Oyoq venalarining varikoz kasalligi


Flebografiyaga ko‘rsatmalar



Yüklə 40,3 Kb.
səhifə9/22
tarix20.11.2023
ölçüsü40,3 Kb.
#163824
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Oyoq venalarining varikoz kasalligi

Flebografiyaga ko‘rsatmalar:

  1. Venalar varikoz kasalligidagi funksional sinamalar noaniq bo‘lganda

  1. Varikoz kasalligida va ulardagi trofik buzilishlarda.

  1. Posttrombofletik kasallikning barcha shakllarida

4. Son va boldirdagi kelib chiqishi noaniq bo‘lgan shish, og‘riq va trofik yaralarda.
Flebografiyaga qarshi ko‘rsatmalar:

  1. Yodli preparatlarga sezuvchanlik.

  1. Trofik buzilishi va yaralar sohasidagi o‘tkir yallig‘lanish holatlari

  1. Hayotiy muhim a’zolar funksiyasining buzilishi.

Distal flebografiyada kontrast modda oyoq panjasi lateral tomonidagi venalardan biriga yuboriladi. Tekshirish bemorning vertikal holatida funk-sional sinamalardan foydalanib (funksional dinamik flebografiya) o‘tkazila-di, seriyali rentgenografiya qo‘llaniladi: birinchi suratni inyeksiya qilgan zahoti (tinchlik fazasi) ikkinchisini bemor oyoq uchiga ko‘tarilgan paytda (mushak tarangligi fazasi), uchinchisi oyoq uchida 10-12 marta turib o‘tirilgandan keyin (relaksatsiya fazasi). Flebogrammalarda chuqur venalarning o‘tkazuvchanlik darajasi, kontrast moddaning qolishida esa zararlangan kommunikant venalarning joylashgan sohasi yaqqol namoyon bo‘ladi.
Proksimal flebografiyada kontrast modda son venasiga katta teri osti venasini Seldinger bo‘yicha punksiya qilish va kateterlash yo‘li bilan yuborilib bunda son venasining klapan apparat holati, yonbosh venalarning o‘tkazuvchanligi aniqlanadi.
Ultratovushli dopplerografiya: Bu tekshiruv orqali oyoq venalari qon o‘tkazuvchanligi, qon oqimi tezligi, klapanlar yetishmovchiligi va regionar qon bosimi aniqlanadi.
Dupleksli angioskanerlash: Bu tekshiruv zamonaviy va eng informativ usul bo‘lib, oyoq venalari holati, o‘lchami, o‘tkazuvchanligi, klapanlar holati va yetishmovchiligi, qon oqimi tezligi va hajmi, varikoz kengaygan venalar holati, ichida tromb bor-yo‘qligi, trombning dinamikada o‘sish darajasi kabi ma’lumotlarni aniqlashga yordam beradi.

Yüklə 40,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin