O‘yinchoq va predmetlarga qarab hikoya qilishga o‘rgatish Reja: Kirish



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə7/13
tarix13.05.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#113233
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
O‘yinchoq va predmetlarga qarab hikoya qilishga o‘rgatish Reja

Qo‘g’irchoqlar voqea, hodisa va jarayonning obrazli ko‘rinishidir. Qo‘g’irchoqlar milliy va umuminsoniy xususiyatlarga egaligi bilan insoniyat sivilizatsiyasida yashagan bo‘lib kelmoqda. Uning obrazlilik hususiyati maktabgacha yoshdagi bolalar aqliy tafakkurini, maqsadni shakllantirish imkonini beradi. Bu o‘rinda, ta’kidlash lozimki, aqliy tafakkur tushunchasida bilish, emotsional va anglash tafakkuridan shu jihatlari bilan aqliy tafakkur farq qiladi. Maktabgacha ta’lim sog’lom, har tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash uchun zaruriy tashkiliy, uslubiy, psixologik shart-sharoitlar yaratadi, bolalarni maktabda muntazam ravishda ta’lim olishga tayyorlash ota-onalar davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.

Shunday shakllardan biri qo‘g’irchoqlar vositasida tarbiyalashdir.
O‘zbek tilining izohli lug’atida qo‘g’irchoq - odamga yoki boshqa biror narsaga o‘xshatib yasalgan bolalar o‘yinchog’idir. Shu ma’noda qo‘g’irchoq o‘yinchoqning bir turi va har turli ashyolardan yasaladi. Qo‘g’irchoqlarning to‘la, shartli va natural ko‘rinishlari bor.
Qo‘g’irchoqlarni shartli ravishda ikki ko‘rinishga bo‘lish mumkin:

  1. odam timsoli ifodalangan qo‘g’irchoqlar.

  1. hayvonlar timsoli ifodalangan qo‘g’irchoqlar.

Butun dunyo xalqlarida qo‘g’irchoq mavjud, hatto qo‘g’irchoq teatrlari ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Insoniyat qachondan boshlab qo‘g’irchoq yasay boshlagan va uni qaysi davrdan boshlab tarbiya vositasiga aylantirganligi masalalari aniqlangan emas. Lekin, olimlar qo‘g’irchoqlar eramizdan avvalgi X-XI asrlarda mavjud bo‘lganligini qayd etadilar. Bizning fikrimizcha, qo‘g’irchoqlarning yasalishiga sabab aynan tarbiyaviy zaruriyati bo‘lgan. Chunki qo‘g’irchoqning quyidagi xususiyatlarga egaligi tarbiya vositasi sifatida qabul qilingan:
a) qo‘g’irchoqlar yumshoq, mayin va estetik rang-barang ashyolardan yasaladi, bu bolada qiziqish uyg’otadi;
b) bola qo‘g’irchoq bilan ovunadi va o‘zi xohlagan tarzda o‘ynaydi;
v) qo‘g’irchoq bolada idrok, tassavvur va fikr uyg’otadi;
g) bola qo‘g’irchoq bilan munosabatga kirishadi, uni yaqin kishisi sifatida qabul qiladi;
d) qo‘g’irchoq bola ongining o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadi va h.k.




Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin