O’z bеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi tеrmiz davlat univеrsitеti



Yüklə 425,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/15
tarix11.10.2023
ölçüsü425,64 Kb.
#153968
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Kurs ishi

belgiga
egalikni
bildiradi. -siz: tuzsiz 
ovqat; be-: 
beg‘ubor, bexabar. 
Bu qo‘shimchalar esa (no- qo‘shimchasi bilan birgalikda: noaniq, notinch) asosdan 
anglashilgan 
belgiga ega emaslikni
ifodalaydi. -lik: toshkentlik (bola); -iy, -viy: 
tarbiyaviy soat, devoriy gazeta; -ga, -ki,-qi: bahorgi ishlar, qishki kiyim (paytga xos 
belgini bildiradi); -aki, -oqi: jizzaki, jirttaki,pistoqi; -yi: havoyi; -chan: ishchan bola; -
simon: odamsimon maymun (o‘xshashlik ma’nosini bildiradi); -kor,-gar: isyonkor, 
zulmkor, javobgar, ig‘vogar; -i: qishloqi, qozoqi; -cha: farg‘onacha, erkakcha, arabcha 
(o‘yin); -namo: avliyonamo, darveshnamo; -parvar: xalqparvar, adolatparvar; -on: 
charog‘on, za’faron; -aki: dahanaki, og‘zaki; bad-: badbaxt, badnafs; -shumul: 
olamshumul, jahonshumul; -don: gapdon, bilimdon; -kash: dilkash, hazilkash; -bop: 
palovbop, qishbop; xush-: xufe’l, xushhavo; -in: erkin, otashin; -vor: devonavor, 
afsonavor; -parast: mansabparast, maishatparast; bar-: barhayot, barvaqt; -chil: 


xalqchil, izchil; -lik (-liq): ko‘ylaklik (chit), bolalik (chog‘lar); -i: jannati (kampir); -
loq: baqaloq, qo‘shaloq; -kor: devkor (ish), fusunkor (husn); -kash: zahmatkash 
(odam), noskash (kampir); -chi: gapchi (odam), vahimachi (ayol); -von: zo‘ravon 
(odam); -qa: loyqa (suv); -omuz: hazilomuz (gap), zaharomuz (hazil); -xo‘r: g‘amxo‘r 
(odam), go‘shtxo‘r (hayvon); -soz: soatsoz (usta); -dek (-day): muzdek (suv), 
jo‘jabirday (jon); 

fe’ldan sifat yasovchi qo‘shimchalar: -choq,-chak,-chiq: maqtanchoq, 
kuyunchak, qizg‘anchiq; -gir,-g‘ir,-kir,-qir,-qur: sezgir, topqir, o‘tkir, olg‘ir, 
uchqur; -ma: qaynatma sho‘rva, burama ko‘ylak; -k(-uk,-ik,-ak): chirik, teshik, 
tuzuk, g‘alvirak; -q(-uq, -iq,-a/oq): iliq, siniq, buzuq, qoloq; -oq: qochoq, 
qo‘rqoq, baqiroq; -qi: sayroqi qush; -qoq,-g‘oq: tirishqoq, uyushqoq, toyg‘oq; -
ag‘on: bilag‘on, chopag‘on; -mon: bilarmon, qirarmon; -kun,-qin,-g‘in: tushkun, 
ozg‘in, jo‘shqin; -g‘un,-qun: turg‘un, tutqun; -(a)rli: yetarli, zerikarli; -ch: tinch, 
jirkanch; -g‘ich: yulg‘ich (odam); -ong‘ich: tepong‘ich, suzong‘ich; -ovuch: 
hurkovuch, iskovuch; -mas: o‘tmas (pichoq), indamas (odam); -(i)ndi: asrandi 
(bola); -a: ko‘tara (savdo); -msiq: qarimsiq, achimsiq; 

boshqa turkumlardan sifat yasovchi qo‘shimchalar: ravishdan: -gi: kechagi, 
dastlabki; sifatdan: no-: noma’lum, noto‘g’ri; -lom: sog‘lom; taqlid so‘zlardan: -
ildoq: bijildoq, likildoq. 
2. So‘zlarni qo‘shish, bog‘lash va juftlash bilan quyidagi turdagi sifatlar yasaladi: 


Yüklə 425,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin