O’z bеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi tеrmiz davlat univеrsitеti


Ozaytirma va kuchaytirma sifatlar



Yüklə 425,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/15
tarix11.10.2023
ölçüsü425,64 Kb.
#153968
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Kurs ishi

Ozaytirma va kuchaytirma sifatlar.
Ozaytirma sifatlar
o‘zakdan anglashilgan rangning, belgining ozligini, kamligini 
bildiradi va quyidagicha yasaladi: 

-ish, -imtir (-mtir). Bulardan -ish, -imtir undosh tovush bilan bitgan oq, ko‘k 
kabi so‘zlarga, -mtir esa faqat qora sifatiga qo‘shiladi: oqish, ko‘kish, qoramtir. 

rangni bildiruvchi sifatdan oldin och, nim so‘zlarini keltirish bilan. Nim bilan 
hosil qilingan sifatlar qo‘shib yoziladi: och sariq nimpushti. 

-kina (-gina, -qina). Bu qo‘shimchalar o‘zakdan anglashilgan belgining 
kuchsizligini, ozligini bildiradi. K, g bilan bitgan so‘zlarga -kina q, g’ bilan 
bitgan so‘zlarga -qina, boshqa hollarda -gina qo‘shimchasi qo‘shiladi: 
kichkinagina, yumshoqqina, tuzukkina. 
Kuchaytirma sifatlar
o‘zakdan anglashilgan rangning, belgining ko‘pligini, 
ortiqligini bildiradi va quyidagicha hosil qilinadi: 

sifatlarning bosh qismi p va m tovushlaridan biri bilan takrorlanadi: qizil – qip-
qizil, ko‘k – ko‘m-ko‘k. Bunday sifatlar chiziqcha bilan yoziladi (oppoq sifati 
qo‘shib yoziladi). 



sifatlarning birinchi bo‘g’ini keyingi bo‘g’inining undosh tovush bilan birga 
takrorlanadi. Bu sifatlar ham chiziqcha bilan yoziladi: butun – but-butun, 
dumaloq – dum-dumaloq. 

sifatdan oldin to‘q, jiqqa, tim, g‘irt kabi so‘zlarni keltirish bilan: bunday sifatlar 
ajratib yoziladi: jiqqa ho‘l, tim qora. 
Ko‘pgina darsliklarda ozaytirma sifatlar qiyosiy darajadagi sifatlar, kuchaytirma 
sifatlar esa orttirma darajadagi sifatlar guruhiga kiradi. 
Sifatlarning yasalishi.
Sifatlar quyidagicha yasaladi: 1. Sifat yasovchi qo‘shimchalar bilan. 2. So‘zlarni 
qo‘shish bilan. 3. So‘zlarni takrorlash bilan. 
1. Sifat yasovchi qo‘shimchalar quyidagilardir: 

otdan sifat yasovchi qo‘shimchalar: -li: rasmli kitob, kuchli shamol; -dor: 
aybdor, vafodor; ba-: badavlat, baquvvat; ser-: serhosil olma; -mard: kasalmand, 
davlatmand. 
Yuqoridagi qo‘shimchalar asosdan anglashilgan 

Yüklə 425,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin