Oyoq venalarining varikoz kasalligi



Yüklə 40,3 Kb.
səhifə3/22
tarix20.11.2023
ölçüsü40,3 Kb.
#163824
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Oyoq venalarining varikoz kasalligi

KLASSIFIKATSIYASI
Varikoz kasalligi anatomik shakllarga ko‘ra: magistral, sochma, aralash.
Tarqalish bo‘yicha: chegaralangan, generalizatsiyali va o‘tadigan turlarga bo‘linadi.
Klinik klassifikatsiyasi: - a) oddiy (asoratlanmagan) turi 40 yoshga-cha uchraydi va hamma hollarning 18-23% ini tashkil qiladi; b) asoratlangan, aksariyat 50 yoshdan keyin uchrab 32-37% ni tashkil qiladi.
Asoratlari: ekzemalar, piodermiyalar, trofik yaralar, trombo-flebitlar, varikoz kengaygan venalardan qon ketishi.
Kasallik bosqichlari bo‘yicha: kompensatsiyalangan, subkompensatsiyalangan, dekompensatsiyalangan.
Qonning chuqur venalardan yuzaki venalarga o‘tish darajasiga ko‘ra varikoz kasallik turlari (V.S.Savelev 2000).
1) Yuqori veno-venoz qon refluksi bilan o‘tadigan varikoz kasalligi (teri osti venasi osteal klapan yetishmovchiligida).
2) Pastki veno-venoz qon refluksi bilan o‘tadigan varikoz kasalligi (kommunikant venalar yetishmovchiligida).
3) Veno-venoz aralash qon refluksi bilan o‘tadigan varikoz kasalligi. Bu eng ko‘p uchraydigan variant hisoblanadi.
Rossiya flebologlarining 2000 yili o‘tkazilgan yig‘ilishida varikoz kasalligining surunkali venoz yetishmovchiligi (SVE) darajasi, varikoz kasalligi turlari va asoratlariga asoslangan yangi klassifikatsiyasi taklif qilindi:

Varikoz kasalligining turlari

SVE darajasi

1. Teri ichi va segmentar varikoz, veno-venoz reflukssiz

0 – yo‘q


2. Segmentar varikoz yuzaki va kommunikant venalar refluksi bilan

1- “Og‘ir oyoq” sindromi va
o‘tib ketuvchi shish

3. Tarqalgan varikoz yuzaki va kommunikant venalar refluksi bilan

2 - doimiy shish, giper- yoki gipopigmentatsiya, lipodermatoskleroz, ekzema

4. Varikoz kengayish chuqur venalar refluksi bilan

3 - Venoz trofik yaralari



Klinikasi
Oyoq venalari varikoz kasalligi aksariyat hollarda oddiy bo‘lib, yaqqol ko‘zga tashlanuvchi kengaygan teri osti venalari ko‘p hollarda to‘g‘ri diagnoz qo‘yishga asos bo‘ladi. Chap oyoq o‘ng oyoqqa qaraganda ko‘proq zararlanadi, bu esa o‘z navbatida chap oyoq venalarining anatomik xususiyatiga bog‘liq. Ikki tomonlama zararlanish esa 35-43% hollarda uchraydi. Bemorlarning 75-80 foiz katta teri osti venasi (v.s.magna), 5-10% da esa kichik teri osti venasi (v.s.parva) zararlanadi, bemorlarning 7-10% ida patologik jarayonga ikkala vena tortiladi.
Kasallik klinikasi uning bosqichlariga, asoratlari bor-yo‘qligiga qarab turli-tuman bo‘ladi. Kasallikning kechishida latent, kompensatsiya, subkompensatsiya , dekompensatsiya bosqichlari tafovut qilinadi.
Vena qon aylanishining kompensatsiya bosqichida bemorlar tik turganda ro‘y rost ko‘rinadigan, ilonsimon, tugun shakldagi, bo‘rtib chiqqan chigallar ko‘rinishdagi kengaygan venalar borligidan shikoyatlar qiladilar. Bemorlarni o‘rta darajadagi og‘irlashish, to‘lalik hissi, vertikal holatda charchab qolishi bezovta qiladi. Oyoqda shishlar yo‘q yoki kechga yaqin paydo bo‘ladi va dam olganidan so‘ng yo‘qoladi. Bunday bemorlar mehnatga layoqatli bo‘ladilar.

Yüklə 40,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin