Maqsad: diqqtni bir joyga to’plash, jimlikni saqlash, xotirani yaxshilash. Hamma doira shaklida o’tiradi. Boshlovchi o’zining o’ng so’l tomonida o’tirgan odamdan: <>, deb so’raydi. So’ralgan odam esa quyidagicha javob beradi: <>. Boshlovchi o’sha odamning tabassum qilishga erishish uchun turli xil yuz ifodalaridan, qiziqarli narsalarni gapirib berishdan yoki oxirgi chora sifatidan qitiqlashdan foydalanishi mumkin.Shunday taxlitda ishtirokchilar navbatma-navbat o’yinni davom ettiradilar. Lider o’yin jarayonida nima mumkin yoki mumkinmasligini belgilab, nazorat qilib turadi
( masalan, <>, deyish mumkin emas). O’yin to oxirgi ishtirokchi boshlovchini tabassum qilishga erishmagunicha davom ettiriladi.
IV. OILAVIY TASAVVURLARNING SHAKLLANISHIGA KO’MAK BERUVCHI O’YINLAR Oila muamolari Maqsad: Oilaviy hayotda uchrashi mumkin bo’lgan muamolar haqida tushuncha berish. Ularning hal qilishning turli yechimlarini topa bilishga oid bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish. O’yinning boshlanishida ishtirokchilardan boshlovchi hozirgi paytda oilalarda eng ko’p uchrashi mumkin bo’lgan muamolar nimalardan iborat ekanligini so’raydi.Javoblari flipchatga yozib boriladi.
Shundan so’ng guruhda <> o’yini o’tkaziladi.
Faoliyatning bu turini amalgam oshirishda guruhni 5-8 kishidan iborat kichik guruhlarga bo’ish mumkin. Shundan so’ng kichik guruhlarning har biriga quyidagicha topshiriq beriladi:
<>.
Bunda boshlovchi albatta har bir guruhning mavzu tanlshida turli muamolarga murojat qilishi uchun ularga maslahat berishi va tayyorlanayotgan sahna ko’rinishlarini kuzatib berishlari lozim. Muamolar turlicha bo’lishi mumkin. Masalan: oiladagi ota- ona va bola o’rtasidagi kelishmovchiliklar, er-xotin o’rtasidagi nizolar, ajralish, qaynona-kelin o’rtasidagi klishmovchiliklar, ichkilikbozlik, giyohvandlik muamosi va h.k.