O’z bеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi tеrmiz davlat univеrsitеti


Sifatlarning morfologik xususiyatlari



Yüklə 425,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/15
tarix11.10.2023
ölçüsü425,64 Kb.
#153968
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Kurs ishi

Sifatlarning morfologik xususiyatlari:
1) belgining darajasini ko‘rsatadi: 
sho‘x-sho‘xroq, eng sho‘x. 2) otlashadi: Kattalarni hurmat qiling. 3) ravish o‘rnida 
keladi: Sattor chiroyli yozadi. 4) sifat bog‘lanib kelgan ot turli so‘z o‘zgartiruvchi 
qo‘shimchalarni olib o‘zgarishi mumkin, lekin sifat o‘zgarmaydi: ko‘k qalam, ko‘k 
qalamni, ko‘k qalamda kabi. 
Sifatlarning sintaktik xususiyatlari: 
1) asosan aniqlovchi va kesim vazifasini 
bajaradi: Yoqimli shamol esa boshladi. Tabiat go‘zal. Sifat harakat belgisini 
bildirganda, hol vazifasida bo‘ladi: Azimov sovuq, xira ko‘kimtir osmonga g‘amgin, 
xayolchan qaradi. 2) sifat aniqlovchi bo‘lib kelganda, aniqlab kelayotgan so‘zi bilan 
moslashmaydi. 
Asliy va nisbiy sifatlar.
Narsalarning belgisini bevosita, to‘g’ridan-to‘g’ri ifodalay oladigan va belgini 
darajalab ko‘rsata oladigan (ya’ni -roq qo‘shimchasini qabul qila oladigan ) 
sifatlar 
asliy sifatlar
deb ataladi: kichik, yomon, aqlli, qora, oriq va b. 
Narsalarning belgisini bevosita emas, balki o‘rin yoki paytga nisbatan ifodalaydigan va 
ko‘pincha daraja ko‘rsata olmaydigan sifatlar 
nisbiy sifatlar
deb ataladi. Bunday 
sifatlar yasovchi qo‘shimchalar yordamida yasalgan bo‘ladi: sharsimon, yozgi, uydagi, 
oilaviy, ilmiy, toshkentlik va b. 


 
Sifat darajalari.
Predmetlardagi bir xil belgining ortiq kamligi jihatidan farqlanishi 
sifat 
darajasi
deyiladi. Sifatlarning quyidagi darajalari bor: oddiy daraja, orttirma daraja, 
qiyosiy daraja, ozaytirma daraja. 
1. 
Oddiy
darajadagi sifatlarda belgi boshqa predmetlardagi xuddi shunday belgiga 
qiyoslanmaydi. Bu daraja belgining odatdagi me’yorda ekanligini ko‘rsatadi va 
maxsus ko‘rsatkichga (qo‘shimchaga) ega emas: keng ko‘cha, yashil barg, yaxshi 
odam. 
2. 
Orttirma
daraja predmetdagi bir belgining boshqa predmetdagi xuddi shunday 
belgiga nisbatan eng ko‘p ekanligini ifodalaydi. Orttirma daraja quyidagi usullar 
yordamida hosil qilinadi: 


Yüklə 425,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin