O‘yinchoq va predmetlarga qarab hikoya qilishga o‘rgatish Reja: Kirish


Hikoyalar turlari va ularni o‘rgatishning izchilligi



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə6/13
tarix13.05.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#113233
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
O‘yinchoq va predmetlarga qarab hikoya qilishga o‘rgatish Reja

Hikoyalar turlari va ularni o‘rgatishning izchilligi.

Hikoya – o‘quv materialini bolalar uchun tushunarli tarzda bayon etish imkonini beruvchi og’zaki metodlardan biri. Hikoyada turli mazmundagi bilimlar obrazli shaklda taqdim etiladi. Bolalar uchun hikoyalar kundalik voqealar, yil fasllari, yozuvchilar, rassomlar, ona shahri haqida bo‘lishi mumkin. Hikoya qilish uchun material sifatida badiiy asarlardan foydalanish mumkin. Ayniqsa, bolalar uchun tarbiyachining shaxsiy tajribasi bilan bog’liq hikoyalar qiziqarlidir: «Mening bog’cham», «Mening oilam», «Mening sevimli o‘yinchog’im» va boshqalar. Hikoyani tushunish qobiliyati, ya’ni tinglay olish, mazmuniga munosabat bildira olish, savollarga javob berish, oddiy qayta aytib berish uch yoshdan boshlab paydo bo‘ladi. Kichik guruhlarda hikoya ko‘rgazmali materiallarni (narsa-buyumlar, ularning tasviri) namoyish qilish bilan birga qo‘shib olib boriladi. Ko‘rgazmali materiallardan bolalar tasavvurga ega bo‘lmagan voqea-hodisalar haqida hikoya qilinganda o‘rta va katta maktabgacha yosh guruhlarida ham foydalaniladi. Biroq, katta guruhlarda hikoya qilish jarayonida ko‘rgazmali materiallardan keragidan ortiqcha foydalanish tavsiya etilmaydi. Chunki bolalarni so‘z yordamida fikrlashga o‘rgatish, ularda fazoviy tasavvurni rivojlantirish lozim.
Hikoya – biror voqea, hodisani kengaytirib bayon qilishdir. Hikoya tasviriy va syujetli bo‘lishi mumkin. Tasviriy hikoya – bu biror predmet yoki voqeaning o‘ziga xos tomonlarini bayon etishdir.
Hikoyalar turlari va ularni o‘rgatishning izchilligi.
Hikoya – biron-bir fakt, voqeaning mustaqil tuzilgan keng qamrovli bayonidir.

2-Bob Bola tarbiyasida o’yinchoqlarning ahamiyati
2.1 Bola tarbiyasida milliy o‘yinchoq va qo‘g’irchoqlarning roli.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarning aqliy tafakkurini shakllantirish turli xil vositalar orqali amalga oshiriladi. Avvalo tarbiyalanuvchilarning aqliy tafakkuri har xil faoliyatlar vositasida katta kishilarning mehnati bilan tanishtirish jarayonida (masalan, qo‘g’rirchoq yasash ishi), har xil mashg’ulotlar va mashg’ulotlardan tashqari, ta’lim berish asosida, mustaqil topshiriqlarni bajarish bilan rivojlantirib boriladi. Bundan tashqari, har xil bayramlar, turli xil tadbirlar, shoir va yozuvchilarning tavallud topgan kunlarini nishonlash jarayonlari, san’at vositalari, bolalar badiiy adabiyoti, tasviriy va amaliy san’at, o‘yinchoq va o‘yin materiallari, ommaviy axborot vositalari, kino va turli xil multfil’mlar, xalq og’zaki ijodi namunalari bo‘lgan ertaklar, rivoyat va topishmoqlar, maqollar tarbiyalanuvchilarning aqliy rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu hamma vositalardan keng ravishda, izchillik va tizimlilik asosida foydalanib borsagina bolalar aqliy tafakkurining rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, maktabgacha ta’lim muassasalaridagi bolalar tafakkur va bilimlarini faqat o‘yin-mashg’ulotlarda yaxshi o‘zlashtirib oladilar. Tarbiyalanuvchilar tomonidan o‘zlashtirib olingan aqliy tafakkur jarayoni tasavvur va tushunchalarni ongli ravishda tushunib yetishlari, fikrlashlari dastlab mashg’ulotlarda, keyinchalik o‘yin, mehnat, ayrim topshiriqlarni mustaqil bajarishlari orqali amalga oshiriladi. Ana shunday vositalardan biri maktabgacha yoshdagi (3-5 yoshli) bolalar aqliy tavakkurini shakllantiruvchi asos qo‘g’irchoqlardir.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin