O’yin bola faoliyatining asosiy turi Reja: I. Kirish II. Asosiy qisim I bob. О’yin bola tarbiyasining muhim vositasi



Yüklə 45,06 Kb.
səhifə4/7
tarix17.05.2023
ölçüsü45,06 Kb.
#115249
1   2   3   4   5   6   7
4-bosqich. Bolalarni o’ynashga o’rgatish (o’yin jarayoni va boshqa narsalarni o’yinda aks ettirish):
— o’yinchoq va uning o’rnini bosuvchi buyumlar ta’sirini o’rganish;
— o’yinda xayoliy tasawurlami aks ettirishga o’rgatish;
— o’yinda so’zlardan foydalanishga o’rgatish;
— o’yinda harakatlarni hisobga olish malakalarini shakllantirish;
— so’z va harakat;
— harakat va o’yin materiali (so’z, harakat va o’yin materiali o’yinning tili hisoblanadi). 5-bosqich. o ‘yinda axloqiy munosabatlarga ta’sir etish, bolalar jamoasi, xulq-atvor, madaniyat, о’yin faoliyatida o’yin madaniyatini shakllantirish:
— ma’lum o’yin mavzuyiga nisbatan bolalarning his-tuyg’ularini uyg’otish;
— bolalarga o’yinni awaldan rejalashtirish elementlarini o’rgatish,
— o’yinda rol va o’yinchoqlarni oqilona taqsimlashga o’rgatish;
— tengdoshlari bilan ahil o’ynay olish madaniyatini tarbiyalash;
— ahil jamoani shakllantirish: mustaqil o’ynash va o’yinni oxiriga yetkazish, o’yin jarayonidagi kelishmovchilik, bahslarni oqilona hal eta olish malakalarini tarbiyalash;
— kattalaming o’yinga ta’sir etishi
maslahat berishi, tushunchalarini to’ldirish, o’yinga to’laqonli yordam berish; — bolalarning o’yin faoliyatlarini, axloqiy munosabatlarni baholash. Sahnalashtirish o’yinIarining o’ziga xos xususiyatlari. Sahnalashtirish o’yinlari, bu bolalarning mustaqil ijodiy o’yin turi bo£lib, unda badiiy asar va hikoyalar bolalar tomonidan rollarga bo’lib ijro etiladi. Bu o’yinlar bolalarda iroda, intizom va o’z xatti-harakatlarini boshqara olish, boshqalarning harakatlari bilan hisoblashish kabi ijobiy ma’naviy xislatlarni shakllantiradi. Sahnalashtirish o’yinlarida bolalar o’yin jarayoniga kirib boradilar, voqea va ertak qahramonlarining ichki hayotiga bevosita aloqador bo’lgan qahramonlik, jasurlik, mehribonlik, jonbozlik, jonkuyarlik kabi ijobiy fazilatlarni o’zlarida yaqqol namoyon qiladilar. Bu jarayonda bolalarning nutq faolligi, lug’at boyligi, dunyoqarashi kengayib boradi. Sahnalashtirish uchun badiiy asar, ertaklar tanlash katta yoshdagilardan bolalarning yosh xususiyatlari, qiziqishlari, istaklarini hisobga olishni talab etadi. Adabiy asarlami tanlashda quyidagi talablar qo ‘yiladi: 1. Mazmunining g’oyaviy-ma’naviy barkamolligi.
2. Badiiy jihatdan mazmundorligi.
3. Asardagi qatnashchi va rollarning soni (qancha ko’p bo’lsa, asar shuncha ahamiyatlidir).
4. Mazmuni yaxshi bo’lishi bilan birga, unda harakat turlarining ham ko’p bo’lishi. 5. Ifodali o’qishga mos bo’lishi. Mazmuni qiziqarli, hayot bilan bog’langan bo’lmog’i. Bolalar xalq ertaklarini sahnalashtirishni yaxshi ko’radilar. Masalan, «Sholg’om», «Zumrad va Qimmat», «Bo’g’irsoq» va bosh qalar. Bolalar boshqa xalq ertaklarini ham turli usullarda qo’- g’irchoq, soya, stol teatri orqali sahnalashtirishga ehtiyoj sezadilar. Badiiy asarni eslab qolishlari uchun uni qayta o’qib berish, sahna ko’rsatish, rasmlar namoyish etish, didaktik o’yinlardan foydalaniladi. Sahnalashtirish o’yinlari qiziqarli o’tishi va uzoq vaqt davom etishi uchun kerakli jihozlar tayyorlanishi va unga to’g’ri rahbarlik qilinishi kerak. Kattalar o’yin rejissori rolini amalga oshira borib, bolalarning xatti-harakatlari, qobiliyatlari, intilishlarini hisobga olib boradilar. o ‘yinda faol ishtirok etgan bolalarni alohida rag’- batlantirilib, kelgusida qaysi asarlarni sahnalashtirish kerakligini aniqlaydilar. Bolalarning ijodiy qobiliyatlarini yanada takomillashtirishda qurilish materiallari bilan o’ynaladigan o’yinlarning roli kattadir. Pedagoglardan Z.V. Lishtvan, V.G. Nechayeva o’z tadqiqotlarida qurish-yasash o’yinlarining o’ziga xos tomonlari va ahamiyatini yoritib berganlar. Qurish-yasash o’yinlari bolada buyum obrazini fazoviy ifodada tasvirlashni talab qiladi. o ‘yin jarayonida biror-bir material yoki buyumning hajmi, katta-kichikligi, bir-biriga mosligi, fazoviy mo’ljallay olish ko’nikmasi shakllanadi, rivojlanadi. Qurishyasash o’yinlari bolalarda kuzatuvchanlikni shakllantiradi, buyumlarni fazoviy joylashtira olishga o’rgatadi. Bu o’yinlarni o’tkazish quyidagi bosqichlarda o’tkaziladi: 1-bosqich. Bolalarning qurish-yasash qobiliyatlari ko’nikmamalakalarini, qiziqishlari darajasini o’rganish. Qurilish o’yinlariga rahbarlik maqsadini aniqlash. 2-bosqich. Qurilish inshoot va binolariga sayohat, ekskursiya, maqsadli sayrlar tashkil etish. Turli suratlar, rasmlar, badiiy asarlar, suhbat orqali katta shahar va poytaxtdagi binolar, quruvchilar mehnati bilan yaqindan tanishtirish. 3-bosqich.
1. Bolalar o’yinlari uchun sharoit yaratish. Qurilish materiallarini yetarli tarzda tayyorlash (guruh va yakka-yakka shug’ullanishlari uchun).
2. Qurilish materiallari turli hajm va katta-kichiklikda bo’lishi mumkin. 3.Guruhda va yer maydonchasida qurilish materiallari hamda ish qurollarining saqlanishi.
4.Qurilish materiallarining to’g’ri va qulay saqlanishi.
5.Qurilish burchagidagi o’yinchoqlar va materiallarning joylanishi.
6.Tashlandiq materiallardan qo’lbola o’yinchoqlarning mavjudligi.
7. o‘lkamiz va uning poytaxti, turli transportlar aks ettirilgan albomlar.
8. Bino va inshootlarning qurilishini bolalar bilan kuzatish.

Yüklə 45,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin