Oyoq venalarining varikoz kasalligi



Yüklə 40,3 Kb.
səhifə18/22
tarix20.11.2023
ölçüsü40,3 Kb.
#163824
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Oyoq venalarining varikoz kasalligi

Diagnostikasi
Oyoq chuqur venalari trombozining diagnostikasi kasallikning klinik manzarasiga asoslanadi va bu quyidagi asosiy simptomlardan iborat:

  1. Boldir va son mushaklarida kuchli tarqaluvchi og‘riqning paydo bo‘lishi;

  2. Boldir va tovonda shishning paydo bo‘lishi;

  3. Terining sianozi;

  4. Yuz venalarining qon bilan to‘lishishi;

  5. Mahalliy temperaturaning oshishi;

  6. Qon tomir tutami yo‘nalishi bo‘ylab og‘riqning bo‘lishi;

  7. Bemorlarda Xomans, Lavenburg, Mozes simptomlarining musbat bo‘lishi.

Kasallikning diagnostikasida quyidagi instrumental tekshiruvlar eng informativ hisoblanadi:

  1. Ultratovushli dopplerografiya – oyoq chuqur venalarida trombni va uning joylashgan joyini aniqlaydi, ammo trombning davomiyligini, vena qon tomirlar devori va qon oqimi holati to‘g‘risida aniq ma’lumot bermaydi;

  2. Dupleksli angioskanerlash – venoz trombozlarda birmuncha aniq va informativ usul hisoblanib, trombning joylashgani (devor oldi, to‘liq), davomiyligini, aniq chegaralarini, qon tomir bo‘shlig‘i o‘tkazuvchanligini aniqlaydi. Ushbu usulni konservativ davolash jarayonida uning samaradorligini aniqlashda (tomir rekanalizatsiyasi) muhim ahamiyatga ega.

  3. Rentgen kontrastli flebografiya, kompyuter tomografiya, MRT, yonbosh va pastki kovak venalarining trombozlarida informativ hisoblanadi va davolash taktikasini tanlashda ahamiyatga ega.

Davolash
Kasallikning erta bosqichlarida, trombotik massalar tomir devoriga yaxshi yopishmagan davrda Fogarti kateteri yordamida radikal tromboektomiya qilish magistral venalar o‘tkir trombozini davolashning ideal usuli hisoblanadi va qon tomirlariga qon oqimini tiklab klapan apparatini saqlab qoladi. Shu bilan birgalikda bu operatsiyani o‘rta va yirik kalibrli venalarda (taqim, son, yonbosh, pastki kovak vena) bajarish paytida o‘pka arteriyasining tromboemboliyasi xavfi yanada oshadi.
Hozirgi paytda xirurgik davolash o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi yoki venoz gangrena xavfi tug‘ilganda hayotiy ko‘rsatmalar bo‘yicha qilinadi.
Trombning joylashuvi va uning tarqalishiga asoslanib quyidagi operatsiyalar bajariladi:
1) Boldir venalarning alohida trombozida son venasini distal bog‘lash.
2) Son-taqim segmentining birlamchi chegaralangan trombozida, son-taqim segmentidan tromboektomiya yoki son venasini bog‘lash.
3) Pastki kovak vena plikatsiyasi (vena bo‘shlig‘ida tor kanallar hosil qilish yoki tromblarni tutib qoluvchi maxsus filtrlar kiritish)
Konservativ davo kompleksi esa quyidagilardan iborat:
1) Bemorga yotoq holat berilib, zararlangan oyoq Beller shinasiga qo‘yiladi. (ko‘tarilish burchagi 15-250 ni tashkil qilishi lozim)
2) Trombolitik preparatlarni qo‘llash (fibrinolizin, streptokinaza, urokinaza va b.)
3) Bevosita va bilvosita antikoagulyantlarni qo‘llash (geparin, kleksan, fraksiparin).
4) Antiagregant preparatlarni qo‘llash (trental, kurantil, reopoliglyukin)
5) Spazmolitik terapiya (no-shpa, papaverin, galidor va b.)
6) Desensibilizatsiyalovchi terapiya (dimedrol, suprastin, pipolfen, tavegil va b.)
7) Yallig‘lanishga qarshi nosteroid va og‘riqsizlantiruvchi preparatlarin qo‘llash (aspirin, analgin, butadion, voltaren, varfarin, tromboass, diklofenak va b.)
8) Antibakterial terapiya
9) Simptomatik terapiya
10) Angioprotektor va vena devori tonusiga ta’sir ko‘rsatuvchi preparatlarni qo‘llash (troksevazin, glivenol, eskuzan, endovazin, anavenol, venoruton, flebodiya va b.)
11) Yog‘li-malhamli bog‘lamlarni mahalliy qo‘llash.

Yüklə 40,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin