O‘yinchoq va predmetlarga qarab hikoya qilishga o‘rgatish Reja: Kirish


Bolalarga ertak va hikoyalar aytib berish usullari



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə10/13
tarix13.05.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#113233
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
O‘yinchoq va predmetlarga qarab hikoya qilishga o‘rgatish Reja

Bolalarga ertak va hikoyalar aytib berish usullari. Hikoya tuzish jarayonida bolalarning narsalarni ko‘rib idrok etishi, eslab hikoya qilish, tasavvur etib hikoya qilish kabi qismlarga bo‘linadi.
Ko‘rgan narsalarni idrok etib yoki eslab hikoya qilish aniq materiallar asosida tuziladi. Ulardan tasavvur etib hikoya qilish – ijodkorlikni talab qiladi. Bu hikoyalarning hammasi ham nutqning bog’liqligi va maqsadga yo‘naltirilganligi bilan muhimdir.
Hikoya qilish usullari xilma-xildir. Jumladan, tarbiyachi tomonidan hikoyaning qisqacha namunasi berilishi mumkin. Bunda hikoyaning bir qismi tuziladi yoki o‘yin tarzida bayon etiladi.
So‘ng bolalarning o‘zlari hikoya tuzadilar. Masalan, «Bizning vrach» hikoyasi qanday yaratilganligini ko‘rib chiqaylik.
Mashg’ulotning maqsadi tibbiy yordam ko‘rsatish namunasida bemorlarga g’amxo‘rlik tuyg’usini tarbiyalash orqali bolalar nutqini rivojlantirishdan iborat.
Hikoya o‘yin jarayonida o‘yinchoqlar vositasida bemorga tibbiy yordam ko‘rsatish, «bemor», «tez yordam» xodimlari bilan muloqot asosida tuziladi.
Sardorning hikoyasi: «Sanjar qovunni ko‘p yeb qo‘yib, qorni og’rib qoldi. Otasi «tez yordam» chaqirdi. Vrach kelib, bemor Sanjarga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatdi. Sanjarning otasi, onasi vrachga tashakkur bildirdilar».
Mehrinisoning hikoyasi: «Gulnoza dam olish kuni opasi, singlisi bilan hovlida o‘ynadi. Oyisi murabbo qaynatish uchun bir chelak olxo‘ri olib kelgan edi. Gulnoza, opasi, singlisi o‘ynab-o‘ynab chanqadilar. Olxo‘ridan yeb olib, bir necha marta sovuq suv ichishdi. Uchalasining ham qorni og’rib, isitmasi ko‘tarildi.
Ularni dadasi mashinada poliklinikaga olib bordi. Poliklinikada bolalar vrachi, hamshira opa ularga shoshilinch yordam ko‘rsatdi. Ular kerakli dori-darmonlarni olib, tezda sog’ayib ketdilar. Shundan so‘ng ho‘l meva yeb, qaynatilmagan suv ichmaydigan bo‘ldilar».
Hikoya tuzishda uning rejasi, mazmunining asosiy qismlari bolalar tomonidan muhokama etilib, ma’lum qismi bayon qilinadi. Bolalar yo‘l qo‘ygan xatolar tuzatib boriladi va oxirida xulosa qilinadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida «Bog’cha sahnasi uchun saboq» nomli bir pardali, bir ko‘rinishli pyesa sahnalashtirilib, namoyish etiladi va bolalarda katta qiziqish uyg’otadi. Spektakldan so‘ng tarbiyachi bolalardan asar voqealarini hikoya qilib berishni so‘raydi. Bolalar ko‘rgan-kuzatganlarini qoldirmasdan hikoya qiladi:
Sobir. Katta ko‘chada mashinalar g’iz-g’iz o‘tib turganda, birdan ko‘chaning o‘rtasida samokat uchib kelayotgan Bo‘rivoy ko‘rinadi. U mashinalarning ishorasiga ham e’tibor bermaydi. Shunda svetafor uni to‘xtatadi va tanbeh beradi. Bo‘rivoy bunga e’tibor bermay, qochib qoladi.
Sanjar. Svetafor va qaerdandir paydo bo‘lgan Bo‘rivoy quyonlarni quvib ketishadi. Bo‘rivoy qo‘lga olindi. DAN mashinasi yetib keladi va Bo‘rivoy qafasga qamaladi.
Zuhra. Quyonlar Bo‘ridan qutilganiga xursand bo‘lganidan sakrab o‘ynay boshlaydilar. Birdan mashinalardan biri quyonchani urib yuboradi. «Tez yordam» mashinasi yetib keladi va quyonchaning oyog’ini gipslab qo‘yadi. Quyonlar yo‘l harakati qoidasiga rioya etmay ko‘chada o‘ynaganlari uchun shikast yeydilar.
Har uchala tarbiyalanuvchi ham yo‘l harakati qoidalarini kuzatganlari asosida esda saqlab qolganlarini to‘g’ri izchil, gapirib beradilar.
Ularning hikoyasini boshqa bolalar to‘ldiradilar.
Bu usulda ko‘rgazmalilik, kuzatish muhim rol o‘ynaydi. Bolalar o‘zlari va tengdoshlarining narsalarini taqqoslaydilar, o‘xshash va farqli tomonlarini bilib oladilar. Bu jarayonda hikoyani «to‘qish» oddiydan murakkabga qarab boradi. «Kim tez va chiroyli uy qura oladi?» o‘yini bolalarning fikrlash doirasi nihoyatda kengligini ko‘rsatadi. Mashg’ulotning maqsadi bolalarni bir qavatli va ko‘p qavatli uylar qurish, qurilish vositalari, quruvchilar haqida ijodiy tasavvur qilishga, o‘ylashga, fikr yuritlishga yo‘llash, quruvchilar mehnati bilan tanishtirish asosida nutqini rivojlantirishdan iboratdir.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin