O‘yinchoq va predmetlarga qarab hikoya qilishga o‘rgatish Reja: Kirish


O‘yinchoqlarga qarab hikoya tuzishga o‘rgatish usullari



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə8/13
tarix13.05.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#113233
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
O‘yinchoq va predmetlarga qarab hikoya qilishga o‘rgatish Reja

2.2. O‘yinchoqlarga qarab hikoya tuzishga o‘rgatish usullari.
Suhbat jarayonida bolalar bilan so‘zlashuvning jonliligi ko‘p jihatdan og’zaki nutqqa va nutqiy muloqotning savol-javob shakliga xos bo‘lgan grammatik tuzilmalarining turlichaligi bilan bog’liqdir. Suhbat jarayonida bolalarda nutqiy muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish zarur.
Bolaga mana bunday ko‘rsatma berish mumkin: «Qisqa javob ber. Batafsil javob ber (ammo to‘liq javob bilan emas)», ulardan so‘rash mumkin: «Kim qisqa javob bera oladi (yoki o‘rtog’idan chiroyliroq javob bera oladi)». Zarur holatlarda pedagog qo‘yilgan savolga keng qamrovli javob namunasini namoyish qilishi mumkin.
Suhbatlarda bolalar keng qamrovli fikr bildirishlari va bir-ikkita so‘zdan iborat bo‘lgan javob berishlari mumkin (Sizga bog’ yoqdimi? – Ha.). Bolalarni keng qamrovli javoblarga savollarni to‘g’ri qo‘yish orqali yo‘naltirish zarur: «Bahorda ob-havo ko‘proq qanday bo‘ladi? Bu haqda aytib bering».
Didaktik o`yin: «О‘yinchoqlar dо‘koni»
О‘yin jarayonida bolalarning о‘tilgan о‘quv materialidan nutqda foydalana olishlarini, savollar berishlari va ularga javob qaytarishlari hamda hosil qilinayotgan vaziyatda mustaqil nutqiy yechimlar topa olishlarini aniqlash zarur bo‘ladi.
Bolalar sotuvchining oldiga kelib, о‘z ismini aytishi va о‘yinchoqning rangi va о‘lchamini aytgan holda uni olib berishni sо‘rashi kerak. О‘yinchoqlar bolalarning bilimlari (ularning nomi, о‘lchami va rangi haqidagi) ga mos ravishda tanlanadi: qizil va sariq mashinalar, katta va kichik qо‘g’irchoqlar, kubiklar, sharlar, har xil rangdagi bayroqchalar va kuzovi yashil, kabinasi esa qora bо‘lgan bitta mashina.
Sotuvchi rolini Sanjar ismli bola ijro etadi. Bolalarga ular dо‘kondan xohlagan о‘yinchoqlarini olishlari mumkinligini aytadi. Sotuvchi bilan bolalar о‘rtasida taxminan mana bunday dialog bо‘lib о‘tadi:

Sotuvchi: Assalomu alaykum.
Bola: Assalomu alaykum.
Sotuvchi: Keling, ismingiz va sizga qanday o`yinchoq kerak?
Bola: Mening ismim Alisher, menga sochi qora rangdagi Zumrad degan o`yinchoq kerak.
Sotuvchi: Bu qizlar o`yinchog`i-ku. Uni qanday o`ynaysiz?
Bola: Bu o`yinchoqni singlim Nargizaga sovg`a qilaman. U ham Zumrad kabi aqlli qiz bo`lishi uchun.
Sotuvchi: Juda yaxshi o`ylabsiz. Bu fikringiz menga yoqgani uchun, qo`g`irchoqni sizga sovg`a qilishga moslab, o`rab beraman.
Bola: Raxmat.
Bolalar navbati bilan kelib, о‘zlariga yoqqan о‘yinchoqlarni sо‘raydilar. Anvar kelganida esa barcha mashinalar tarqatib bо‘lingan va faqat yashil kuzov va qora kabina rangli mashina qolgan edi. Alisher va Dilshod о‘rtasida quyidagi suhbat bо‘lib о‘tdi:
Alisher: Salom Dilshod.
Dilshod: Assalomu alaykum.
Alisherr: Sen oying bilan o`yinchoqlar do`koniga bordingmi?
Dilshod: Men oyimlarni o`yinchoqlar do‘koniga olib bordim.
Alisher: Qanaqa o`yinchoq olding?
Dilshod: Koptok.
О‘yinning tugashi: Bolalar dialogini kuzatib turgan tarbiyachi, ularni boshqa mashg’ulotga yо‘naltiradi. Dialog davomida Dilshod tomonidan qilingan nutqiy g’alizliklar inobatga olinadi va kunning ikkinchi qismida Dilshod bilan individual ish olib boriladi.






Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin