71
V BOB.
TA’LIM TIZIMI ISLOHOTLARI
VA KADRLAR TAYYORLASH
10-mavzu.
Umumiy va o‘rta maxsus ta’lim tizimi
Mustaqillikning dastlabki yillarida ta’lim tizimi
. Madaniy-ma’naviy
rivojlanishning eng muhim poydevori – ta’lim tizimidir. Chunki zamon
talablariga
javob beradigan, ilg‘or fan-texnika, texnologiya yutuqlarini
egallab olgan kadrlarni yetishtirmasdan jamiyatni yuksaltirib bo‘lmaydi.
O‘zbekistonda 1992-yil 2-iyulda “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.
Bu dasturulamal hujjatda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy
tamoyillari, ta’lim tizimi, uning boshqaruv tarkibi,
pedagog xodimlarning
burch va mas’uliyatlari aniq belgilab
berildi. Mustaqillikning dastlabki yilla-
rida 10 mingdan ortiq xalq ta’limi
xodimiga davlat uylari, 22 mingdan
ortiq xodimga
esa tashkilot va muas-
sasalar tasarrufidagi uylar bepul xusu-
siylashtirilib berildi. 50 mingdan ortiq
pedagog xodimga shaxsiy qurilish
uchun yer maydonlari ajratildi. Qish-
loqlarda istiqomat qiladigan pedagog
xodimlarning hammasi kommunal xizmat uchun to‘lovlardan
ozod etilgan
bo‘lsalar, shaharliklar uning 50 foizi miqdorida to‘lab bordilar. Keyinchalik
kommunal xizmat bo‘yicha bu imtiyozlar oylik maoshlariga qo‘shib
beriladigan kompensatsiya bilan almashtirildi.
1992-yildagi qonun asosida umumiy ta’lim quyidagi bosqichlar bo‘yicha
amalga oshirila boshlandi.
I bosqich – boshlang‘ich ta’lim (1–4-sinf);
II bosqich – asosiy (tayanch) maktab (4–9-sinf);
III bosqich – yuqori o‘rta maktab (10–11-sinf);
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil dekabrdagi qarori
bilan 1-oktabr – “O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” deb belgilandi hamda
bu kun bayram sifatida dam olish kuni deb e’lon qilindi.
Maktab binosi. 1991–2000-yillar.
72
O‘zbekistonda jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, e’tiqodi, dinga
munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi,
xizmat turi, ijtimoiy mavqeyi, turar
joyidan qat’i nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlandi.
Dostları ilə paylaş: