Ilm-fandagi tub islohotlar
. 2016–2017-yillar O‘zbekiston ilm-fanida tom
ma’noda tub islohotlar davri bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 30-dekabr kuni ilk bor mamlakatimizning
yetakchi ilm-fan namoyandalari bilan uchrashdi. Uchrashuv natijalariga
ko‘ra, O‘zbekistonda ilm-fanga e’tibor yanada kuchaytirilishi belgilandi.
Harakatlar Strategiyasida belgilanganidek, fan, ilmiy tadqiqot, innovatsiya
yutuqlarini rag‘batlantirish va ularni amaliyotga joriy etishning samarali me-
xanizmlarini yaratish hamda ixtisoslashgan laboratoriya, yuqori texnologiya
markazlari va texnologiyalarni joriy etish masalalari alohida ta’kidlangan.
Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 17-fevralda qabul qilgan
“O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi faoliyatini takomillashtirish
va rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni O‘zbekistonda fan
taraqqiyotini hozirgi zamon sivilizatsiyasi talablari asosida tashkil etish, xu
-
susan, mamlakatda joriy etilayotgan jadal taraqqiyotlar strategiyasining ilmiy
84
asoslarini yaratish va ishlab chiqarishni fan asosida rivojlantirish zarurligi
-
ni ko‘rsatib berdi. Shu bilan birga, Fanlar Akademiyasi faoliyatini takomil
-
lashtirish, fan arboblarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yuqori malakali,
iste’dodli kadrlar tayyorlash sifatini oshirish va uni rag‘batlantirish zarurligini
uqtirdi. Prezident Sh.M.Mirziyoyev fanimiz darg‘alari, maktab yaratgan ul
-
kan allomalar bilan bo‘lgan uchrashuvda bir qator dolzarb masalalarni sanab
o‘tdi. Prezidentning 2017-yil 17-fevraldagi “Fanlar akademiyasi faoliyati,
ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida 9 ta ilmiy-
tadqiqot muassasasi Fanlar akademiyasi tarkibiga qaytarildi, qator ilmiy
tashkilotlar qayta tashkil etildi, Fanlar akademiyasining fan yo‘nalishlari
bo‘yicha 3 ta bo‘limi va Navoiy bo‘limi tashkil etildi, O‘zbekistonning eng
yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi faoliyati qayta yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yilda imzolangan
“Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori
bilan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil
etildi. Mazkur vazirlikning davlat va jamiyat qurilishiga, iqtisodiyot
tarmoqlariga, qishloq xo‘jaligiga, ijtimoiy rivojlanishga, atrof-muhitni
muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish tizimiga innovatsiyalarni
joriy etish hamda ilg‘or texnologiyalar joriy etilishida tashabbus qilish,
muvofiqlashtirish va rag‘batlantirish sohasidagi asosiy vazifalari belgilab
berildi.
Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligiga oxirgi saylovlar 1995-yilda
o‘tkazilgan edi. O‘tgan yillar mobaynida akademiklarning soni ikki
martadan ko‘proqqa qisqardi va 2017-yilga kelib akademiyaning atigi
63 nafar haqiqiy a’zosi qolgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Prezi-
dentining 2017-yil 29-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar
akademiyasining haqiqiy a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi tarixiy
farmoni bilan 22 yillik uzoq tanaffusdan so‘ng Fanlar akademiyasining
32 nafar yangi haqiqiy a’zolari tasdiqlandi. Bugungi kunda ilmiy tadqiqot
bilan shug‘ullanuvchi 400 ta muassasa ro‘yxatga olingan bo‘lib, fan
sohasida 36 ming mutaxassis, jumladan, 2 mingdan ortiq fan doktori va
9 mingdan ortiq fan nomzodi faoliyat olib bormoqda.
|