86
asosiy sabablaridan biri ham ushbu sohaning
davlat tomonidan muntazam
ravishda qo‘llab-quvvatlanganligidir.
1992-yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida” qonun qabul qilinishi va unga
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, 2015-yilda
yangi tahriri tas-
diqlanishi sport sohasining yanada rivojlanishiga xizmat qildi.
Respublikada yuqori malakali sportchilarni tayyorlashga ixtisoslash-
tirilgan 536 ta bolalar-o‘smirlar sport maktablari, 5 ta olimpiya zaxiralari
kollejlari, 8 ta respublika oliy sport mahorati maktablari faoliyat ko‘r-
satmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-
yil 10-avgustda “O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya
instituti faoliyatini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Unga muvofiq O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti Toshkent viloyati
Chirchiq shahriga ko‘chirildi. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida
2017–2018-o‘quv yilidan boshlab ta’limning sirtqi bo‘limi tashkil etildi.
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportning moddiy-texnika bazasini
rivojlantirish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, Toshkent,
Namangan, Jizzax, Farg‘ona, Buxoro, Xorazm, Andijon, Samarqand,
Guliston va boshqa shaharlarda xalqaro standartlarga javob beradigan
qator sport majmualari qurildi. Toshkent shahridagi “Yunusobod”, “Jar”,
“Bunyodkor”, Namangan shahrida “Pahlavon”,
Jizzax shahridagi Olim-
piya zaxiralari kolleji sport majmualari va boshqalar shular jumlasidandir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil martdagi farmoniga
muvofiq, O‘zbekistonda Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat
qo‘mitasi tashkil etildi.
Dostları ilə paylaş: