Differensial diagnostikasi Birlamchi varikoz, limfidema, chanoq bo‘shlig‘i organlarining xavfli va xavfsiz o‘smalari, Parks-Veber-Rubashov sindromi bilan qiyosiy tashxislash lozim.
Davolash Bemorni konservativ davolashda quyidagilar muhim ahamiyatga ega:
Kompression terapiya (elastik bintlar, kompression paypoqlar va b.)
Trofik yaralar bo‘lganda, mahalliy antibiotiklar, ferment preparatlari, regeneratsiyani kuchaytiruvchi preparatlar
Xirurgik davolash Jarrohlar tomonidan ko‘plab usullar taklif qilingan bo‘lib, shulardan biri Psatakis operatsiyasidir. Bu operatsiyada taqim osti venasining ekstravazal klapani hosil qilinadi, m.grasilis ning pay qismidan ingichka tasma ajratilib taqim osti arteriyasi va venasi orasidan o‘tqazilib, sonning ikki boshli muskulining pay qismiga tikiladi. Bemor yurganda tasma taqim osti venasini siqadi va retrograd qon oqishining oldi olinadi.
Yonbosh venalarning bir tomonlama trombozidan so‘ng yuzaga kelgan PTFS da Palma Esperon operatsiyasi qo‘llaniladi. Bunda qov usti son-son autovenoz shuntlash operatsiyasi bajariladi. Zararlangan tomondan sog‘ tarafga qon oqib o‘tishi ta’minlanadi. Hozirgi paytda oyoq chuqur venalarining to‘liq rekanalizatsiyasi jarayonida yuza venalarining varikoz kengayishida, kommunikant venalarining to‘liq zararlangan hollarida fleboektomiya, Linton, Kokket, Felder operatsiyalari birgalikda bajariladi.