ynaladigan o‘yinlar bolaning ilk yoshidan boshlab, to maktab yoshiga yetgunga qadar o’ynaladigan o’yin turi hisoblanadi. Bunda bolalarning tasawurlari, diqqatlari o’yin asosini tashkil etadi. Ularda tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar, ularning sifati, foydali tomonlari to’g’risida umumiy tushuncha 66 hosil bo’ladi. o ‘yinda o’ynaladigan har bir buyum yoki o’yinchoq o’zining tashqi ko’rinishiga ega bo’lishi, narsaning asosiy belgisini ajrata bilish, imkonini berishi lozim. Bunday o’yinlar bolalarning narsalarning shakli, hajmi, belgisi, sifati haqidagi bilimlarini kengaytiradi. Stol-bosma о yinlari bolalarning tevarak-atrof haqidagi tasavvurlarini aniqlash, bir tizimga solish, tafakkurini (tahlil qilish, sintez, umumlashtirish, tavsiflash) o’stirish imkonini beruvchi o’yin usulidir. Bu o’yin turiga a) lotto; b) juft rasmlar; d) domino; e) labirint kiradi. Og’zaki so ‘z о yinlari katta maktabgacha yoshdagi bolalar bilan o’tkaziladi. Ular bolani eshita olish, zudlik bilan javob topa olish, o’z fikrlarini tez va aniq ifoda eta olishga o’rgatadi. Tadqiqotchilarning fikricha, bunday o’yinlar bolaning aqliy rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan o’yin turlarida didaktik maqsad va o’yin materiallarining mavjudligi muhim ahamiyat kasb etadi. Qoidali-harakatli o ‘yinlar asosini bolaning jismoniy rivojlanishiga qaratilgan harakatlar tizimi egallaydi. Bunda asosan yurish, yugurish, sakrash, chirmashib chiqish, uloqtirish, emaklash kabi harakatlar o’yin mazmunini belgilaydi. Qoidali-harakatli o’yinlar kelib chiqishiga ko’ra: a) xalq milliy o’yinlari; b) mualliflik o’yin turlariga bo’linadi. Har ikki o’yin turida ham asosiy mezon — o’yin qoidasi bo’lib hisoblanadi. Harakatli o’yinlar harakatlarning aniqligi, ifodaliligi, bolalarda tezkorlik, epchillik, qo’rqmaslik, mardlik kabi oliyjanob fazilatlarni tarbiyalab boradi. Ko’pchilik harakatli o’yinlar jamoa bo’lib o’ynashga mos, bu jamoada uyushgan holatda harakat qilish qobiliyatini shakllantiradi. Qoidali harakatli o’yinlarni o’tkazishda bolalarga rolni to’g’ri taqsimlash o’yin jarayonini kuzatib borish, unga rahbarlik qilish, o’z vaqtida yaxshi harakatlarni rag’batlantirish o’yin nufuzini oshiradi. o ‘yin jarayonida quvnoq kayfiyat, ijobiy his-tuyg’ular yuzaga keladi. Kichik yoshdagi bolalar uchun o’yin sujeti ochiq xarakterga ega bo’ladi. Masalan, «To’pni quvla!», «To’pni ushlab ol!». Katta yoshdagi bolalar uchun o’yin maqsadi, qoidasi va o’yinni tashkil etish murakkablashadi. Qoidali-harakatli o’yinlar awal jismoniy tarbiya mashg’ulotida o’rganiladi. So’ngra boshqa jarayonlarda takroran o’ynatilishi lozim. «Bolajon» dasturiga turli yosh guruhlari bo’yicha o’tkaziladigan harakatli milliy o’yinlar turkumlari kiritilgan.