O‘yin turlarini asosan quyidagi klassifikatsiya qilish mumkin



Yüklə 15,22 Kb.
səhifə1/4
tarix26.12.2023
ölçüsü15,22 Kb.
#198431
  1   2   3   4
Raimova Jumagul

TOSHKENT SHAHAR “UNIVERSITY OF BUSINESS AND SCIENCES” MAKTABGACHA TA`LIM SIRTQI YO`NALISH MTS 23-2 GURUH TALABASI

  • TOSHKENT SHAHAR “UNIVERSITY OF BUSINESS AND SCIENCES” MAKTABGACHA TA`LIM SIRTQI YO`NALISH MTS 23-2 GURUH TALABASI
  • RAYIMOVA JUMAGUL RAVSHAN QIZI
  • TUGAROVA GAVHAR TOYIR QIZ

O`yin faoliyatining bola psixik taraqqiyotiga ta`siri

  • REJA:
  • O‘yinning bola rivojlanishiga ta’siri
  • Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixik o’sishida o’yinning ahamiyati.
  • O‘yin turlarining klassifikatsiyasi.

O‘yinning bola rivojlanishiga ta’siri.

  • Tadqiqotchi A.V.YArmolenko yarim yoshlik go‘daklarda jozibali narsalarning o‘zaro qiyosiy tasnifini tadqiq qilgan. Muallif olgan ma’lumotlarga qaraganda go‘dak behisob jismlar orasida insonni (katta yoshli odamlarni) tobora aniqroq, ravshanroq ajrata boshlagan. SHu bilan birga harakatsiz ko‘ruv qo‘zg‘atuvchisiga diqqatni to‘plash 26 sekundddan 37 sekundgacha harakat qilmayotgan odamga bolaning tikilishi, 34 sekunddan 38 sekundgacha, xarakatdagi ko‘ruv qo‘zg‘atuvchisiga qarashi 41 sekunddan 78 sekundgacha, harakatdagi insonga e’tibor berishi 49 sekunddan 88 sekundgacha ortgan.

Tajribada go‘dakning xarakatlanayotgan odamga diqqatini to‘plab turishi 4 marotaba ortgani aniqlangan. Go‘dak jonsiz narsalarga qaraganda odamga diqqatini barqaror qaratishi uning kattalarga munosabati o‘zgarganidan emas balki ular bilan aloqaga kirishganda sust retseptor o‘rnini faolrog‘i egallaganidandir. Go‘dakda fazoviy tassavvurning boyishida jumlalarning idrok qilishidagi farqlashning takomillashuvi muhim vosita xisoblanadi. Hayot tajribasi ortib borishi mashqlar natijasida jismlarning alomatlari va belgilarni o‘quvi paydo bo‘ladi.

  • Olimaning fikricha 3- oydan 6 oylikkacha bolada katta yoshdagi odamlar bilan tanlab munosabatda bo‘lishi vujudga keladi. Uch oylik go‘dak begonalar orasidagi tuqqan onasini ajrata olsa, yarim yoshdan boshlab esa begonalar ichidagi qarindoshlarini ham farqlay boshlaydi. M.YU.Kistayakovskaya ma’lumotiga ko‘ra, 5-6 oylikda u muomala qilayotgan notanish shaxsga bir oz tikiladi, keyin yo kulimsiraydi yoki undan yuzini o‘giradi, xatto, qo‘rqib yig‘lab yuboradi. Bolada o‘zini parvarish qilayotgan yaqin kishilariga bog‘lanib qolishi sodir bo‘ladi. Ana shu sababli onasini yoki enagasini ko‘rsa qiyqirib qarshilaydi, unga talpinadi, qo‘loyog‘ini ixtiyorsiz tipirchilatadi.
  • U yarim yoshga to‘lganda atrofdagi yaqin kishilari, qarindosh-urug‘lariga, xatto qo‘ni -qo‘shnilarga ham bog‘lanib (o‘rganib) ko‘nikib qoladi. Ta’minan 8-9 oyligidan kattalar bilan dastlabki o‘yin faoliyatini boshlaydi. O‘yin faoliyatidagi tabassum, jonlanish, shodlik, tuyg‘ulari avval faqat kattalar ishtirokida namayon bo‘ladi, vaqt o‘tishi bilan uyinning o‘zi bolaga 10 quvonch bag‘ishlaydi. Go‘dak bir yoshga yaqinlashgan sari kattalarning xattixarakatlarini izchil kuzatishdan tashqari unda asta-sekin ularning ko‘mak berish ishtiyoqi tug‘iladi. Natijada bola individual faoliyat turidan hamkorlikdagi faoliyatga ham o‘ta boshlaydi.
  • Ma’lum, hamkorlikdagi faoliyat muloqot ko‘lamini kengaytirishga yordam beradi. Maktabgacha tarbiya davri shaxsning xaqiqiy tarkib topishi (voyaga etish) davri bo‘lganligi uchun ham shunday muhim bir davrdir. Hayotning birinchi yili mobaynida bolaning tevarak -atrofdagi muhitga munosabati jiddiy ravishda o‘zgaradi. Bola katalar bilan aloqada bo‘lishi natijasida uning o‘rgatishga qarab o‘z ixtiyorlarini qondiradigan narsa bilan mustaqil xarakat qila boshlaydi. Dastlab u kattalar bilan birgalikda, so‘ngra ularning raxbarligida xarakat qiladi, undan keyin ovqat eyish bilan bog‘liq bo‘lgan xarakatlarni va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishga oid ishlarni mustaqil bajara oladi.

Yüklə 15,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin