Oyoq venalarining varikoz kasalligi


O‘MROV OSTI VENASI O‘TKIR TROMBOZI



Yüklə 40,3 Kb.
səhifə19/22
tarix20.11.2023
ölçüsü40,3 Kb.
#163824
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Oyoq venalarining varikoz kasalligi

O‘MROV OSTI VENASI O‘TKIR TROMBOZI
(Pedjet– Shretter-Kristelli sindromi)
Pedjet– Shretter-Kristelli sindromi 20-40 yoshli mushak sistemasi yaxshi rivojlangan sport bilan shug‘ullanuvchi yoki og‘ir jismoniy mehnat bilan mashg‘ul kishilarda ko‘proq uchraydi.
Etiologiya va patogenezi: kasallik rivojlanishida o‘mrov osti venasining topografo-anatomik xususiyatlari, ya’ni ushbu venaning suyak va pay-mushak hosilalari orasidagi joylashganligi ahamiyatga ega. Qon oqimining sekinlashuvi, vena qon tomir devorida o‘zgarishlar (o‘mrov osti venasini kateterlash paytida jarohatlanishi, qon koagulyatsiya xossalarini buzilishi) ushbu kasallikka moyillik tug‘diruvchi omillardan hisoblanadi. Yelka bo‘g‘imi harakatlanganda, yelka mushaklari taranglashganda, o‘mrov osti bo‘shlig‘ining o‘lchamlari kichrayadi va o‘mrov osti venasi o‘mrov suyagi bilan birinchi qovurg‘a orasida siqilib qoladi. Birinchi qovurg‘a yuqorisida joylashgan o‘mrov osti suyagi va kichik ko‘krak muskulining muskul-pay qismi gipertrofiyalarida qonning oqib ketishini qiyinlashuvi natijasida tromb hosil bo‘lishi uchun qulay sharoitlar tug‘iladi.
Klinikasi va diagnostikasi: Bu kasallikning asosiy klinik belgilari : shish, og‘riq, sianoz, zararlangan tomonda (ko‘pincha o‘ng tomonda) qo‘ltiq osti, yelka, bo‘yin, yuz, quloq sohalarining shishidan iborat. Shish ko‘pincha zararlangan tomonda qo‘llarigacha tarqalib kompensator mexanizm sifatida qo‘l va yelka teri osti venalarining ikkilamchi kengayishi yuzaga keladi, shish qattiq bo‘lib ko‘p hollarda ko‘krak qafasining yuqori qismini qamrab olishi natijasida o‘mrov osti va o‘mrov usti chuqurchalari tekislashadi. Kasallikning dastlabki bosqichlarida teri osti venalarining to‘lishishi, taranglashishi va kengayishi tirsak chuqurchasi sohalarida aniqlanadi. Teri qoplamining sianozi esa yelka, qo‘l panjalari sohasida yaqqolroq ko‘zga tashlanadi. Trombozning qo‘ltiq osti va yelka venalariga tarqalishi kasallik kechishini bir muncha og‘irlashtirib, kuchayib boruvchi shish yaqin atrofdagi arterial qon tomirlarining siqishi natijasida bilak arteriyasida puls susayadi, qo‘l harakati pasayadi. Kasallikning o‘tkir davrida bu belgilar 2-3 haftagacha davom etadi va yaqqol namoyon bo‘lib, 2-3 haftadan keyin surunkali bosqichga o‘tadi.
Diagnostikasi. Bemorning shikoyati, anamnezi, obyektiv belgilar va yuqoridagi simptomlarning jismoniy zo‘riqishi bilan bog‘liqligi o‘mrov osti venasining trombozi diagnostikasida qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Ultratovushli dopplerografiya, dupleksli angioskanerlash usuli, angiografik tekshirishlar, trombning joylashgan sohasi va tarqalganligi, kollateral qon tomirlarining rivojlanishi darajasi haqida qimmatli ma’lumotlar beradi.
Davolash. Davolash asosan konservativ bo‘lib, oyoq chuqur venalar trombozida qo‘llaniladigan konservativ davo prinsiplaridan farq qilmaydi. Venoz gangrena rivojlanish xavfi bo‘lganda yaqqol regionar gemodinamik buzilishlarda o‘mrov osti venasidan tromboektomiya operatsiyasi bajariladi va kompressiyani bartaraf qilish uchun mushaklarda, suyaklar va paylarda turli xil operatsiyalar ko‘rsatmalar bo‘yicha amalga oshiriladi. Kasallikning surunkali bosqichlarida esa o‘mrov osti venasining distal qismi bilan tashqi bo‘yinturuq venasi o‘rtasida, qo‘ltiq osti venasi bilan tashqi bo‘yinturuq venasi orasida turli xil anastomozlar qoʻyiladi, transplantant sifatida katta teri osti venasi bo‘lagi ishlatiladi.



Yüklə 40,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin