Oyoq venalarining varikoz kasalligi


EKGda: Yurak elektrik o‘qi chapga siljigan. Chap qorincha gipertrofiyasi va dilatatsiyasi kuzatiladi. FKGda



Yüklə 346,74 Kb.
səhifə19/32
tarix20.11.2023
ölçüsü346,74 Kb.
#164749
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32
Varikoz kasalligi, PTFS. Yurakning tug‘ma va ortirilgan nuqsonlari. YUIKlarni xirurgik davolash

EKGda: Yurak elektrik o‘qi chapga siljigan. Chap qorincha gipertrofiyasi va dilatatsiyasi kuzatiladi.
FKGda: II ohangdan keyin darrov diastolik shovqin boshlanib, butun diastola davrida davom etadi va uning oxirida so‘nadi. Ba’zan rombsimon sistolik shovqin ham qayd qilinadi.
Exokardiografiyada: Regurgitatsiya oqimi ta’siri ostida mitral klapan oldingi tavaqalarning kichik amplitudali diastolik titrashi xarakterlidir. Diastola vaqtida aorta klapani tavaqalari yopilmaydi, chap qorincha dilatatsiyalangan va gipertrofiyalangan. O‘ng qorincha dekompensatsiya bosqichida kattalashadi.
Rentgenografiyada: chap qorincha katta, cho‘zilgan, uch qismi to‘mtoqlashgan. Aorta rovog‘i va ko‘tariluvchi qismi kengaygan, uzaygan. Gorizontal joylashganligi va chapga kengayganligi uchun yurak aortal konfiguratsiyani egallaydi. Chap bo‘lmachadagi qonning ham aortaga, ham chap qorinchaga oqishi natijasida sistolik to‘lqinning tez pasayishi xarakterli funksional alomat hisoblanadi. Yurak o‘ng bo‘limlarini kateterlashda o‘pka-kapillyar bosim va regurgitatsiya to‘lqini darajasini, chap bo‘lmada esa – puls bosimi amplitudasining o‘sishini aniqlashga yordam beradi. Aortografiyada qonning aortadan chap qorinchaga regurgitatsiyasi, uning hajmi, aorta o‘lchami, aorta o‘zagining kengayishi darajasi ko‘rinadi.
Aortal yetishmovchilik diagnozi va uning ifodalangan darajasi 3 guruh alomatlarga asoslanadi:
1. “Klapan” alomatlari diastolik shovqin, I ohangning susayishi, ExoKG va FKG dagi o‘zgarishlar.
2. “Chap qorincha” alomatlari: chap qorincha gipertrofiyasi, dilatatsiyasi, aortografiyada – qon regurgitatsiyasi.
3. Aortadagi bosimning pasayishiga bog‘liq perifirik alomatlar: past diastolik bosim, yurak sohasidagi og‘riqlar, bosh aylanishi, pulsning o‘zgarishi, Traube ohangi va Dyuroze shovqini.
Klinikasi. Bu nuqsonda qon aylanishning yetishmovchligi uzoq vaqtgacha yuzaga chiqmaydi, chunki yurakning eng kuchli bo‘limi – chap qorincha kompensatsiyalab turadi. Aortal yetishmovchilikda subyektiv alomatlar boshlangan vaqtdan to bemorlar o‘limigacha o‘rtacha 4-6 yil o‘tadi. Yuqumli endokardit sababli keskin rivojlangan aortal yetishmovchilikda subyektiv alomatlar boshlangandan keyin bemorlarning o‘rtacha yashab qolishi 7 oyga yetadi. Bemorlarning o‘limi yurak yetishmovchiligi natijasida yuz beradi. Qorinchalarning fibrillyatsiyasida qo‘qqisdan bo‘ladigan o‘lim tez-tez uchrab turadi.

Yüklə 346,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin