3. Ijodiy o’yinlar turlari
Ijodiy o’yinlarda bolalarning tevarak-atrofdan olgan tasurotlari aks ettiriladi. Ijodiy o’yin bolalarning mustaqil o’yini bo’lib, o’yinning mazmunini ular o’zlari o’ylab topadilar. Bu o’yinda bolalarning erkinligi, mustaqilligi, tashqilotchilik va ijodqorlik qobiliyatlari to’laligicha namoyon bo’ladi. Ammo o’yinda hayotiy taassurotlar aynan aks ettirilmaydi, balki bolalar ongida qayta ishlab chiqiladi. Bu bolalarning o’yin g’oyasini yaratishlarida, uning mazmunini to’zib, tasvirlovchi vositalarni tanlashlarida va shunga o’xshashlarda namoyon bo’ladi.
Syujetli-rolli o’yin – maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy o’yin turlaridir.
Syujetli-rolli o’yin o’z xususiyatiga ko’ra aks ettiruvchi faoliyatdir. Tevarak-atorfdagi kattalar va tengdoshlarining hayoti va faoliyati bu o’yin mazmuniga manba bo’lib xizmat qiladi.
Bolalarning tevarak-atorfdagi hayotdan, tengdoshlari, kattalar faoliyatidan olgan taassurotlari ijodiy o’yinda qayta ishlanadi, to’ldiriladi, sifat jihatidan o’zgartiriladi. Bolalarning bunday o’yinlari tevarak-atrofdagi borliqni bilishning amaliy shaklidir.
Bolalar o’yinining o’ziga xos tomoni unda tasvirlovchi vaziyatlarning mavjudligidir. Tasvirlovchi vaziyat bolalarga o’yin jarayonida yuklangan rol va o’yin syujetidan tashqil topadi va har xil buyumlardan foydalanishni ham o’z ichiga oladi.
O’yinning syujeti – bir-biriga hayotiy aloqador bo’lgan qator voqea- hodisalar yig’indisidir.
Rol syujetli-rolli o’yinning asosiy zanjiri hisoblanadi. O’yin bolada qanoatlanish, xursandchilik hissini paydo qiladi, shuning uchun bolani qiziqtirib, unda yaxshi kayfiyat uyg’otadi, bola organizmidagi hayotiy faoliyatni yaxshilaydi.
Bola o’ynayotganda har hil harakatlar qiladi: yuguradi, sakraydi, tor joydan, ingichka taxta ustidan o’tadi, engashdi, yuqoriga tirmashib chiqadi va hakozo.
Bu harakatlarning hammasini bola bemalol, o’z xoxishi bilan bajaradi, natijada bolaning muskullari pishiydi, u harakatni engilroq, chaqqonroq bajaradigan bo’lib qoladi.
Bolaning aqliy tomondan rivojlanishi uchun ham o’yin katta ahamiyatga ega. O’yin natijasida bolaning bilimi kengayib boradi. Rolli o’yinlar bolaning kuzatuvchanligini, qiziquvchanligini , bilish doirasini rivojlantiradi, boyitadi.
O’yinda bola o’z oldiga maqsad qo’yadi, bu boladan aql, idrok ishlatishni talab qiladi, topag’onlikka o’rgatadi. O’yin jarayonida juda ko’p gaplashishga, tortishishga, baxslashishga, aytib beirshga to’g’ri keladi. Bolalar o’zi yasayotgan narsalarini yaxshiroq yasash, qurish uchun juda ko’p o’ylab, fikrlashishlariga to’g’ri keladi. Bular hammasi bola tafakquri va xayolining rivojlanishida muhim ahamiyatga egadir.
Bola o’z o’yinida borliqni aks ettirib, olgan rolining mazmuni bilan bog’liq bo’lgan u yoki bu hissiyotni boshdan kechiradi. Masalan, Dilnoza ona-bola o’yinida ona rolini o’ynayotib, bolalarini ovqatlantiradi, kiyintiradi, ular bilan yaxshi munosabatda bo’lib erkalaydi, ular bilan gaplashadi, kitoblar o’qib beradi. Bu o’yin bolada muloyililik, g’amxo’rlik, e`tiborlilik kabi yaxshi hislarni uyg’otadi.
Rolli-syujetli o’yinlarning o’ziga xos xususiyati. Rolli o’yinlarning boshqa o’yinlarga nisbatan o’ziga xos xususiyatga egaligi ularda syujet, rol va xayol qilingan vaziyatning mavjud bo’lishidir.
Bolalar biror narsa yoki voqea to’g’risida etarlicha tasavvurga ega bo’lgandagina syujet, fikr, yuzaga keladi. Masalan bolalar “paroxod” o’yinini o’ynamoqchi bo’lishdi. Bunga o’yinning qanday borishi to’g’risida syujet kerak. Syujet bolalarning bilimiga bog’liq bo’ladi. Bolalarda avval g’oya paydo bo’ladi, keyin mazmun rivojlanadi. Ba`zan bolalar o’yinning qanday borishini oldindan belgilab oladilar. Masalan, Afrikaga “bormoqchi” bo’lsalar, sayyohat vaqtida qilinadigan ishlarni oldindan belgilab oladilar.
Bundan ko’rinib turibdiki, rolli o’yin jamoatchilik xususiyatiga ega, chunki bolalar bir-birlari bilan o’zaro munosabatda bo’ladilar.
Rolli o’yinda har bir bola o’ziga olgan rolni bajaradi masalan, ona, shafyor, tarbiyachi, enaga, artist va h.
Rolli o’yinlarda didaktik, qoidali – harakatli o’yinlardagi singari qat`iy o’rnatilgan qoida bo’lmaydi. Bunda ko’pincha bolalar o’z xayol qilgan narsalari bo’yicha harakat qiladilar. Masalan, “raketa tushib oyga uchadilar”, “paroxodda so’zadilar”, “kasalni davolaydilar”...
Ammo, bolalarning xayollari bilan o’ynashlari ularni real voqealikdan uzoqlashtirib yubormaydimi degan savol tug’iladi, yo’q, bolalar o’zlari buning o’yinligini yaxshi biladilar.
SHu bilan birga bolalarning kechinmalari, hayajonlari, qilgan harakatlari hammasi rostakam, sidqidildan bo’ladi. Masalan “doktor” rolidaga bola kasal to’g’risida qayg’uradi .
O’yin mavzui bolalar olgan taassurotning kuchli, bolalarning qiziqishlari bilan belgilanadi. O’yinda bolalar aks ettiradigan ijtimoiy-siyosiy voqealar bolalarning bilim doirasi va hayotiy tajribasining kengayib borishiga bog’liq bo’ladi.
Rolli o’yinlarining mazmuni va mavzusi o’zgarishi bilan bir qatorda uning tuzilishi va o’yin shakllari o’zgaradi, bolalarning mustaqilligi va tashabbusqorligi ham o’sib boradi.
Avvalgi bolalar o’z-o’zicha alohida-alohida o’ynaydilar. Sekin-asta rolli o’yinlarning paydo bo’lishi, o’yinda qishilar o’rtasidagi munosabatni aks ettirish birgalikda bajariladigan o’yinni keltirib chiqaradi. Avvaliga katta bo’lmagan guruhchalar 2-3 qishidan bo’lib o’ynashadi, katta va tayyorlov guruhlariga kelib kattaroq jamoaga birlashadilar.
O’yinda har xil rollar orqali o’zaro munosabatda bo’lish bolalarda o’rtoqlik munosabatlarini shakllantirishga yordam beradi.
O’yinning to’zilishi va mazmuni o’zgarishi bilan o’yinchoqning roli va bolalarning unga nisbatan talabi ham o’zgarib boradi va x.k.
Bog’cha yoshidagi bolalarda ijodiy o’yinning rivojlanib borishi. Uch yoshdagi bolalarning o’yinlari yangi tus oladi: bola qo’g’irchoqni va o’zini qishilarning nomi bilan atay boshlaydi: masalan, bola mashina yasab uni boshqara boshlaydi. Kattalar undan sen kimsan?- deb so’rasa, “Haydovchiman” deb javob beradi. YOki qizcha qo’g’richog’iga ovqat pishirayapti. “Sen kimsan?”- degan savolga “Men oshpazman” deb javob beradi.
Bolalar o’z o’yinlarida sekin-asta murakkab bo’lmagan syujetli o’yinlarni o’ynay boshlaydilar. Bunda asosan kundalik turmushda takrorlanib turadigan voqealar aks etadi. Bolaga ovqat berishadi, uxlashga yotqizishadi, mashinada tortishadi. YAna ovqat berishadi va uxlatishadi. YOki qo’g’richoq kasal bo’lib qolsa, darrov uning qo’li, oyog’i bog’lanadi, yolg’ondakam dori beriladi.
Uchinchi yoshning oxiriga kelib bola rol tanlay boshlaydi. “Men oyisiman”, “Men - vrachman” lekin bo’lar birdaniga enaga, tarbiyachi, doktor bo’lib qolishi mumkin.
Bola to’rt yoshga o’tganda syujetli-rolli o’yinlar ancha rivojlana boshlaydi. O’yinlar mavzui har xil bo’lib, boyib boradi. Bu yoshdagi bolalar o’z o’yinlarida oila, MTMni, avtobusda, tramvayda kelayotgan qishini aks ettiradilar.
Tevarak-artofni kuzatish natijasida tasavvurlari kenayadi, bu ularning o’yin mazmuniga ta`sir etadi: bayramlar, magazin, transportning har xil turlarini aks ettira boshlaydilar. Ammo bu yoshda ular hayotdagi voqealar o’rtasidagi bog’liqliklarni hali tushunib etolmaydilar.
Bola besh yoshga qadam qo’yganda undagi kuzatuvchanlik taffaquri rivojlanganligi, bilim doirasi kengayganligi sababli o’yin mazmuni ham murakkablashib boradi. Xayolni rivojlanib borishi orqasida ertak va hikoyalar mazmuni bo’yicha murakkab bo’lmagan o’yinlarni o’ynshadi.
O’yin mazmuni bilan bir qatorla bolalarda hislar ham rivojlanib boradi. Kundalik hayotga nisbatan bolalarda hissiyot yuqori bo’ladi. O’yin birinchidan, xursandchilik bilan hamoxang kechadi. Ikkinchidan, bolalar kattalarning hislarini o’z o’yinlarida aks ettiradilar.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy o’yin juda ham yaxshi rivojlanadi. Bu o’yinlarda bolalar o’zlari eshitgan, ko’rgan voqealar, hikoyalar, kitoblar va boshqa manbalardan olgan bilim, malakalarini, his-xayajonlarini to’la qo’llay boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalar o’yinlarida berilgan ta`lim-tarbiyaning natijasi yaqqol ko’rinib, sezilib turadi.
Bolalar kim bilan o’ynashi to’g’risida va o’yinning qanday borishi to’g’risida o’zaro kelishib oladilar. O’yinlar uzoqroq davom etadigan bo’lib boradi. Bitta o’yinni uzoq vaqt, hatto bir necha kun o’ynash mumkin, bunda har gal o’yinga yangililik kiritib boriladi.
Uzoq davom etadigan o’yinlar maktabgacha yoshdagi bolalar o’yinlarining yuqori bosqichi hisoblanadi.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalar o’yinlariga to’g’ri rahbarlik qilib borilsa, ularning mustahkam jamoasi yuzaga kelib, u o’z an`anasiga, o’z qoidasiga ega bo’ladi. Bolalarda birgalikda ijod qiilish qobiliyati rivojlanadi, ular o’rtoqlarining fikri bilan kelishadigan, fikriga quloq soladigan bo’lib boradi.
Bolalar jamoasining shakllanishi uzoq vaqtni talab etadigan murakkab ish. Bolalar o’rtasida murakkab munosabatlar yuzaga kela boshlaydi.
Har bir bolaning o’ziga xos xususiyati yaqqol namoyon bo’lib boradi. Bunda bolalar faol tashqilotchi, o’ziga ishonadigan va aksincha, tortinchoq, indamaslarga bo’linadi.
Faol bolalar har doim o’yinni o’z xoxishiga qarab tanlaydi, qiziqarliroq rolni talab etadi. Ular ba`zan o’yinni buzishadi, o’rtoqlarini xafa qilishadi, ammo tarbiyachining ta`siriga tez berilishadi. Ularini ijobiy xususiyatlari, sog’lom qiziqishlari bo’ladi, tarbiyachi mana shular asosida ularning ongi va hissiga ta`sir etadi.
.
O’yin mavzusi o’zgarishi bilan o’yinda qatnashuvchilarning ham o’zaro munosabatlari o’zgarib boradi. Kichkina bolalarning har biri o’z xolicha o’ynasa, keyinchalik 2-3 qishi bo’lib o’ynay boshlaydi, o’rta maktabgacha yoshga kelganda o’ynovchilar soni ko’payib, o’rtoqlik munosabatlari tarkib topa boshlaydi, bunday munosabatlar o’yinga mavzu mazmun tanlashda, rollar va o’yinchoqlarni taqsimlashda yuzaga keladi.
O’yinning tuzilishi va mazmuni rivojlanib borishi bilan o’yinchoqning roli va unga talab ham o’zgarib boradi. Kichkina bolalar o’yinini ko’pincha o’yinchoq belgilaydi. Bitta o’yinchoq bir nechta vazifani bajarishi mumkin. O’rta va katta maktabgacha yoshdagi bolalarda o’yin to’g’risidagi fikr avval tug’iladi. Keyin o’ynay boshlaydi. O’yinchoq o’yin mazmuniga qarab tanlanadi.
Dostları ilə paylaş: |